Annotatsiya: Mazkur maqolada yangi media asrida kitobxonlik madaniyatining o‘zgarish jarayonlari, raqamli texnologiyalar ta’siri ostida shakllanayotgan yangi o‘quv tendensiyalari tahlil qilinadi. An’anaviy kitobxonlik odatlari bilan zamonaviy raqamli platformalardagi o‘quv faoliyati o‘rtasidagi farqlar, o‘zaro uyg‘unlik va raqobat holatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yosh avlodning axborotga munosabati, tezkorlik va qulaylik mezonlariga asoslangan o‘qish odatlari orqali yangi turdagi kitobxon obrazining shakllanishi yoritiladi. Maqolada global va mahalliy tendensiyalar misolida kitobxonlik madaniyatining transformatsiyasi ijtimoiy-madaniy kontekstda ilmiy asosda tahlil qilinadi va bu boradagi tavsiyalar keltiriladi.

Kalit so‘zlar: kitobxonlik madaniyati, madaniy transformatsiya, yangi media, raqamli platforma.

 

TRANSFORMATION OF READING CULTURE IN THE NEW MEDIA AGE

 

Nasiba Kholdorova, National library of Uzbekistan named after Alisher Navoi, deputy Director

 

Annotation: This article analyzes the processes of change in reading culture in the new media age, new learning trends that are being formed under the influence of digital technologies. The differences, mutual harmony and competition between traditional reading habits and learning activities on modern digital platforms are considered. It also highlights the formation of a new type of reader image through the attitude of the younger generation to information, reading habits based on the criteria of speed and convenience. The article analyzes the transformation of reading culture in a socio-cultural context on the example of global and local trends on a scientific basis and makes recommendations in this regard.

Keywords: reading culture, cultural transformation, new media, digital platform.

 

Matbaa ixtirosi va rivojlanishi G‘arb sivilizatsiyasining intellektual hayotida tub o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, g‘oyalarni shakllantirish va tarqatishda yangi ufqlarni ochdi. Bu madaniyat esa inson xulq-atvorining har bir jabhasida o‘z ta’sirini ko‘rsatib, savodxonlik jamiyatning barcha qatlamlariga tarqalishiga yo‘l ochib berdi.

Medianing yozma, og‘zaki va vizual eshittirish vositalari orqali tashkil etilgan aloqa vositasi bo‘lgan an’anaviy yoki eski shakllari bilan hozirgi yoki yangi shakllarini farqlash alohida qiyinchilik tug‘diradi. Chunki deyarli har bir texnologiya oʻz rivojlanishining maʼlum bir bosqichida “yangi media” sifatida qabul qilingan. Boshqa tomondan, texnologiyalarni mashinalardan tashkil topgan aniq obyektlar bilan chegaralangan deb hisoblaydigan tushuncha, bizning asrimizda texnologiyalar erishgan ma’noni tushunishda ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Chunki, keng ma’noda texnologiya bugungi kunda ham moddiy, ham ijtimoiy inson faoliyatini samarali loyihalashtirgan oqilona usullar yig‘indisini bildiradi va u tizimli, intizomli, maqsadga yo‘naltirilgan yondashuvga ishora qiladi.

Insoniyatning kommunikativ rivojlanish jarayonini hisobga oladigan bo‘lsak, og‘zaki va tana tilidagi muloqotdan alifboga, bosma kitoblar va yozma matbuotning rivojlanishidan telefon, kino, radio va televidenie kabi axborot manbalarning ko‘payishigacha bo‘lgan jarayondan keyingi bosqich ikkinchi media asri yoki raqamli ekotizim va internet bilan tavsiflangan yangi media asridir.

Yangi media bilan birgalikda yangi madaniy shakllarning paydo bo‘lishi kiber madaniyat sohasini tug‘dirdi. Kishilarning raqamli texnologiyalar bilan o‘zaro ta’sirini, ularning birgalikda mavjudligini, qanday rivojlantirayotganini o‘rganadigan kiber madaniyat yangi texnologiyalar inson hayotidagi ma’no dunyosini, tasvirlash shakllari va tasvirlarini qanday o‘zgartirishi haqida fikr yuritishga asoslanadi.

