Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, axborot resurslarining mavjudligi taminlash va ulardan yuqori malakada foydalana olish har qanday tashkilot muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Mazkur maqolada kutubxonachilik sohasida kadrlar malakasini oshirish tizimining dolzarb masalari hamda bu borada Respublikamizda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berilgan. Respublika axborot-kutubxona markazi faoliyati hamda markazda belgilangan dasturlar asosida o‘quv-mashg‘ulotlar ananaviy va masofaviy ta’lim tizimida olib borilishi keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: zamonaviy kutubxona, o‘quv kursi, ananaviy ta’lim, masofaviy ta’lim, platforma, modul, boshqaruv asoslari.
SYSTEM FOR TRAINING QUALIFIED PERSONNEL IN THE FIELD OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES
Gaziyev Askar Anvarovich, Director of the Republican information library center
Today, the effective use of modern information technologies, the availability of information resources and the ability to use them with high competence ensure the success of any organization. This article provides information on the current issues of the system of personnel training in the field of librarianship and the work carried out in this regard in our Republic. The activities of the Republican Information and Library Center and the conduct of training courses in the traditional and distance education system based on the programs established at the center are discussed.
Keywords: modern library, training course, traditional education, distance education, platform, module, management principles.
Raqamli texnologiyalar taraqqiy etgan bir davrda kutubxona sohasi aholining intellektual amaliyotida bilim resurslarini boshqarish markaziga aylanib, ijtimoiy-madaniy axamiyat kasb eta olishi yaqqol namoyon bo‘lib kelmoqda. Shunuindek, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati kо‘rsatishni yanada takomillashtirish, kutubxona faoliyatini rivojlantirishda malakali mutaxassislarning о‘rni beqiyos hisoblanadi. Zamonaviy texnika kutubxonachini qo‘l mehnatidan ozod etib, uni asosiy vazifasi foydalanuvchilar bilan madaniy-tarbiyaviy ishlar olib borishga ko‘proq vaqt ajratishga imkon yaratmoqda [1]. Xozirda Respublikamizda kutubxonachilik sohasi bо‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Axborot kutubxona tizimlari”kafedrasi hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bakalavr, magistr kadrlar tayyorlanmoqda [2]. Bugungi kunda O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq kutubxonalar mavjud bolib, ularda 30 mingga yaqin soha mutaxasisslar o‘z faoliyatini olib boradi. Yurtimizda axborot-kutubxona muassasalari qanchalik kо‘p bо‘lishiga qaramay hali hanuz malakali mutaxassislar yеtishmasligi sohaning rivojlanishga о‘z ta’sirini kо‘rsatmoqda. О‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Hududiy axborot kutubxona markazlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish xizmati” tomonidan olingan statistik ma’lumotlar asosida Respublikada faoliyat olib boruvchi axborot-kutubxona muassasalari mutaxasisslari malaka darajasi aniqlandi. Bunga ko‘ra, kutubxona sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar 11% tashkil etsa, o‘rta ma’lumotli mutaxasislar 14% ni tashkil qilmoqda.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqsak, oliy ma’lumotli nomutaxassis kadrlar 12% hamda o‘rta ma’lumotli nomutaxassis kadrlar 63% dan iborat bo‘lib, sohada xodimlarni malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Mamlakatimizda kutubxonalarining axborot, madaniy-ma’rifiy va aholi dam olish maskanlari sifatida rivojlanishi, avvalambor, ularning kadrlar bilan ta’minlanganligiga, kutubxonachilarning sohani tubdan modernizatsiya qilishga, kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq. Kutubxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamon talablariga javob beradigan, jumladan, sohadagi o‘zgarishlarni qabul qilish va tatbiq etish orqali tashkil etish talab etiladi [3].
Aholining intelektual ehtiyojlarini qondirish, madaniy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolish hamda foydalanuvchilarni yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash maqsadida, Respublika axborot-kutubxona markazida (markaz) soha xodimlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida malakasini oshish faoliyatini olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarorining 4-bob. Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hal qilish [4] bo‘yicha asosiy vazifalar belgilangan bo‘lib unda kutubxona xodimlarini axborot-kutubxonachilik ishini modernizatsiya qilishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish asosida ularga uzluksiz axborot-kutubxona ta’limini berish tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Respublika axborot-kutubxona markazida belgilangan dasturlar asosida o‘quv-mashg‘ulotlar ananaviy hamda masofaviy ko‘rinishda o‘tkazilib kelmoqda. Markazda quyidagi yo‘nlishlar bo‘yicha o‘quv dasturlar asosida o‘quv kurslari tashkil etilgan:
Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari;
Elektron kutubxona maʼlumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari;
Kutubxonashunoslik va bibliografiya asoslari;
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va axborot kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter savodxonligi;
Konservatsiya va restavratsiya asoslari;
Kutubxonashunoslik asoslari.