Ko‘z orqali idrok etilgan belgi va simbollar miya tomonidan baholanib, ma’no beradigan o‘qish jarayoni bosma yoki yozma so‘zlarni sezgi a’zolarimiz orqali idrok etish, ularni tushunish va sharhlash deb ta’riflanadi. Bu yerda ta’kidlash kerak bo‘lgan narsa shundaki, o‘qish mohiyatan ma’no o‘rnatish istagini o‘z ichiga oladi. Shu ma’noda til qoidalariga muvofiq yaratilgan yozma xabarlarni sezgi a’zolari orqali idrok etish, anglash, talqin qilish, fikrlash va baholash bosqichlarida shaxsning matndagi ma’lumotlarni o‘zining oldingi bilimlari bilan birlashtirib, yangi ma’nolar yaratishi bilan bog‘liq faol jarayondir. Har bir matn, qaysi vosita yoki maqsadda yozilishidan qat’i nazar, o‘qish uchun ma’lum darajadagi salohiyat bilan yaratilganligini hisobga olsak, o‘qish madaniy, individual va ijtimoiy jihatlarga ega bo‘lgan hodisa ekanligini yanada aniqroq tushunish mumkin.

Kitobxonlik madaniyatidagi transformatsiya jarayonlari haqida turk olimi Feyza Bulut quyidagicha fikr bildiradi: “matnlar o‘rtasidagi almashish va o‘zaro bog‘liqlik umumiy bo‘lgan muhitda, transformatsiyaga uchragan har bir yangi asar keyingi asarni yaratish uchun dastlabki tayyorgarlik vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Biroq, har bir qolgan matn ishlatilishi kerak bo‘lgan manba matn navbatiga kiritilgan. Bunday bog‘lanishda eski, yangi va keyingilarning zanjirli uzatilishidan iborat matn zanjiri hosil bo‘ladi”.

Globallashuv, urbanizatsiya kabi jamiyatning kundalik turmushini tubdan o‘zgartirgan jarayonlar kitobxonlik, kitob mutolaa madaniyatida transformatsiyalar yuzaga kelishida yetakchi rol o‘ynadi. Misol uchun, kundalik yuzaki o‘qishdan tashqari, sodda o‘quvchi kabi o‘qish”, “tanqidchi kabi o‘qish” va “yozuvchi kabi (professional) o‘qish” kabi chuqurroq, jiddiyroq o‘qishga mutolaa amaliyoti shakllariga ajratish mumkin.

Media tarkibidagi barcha real va konseptual elementlar bilan ijtimoiy muhandislik amaliyoti maydoniga aylandi. Garchi bu koinotning yuzasi deyarli har doim yangi, yorliqli, ilg‘or texnologiyalar bilan o‘z qiyofasini o‘zgartirsa-da, uning tabiati ijtimoiy muhandislik maydoni bo‘lib, u yerda tomoshabinlar/foydalanuvchilar manipulyatsiya qilinadi va itoatkor shaxs/fuqaro modeliga shakllanadi, voqealar va faktlar o‘zgartiriladi, manipulyatsiyalar orqali ham mahalliy, ham global miqyosda ma’lum mafkuraviy maqsadlarga yo‘naltiriladi.

Yangi aloqa va axborot texnologiyalari tomonidan yaratilgan ko‘plab axloqiy muammolar mavjud. Ijtimoiy tuzilmalar yangi aloqa vositalari bilan shakllangan boshqariladigan aloqa geografiyasi bilan birga o‘zgartirildi. Tabiiy chegaralar yo‘qolib, til, oila, mamlakat kabi mansublik elementlari o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda.