Ushbu dasturlar asosida Аxborot-kutubxona sohasidagi innovatsion jarayonlarni targ‘ib qilish, mutaxassislarga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida kurslarga malakali mutxasisslar, professor-o‘qtuvchilar jalb qilingan. Respublika axborot-kutubxona markazining 1-qavatida 60 o‘rinli RFID texnologiyalarini qo‘llagan holda axborot-kutubxona mutaxassis hodimlariga amaliyot maydoni tashkil etilgan, bundan tashqari, o‘quv mashg‘ulotlari uchun 30 o‘rinli kata majlislar zali, 28 o‘rinli 2 ta nazariy o‘quv xonalar, 28 o‘rinli kompyuter zali tashkil etilgan. Joylardagi malaka oshirish kurslarini inkor kilmagan holda, aytish mumkinki, bu еrda tinglovchilar nazariy bilim bilan amaliyot birgalikda olib boriladi. Ya’ni olgan bilim, ko‘nikma hamda tajribalarini joyning o‘zida amalda sinab ko‘rishlari va mustaxkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bugungi kunga kelib markazda 2000 ga yaqin mutaxasislar malakasi oshirildi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona tizim osti Axborot-kutubxona markazlari hamda tuman axborot kutubxona markazlari raxbar hamda xodimlari, Oliy ta’lim tizimidagi universitet Axborot resurs markazi xodimlari, xalq ta’lim tassarufidagi maktab kutubxona xodimlari hamda boshqa vazirlik tassarufidagi kutubxonachi xodimlar malakasi oshirilib kelinmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020 yil 29 dekabrdagi “Axborot-kutubxona sohasi xodimlari uchun masofaviy o‘quv kurslarini tashkil etish haqida”gi 226-sonli buyrug‘i [5] bilan tasdiqlangan masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish yuklatilgan. Markazda masofaviy o‘quv kurslari Respublikamizning barcha hududlarida faoliyat olib boruvchi soha mutaxassislari ishdan ajramagan holda malakasini oshirish uchun onlayn o‘quv kurslari tashkil qilingan bo‘lib, masofadan o‘qitish usullari (online platforma moodle libedu.uz) orqali axborot-kutubxona sohasi xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil etilgan.
“Axborot-kutubxona muassasalari tizimini rivojlantirish asoslari” online o‘quv kursi umumiy 10 ta moduldan tashkil topgan bo‘lib, har bir soha yo‘nalishi bo‘yicha umumiy ma’lumot berilgan hamda kirish va chiqish testlari mavjud. Modullar quyidagi tarkibdan tashkil topgan:
I. Axborot-kutubxona faoliyatiga doir normativ-huquqiy baza
II. Yig‘ma elektron katalog tizimi.
III. Axborot-kutubxona fondini komplektlash.
V. Axborot-kutubxona resurslarini raqamlashtirish.
VI. Axborot-kutubxona faoliyatida bibliografiya.
VII. Axborot-kutubxona resurslarini kataloglashtirish va tizimlashtirish.
VIII. Axborot-kutubxona fondlarini saqlash. Nodir va alohida qimmatga ega nashrlarni saqlanishini ta’minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish.
VIII. Axborot-kutubxona fondi.
X. Elektron kutubxonadan foydalanish asoslari.
Platformadan foydalanish qulay imkoniyatlarga ega bo‘lib, foydalanuvchi asosiy ishidan ajramagan holda bo‘sh vaqtida kirib o‘qishi hamda kerakli dastur va o‘quv qo‘llanmalarini yuklab olish imkoniyati mavjud. O‘quv jarayoni malakali mutaxassislar nazorati ostida, kurslarga kirish foydalanish hamda foydalanuvchilar savollariga javob berish, testlarni topshirish darajasini aniqlanadi. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan № 010358 TR X177285 tasdiqnoma asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha sertifikat taqdim etiladi.
Aytish joizki, axborot xizmatlari bugungi kunda jamiyatning barcha tarmoqlariga kirib, astalik bilan shakllanib bormoqda. Darxaqiqat, O‘zbekistonda keyingi yillarda tashkilot va muassasalar tomonidan axborot xizmatlari faoliyatini izchil yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor qaratilmoqda [6]. Jamiyatda, ayniqsa uning yosh vakillarida axborot madaniyati va mediasavodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan xurujlardan ximoyalanish immunitetini shakllantirish, ularni mediavositalarda taqdim etilayotgan axborotlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish xar jabxaning kun tartibidagi muxim masalalaridan xisoblanadi. Bu masala, shubxasiz, kutubxona mutaxassislarining malakasini oshirish hamda kadrlarni tayyorlash tizimiga xam ta’lluqlidir. Markazda o‘qitish usullari malaka oshirish jarayonining sifati va samaradorligi doimiy nazorat etiladi hamda uning davlat talablariga muvofiqligi ta’minlaydi.
Respublika axborot-kutubxona markazi bu boradagi faoilyati yo‘lida Axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilariga ananaviy hamda masofaviy xizmat ko‘rsatishning innovatsion yo‘nalishlarini ishlab chiqish, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarini kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish, o‘quv kurslarini jaxon tajribalari asosida rivojlantirish, axborot-kutubxona sohasida metodik qo‘llanmalar, uslubiy, dasturiy vositalar ishlab chiqishni ustuvor vazifa qilib belgilab olgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Jan R., Zainab T. The impact story of retracted articles: altmetric it! // 5th International symposium on emerging trends and technologies in libraries and information services. Noida, 2018. P. 405–406. DOI: 10.1109/ETTLIS.5018.8485545.
Ганиева, Б.И., Талипова, Д.С. “Рақамли кутубхоналарнинг ривожланиши ва унинг олий таълим муассасалари рейтингини оширишга таъсири”. «Экономика и социум» №10(101) 2022.
Teshabayeva, U. Milliy kutubxona tizimidagi axborot-kutubxona markazlari kadrlarining salohiyatini oshirish masalalari / U. Teshabaeva // Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari: XVII Xalqaro konferensiya Central Asia–2024, 15-17 may, Jizzax: konferensiya materiallari. – Toshkent, 2024. – B. 3-7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020 yil 29 dekabrdagi “Axborot-kutubxona sohasi xodimlari uchun masofaviy o‘quv kurslarini tashkil etish haqida”gi 226-sonli buyrug‘i.
Teshabayeva, U. Kutubxonachilar malakasi kun tartibidagi dolzarb mavzu / U. Teshabayeva // Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari: XV Xalqaro konferensiya Central Asia–2022, 25-27 may, Andijon : konferensiya materiallari. – Toshkent, 2022. – B. 286-292.