Bugungi media vositalarida ijtimoiy muhandislikning intellektual, ijtimoiy va iqtisodiy jihatlarini to‘g‘ri tahlil qilish uchun tanqidiy yondashuv yuzaki muammolar bilan to‘xtab qolmaydi, balki; kishilar, institutlarning mediya bilan aloqalarga e’tibor qaratishni talab qiladi.. Boshqa tomondan, ushbu aloqalarga oid faktik topilmalar ham kitobxonlik madaniyatining hozirgi holati haqida muhim maslahatlar beradi.

Bugungi kunda mediyaga xos bo‘lgan yangi kontent ishlab chiqarish jarayonlari, qurilmalarga egalik qilish va ushbu qurilmalardan foydalanish amaliyotlari kundalik hayotga integratsiyalashgani ko‘rinib turibdi. “We Are Social 2020” hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 4,54 milliard internet foydalanuvchisi (dunyo aholisining 59 foizi), 3,80 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi (dunyo aholisining 49 foizi) va 5,19 milliard mobil qurilmalardan foydalanuvchi (dunyo aholisining 67 foizi) bor. Internet foydalanuvchilari kuniga o‘rtacha 7 soat internetdan foydalanadilar. O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 30,1 millionni tashkil qiladi (aholining 78 foizi), qariyb 6 million ijtimoiy tarmoq (aholining 15 foizi) foydalanuvchi bor.

Kishilarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylangan mobil qurilmalar, smartfon, gadjetlar va foydalanuvchilar bilan muloqot va o‘zaro munosabat tabiiy holat sifatida qabul qilinganligi sababli; ular orqali 24/7 internetga ulangan bo‘lish kundalik ehtiyoj, hatto zaruratga aylandi.

Ijtimoiylashuv jarayoni real hayotda mavjud bo‘lganidek, interaktiv shaklda ham turli xulq-atvor modellarini ishlab chiqishi mumkin. Asosan, mediya orqali amalga oshiriladigan har bir ijtimoiylashuv jarayoni haqiqiy ijtimoiylashuv jarayonlariga taqlid qiladi. Yangi media esa an’anaviy mediya vositalariga nisbatan ko‘plab muloqot muhitlarini qamrab olgan va natijada haqiqiy hayotga taqlid qiluvchi yangi ijtimoiylashuv jarayonlarini qamrab olgan holda butunlay boshqacha media aralashmasini vujudga keltiradi. Boshqa tomondan, har qanday vositadan foydalangan holda o‘tkaziladigan muloqot vaqtining ko‘payishi boshqa vosita bilan o‘tkaziladigan vaqtdan ko‘ra, vositadan foydalanmasdan o‘tkaziladigan ijtimoiylashuv vaqtini qisqartiradi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatning texnologiyalar bilan bir vaqtda evolyutsiyasi odamlarning ommaviy axborot vositalari oldida ijtimoiy xatti-harakatlarning yangi shakllarini rivojlanishiga olib keladi. O‘ziga xos odob-axloq qoidalarini yaratgan yangi media mobil qurilmalarning keng qo‘llanilishidan oldingi davrdan sezilarli darajada farq qiladigan, shuningdek, shaxslararo munosabatlarda yangi xatti-harakatlar modellarini yaratadi.

Raqamlashtirish shaxslarning o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, yangi me’yor rag‘batlantirish vositasi va shuning uchun yozma matnlar bilan shaxslarning munosabatlarini mustahkamlashning ijobiy usuli hisoblanadi. Hayotning dastlabki bosqichidayoq tashqi dunyo mediya bilan o‘ralgan bo‘lish odamlarning fikrlash tarziga kuchli ta’sir qiladi. Boshqa tomondan, mediya vositalaridan ongsiz ravishda foydalanish, ayniqsa bolalarda, ijtimoiy o‘zaro ta’sirni zaiflashtiradi. Texnologik qurilmalardan tez-tez foydalanish bolalarning yoshiga mos keladigan faol vaqtni talab qiladigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qiladi, ularning intellektual rivojlanishiga zarar yetkazadi. Shuningdek, bolalar ekran oldida o‘yin o‘ynash bilan ko‘p vaqt o‘tkazishlari, ularning kamroq gapirishiga olib keladi, bu esa ularning til rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazadi.

MakLuhanning ta’kidlashicha, XX asrning media-texnologiyalari g‘oyalarimiz va hissiyotlarimiz ustidan bosma matnning hukmronligini yo‘q qilganligi, mediyaning o‘zi ularning mazmunidan ko‘ra “yangi madaniyat”ni yaratdi. Internetga asoslangan raqamli aloqa texnologiyalari o‘z hukmronligini asta-sekin kengaytirayotgan bugungi ekran asrida insoniyat o‘zining yangi sifatlaridan hech qachon voz kechmagan bu madaniyatni har lahza yanada kuchliroq his qilmoqda. Boshqa tomondan, Internet asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladigan tarmoq madaniyati an’anaviy qadriyatlar tizimida yangi madaniyat emas. Tarmoqlarning ko‘pligi va xilma-xilligi allaqachon bunday birlashtiruvchi tarmoq madaniyatiga ziddir.

Kitob mutolaasi bilan bog‘liq muammo nafaqat O‘zbekiston, balki, butun dunyodagi mavjud ijtimoiy muammolardan biridir. Turkiya Bolalar jamg‘armasi 2006-yilda e’lon qilgan hisobotlariga ko‘ra yoshlarning yetmish foizi umuman kitob o‘qimasligini va kitob mutolaasini odat qilgan kishilar aholining har ming kishidan bir kishi hisobiga to‘g‘ri kelishi, Turkiya nashriyotlar uyushmasining 2016-yildagi Kitob bozori holati haqidagi hisobotiga ko‘ra, kitob ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida o‘sish kuzatilayotganligi, aholi kishi boshiga 8,4 dona kitob to‘g‘ri kelishi aniqlanadi.

 

Yangi media asrida kitobxonlik madaniyati transformatsiyasiga quyidagi omillar keskin ta’sir qildi:

Texnologik ta’sir. Yangi media platformalarining paydo bo‘lishi kitobxonlik madaniyatiga yangi qarashlar va imkoniyatlar olib keldi. E-kitoblar, audiokitoblar va mobil ilovalar kitoblarni o‘qish usullari va odatlarini o‘zgartirdi.

Mutolaa qilishda hajm ta’siri. O‘qish odatlarining evolyutsiyasi, shu jumladan, qisqa formatli kontentga (bloglar, maqolalar, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar) ko‘proq qiziqish oshishi, kitoblar, xususan, muayyan mavzuni qamrab olgan katta hajmdagi kitoblar mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqish avvalgi yillar bilan solishtirganda keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Ishonch koffisienti ta’siri. Yangi media asrida kitob nashr qilish muayyan protseslardan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘nggina uni chop etish va tarqatishga ruhsat berilgan. Ya’ni, kitob mutolaasi orqali olingan bilimga ishonch koffisienti baland edi. Biroq, ayni kitobdagi berilgan bilim va ma’lumotlarni mutlaqo inkor etuvchi va ilmiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni ijtomoiy tarmoq yoki platformalarda maxsus effektlar orqali “rost”ga aylanitirish imkoni yuqoriligi, kitobxonning qaysi ma’lumotni olib, undan foydalanish jarayonida ikkilanishlarga olib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, yangi media asrida kitobxonlik madaniyatining istiqbollari ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ta’lim muassasalari va o‘quv dasturlarida kitobxonlikni muntazam rag‘batlantirish, mutolaa va ijtimoiy aloqalar sinergiyasidan samarali foydalanish. kitoblar nafaqat ma’lumot manbai, balki, fikr almashish imkoniyatlarini beradigan formatda yozish ham kitobxonlik madaniyati transformatsiyasida yaxshi natija beradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

Emin Özdemir. Eleştirel Okuma. İstanbul: Bilgi Yayınevi. 2005.

Feyza Bulut. ‘Metinlerarasılık’ Kavramının Kurumsal Çerçevesi. Edebî Eleştiri Dergisi. 2.1 2018.

Filiz Aydoğan. İkinci Medya Çağı”nda Gözetim ile Kamusal Alan Paradoksunda İnternet. F. Aydoğan, A. Akyüz (drl.) İkinci Medya Çağında İnternet. İstanbul: Alfa Yayınları. 2010.

İrfan Paçacı. Elektronik İletişim Çağı ve Oluş(turul)makta Olan Yeni(!) Toplum Düzeni Üzerinde Küresel Toplum Mühendisliği Etkisi. Marmara İletişim Dergisi. 21, 2014.

Marshal McLuhan. Understanding Media: The Extensions of Man – Critical Edition. W. T. Gordon (Ed.). Berkeley: Gingko Press. 2011.

Sandra Aamodt & Sam Wang. Çocuğunuzun Beynine Hoş Geldiniz. C. Duran (tarjimasi.). İstanbul: İndigo Kitap. 2011.

Sonia Livingstone & Moira Bovil. Young People, New Media: Report of the Research Project Children Young People and the Changing Media Environment. Department of Media and Communications, London School of Economics and Political Science. 1999.

 

Internet manbalar:

https://daryo.uz

https://wearesocial.com

http://pisa.meb.gov.tr

http://turkyaybir.org.tr

 

Filiz Aydoğan. İkinci Medya Çağı”nda Gözetim ile Kamusal Alan Paradoksunda İnternet. F. Aydoğan, A. Akyüz (drl.) İkinci Medya Çağında İnternet. İstanbul: Alfa Yayınları. 2010. s.3.

 

 Emin Özdemir. Eleştirel Okuma. İstanbul: Bilgi Yayınevi. 2005. s.11.

 

 Feyza Bulut. ‘Metinlerarasılık’ Kavramının Kurumsal Çerçevesi. Edebî Eleştiri Dergisi. 2.1 2018. s.7.

 

 İrfan Paçacı. Elektronik İletişim Çağı ve Oluş(turul)makta Olan Yeni(!) Toplum Düzeni Üzerinde Küresel Toplum Mühendisliği Etkisi. Marmara İletişim Dergisi. 21, 2014. s.49.

 

 Digital 2020: 3.8 Billion People Use Social Media. 30.01.2020. https://wearesocial.com/uk/blog/2020/01/digital-2020-3-8-billion-people-use-social-media/ olingan sana: 23.02.2025.

 

 O‘zbekistonda qancha abonent internet tarmog‘iga ulangani ochiqlandi. 07.09.2024. https://daryo.uz/2024/09/07/ozbekistonda-qancha-abonent-internet-tarmogiga-ulangani-ochiqlandi olingan sana: 23.02.2025.

 

 O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni maʼlum qilindi. 28.10.2023. https://daryo.uz/2023/10/28/ozbekistonda-ijtimoiy-tarmoqlardan-foydalanuvchilar-soni-malum-qilindi

Sonia Livingstone & Moira Bovil. Young People, New Media: Report of the Research Project Children Young People and the Changing Media Environment. Department of Media and Communications, London School of Economics and Political Science. 1999. s.368 

Sandra Aamodt & Sam Wang. Çocuğunuzun Beynine Hoş Geldiniz. C. Duran (tarjimasi.). İstanbul: İndigo Kitap. 2011.

 

 Marshal McLuhan. Understanding Media: The Extensions of Man – Critical Edition. W. T. Gordon (Ed.). Berkeley: Gingko Press. 2011. p.20.

 

 Millî Eğitim Bakanlığı. PISA 2006 Ulusal Nihaî Raporu. http://pisa.meb.gov.tr/wp-content/uploads/2013/07/PISA2006-Ulusal-Nihai-Rapor.pdf olingan sana: 17.02.2025.

 

 Türkiye Yayıncılar Birliği. Türkiye Kitap Pazarı Raporu. http://turkyaybir.org.tr/2016-turkiye-kitap-pazari-raporu/ 2016. Olingan sana: 17.02.2025.