Ushbu maqola xorijiy mamlakatlardagi xalq kutubxonalari faoliyatidagi moliyaviy tendensiyalarni tavsiflashga bag‘ishlangan. Rivojlangan mamlakatlarda byudjetdan tashqari manbalarni jalb qilishning baʻzi bir tajribalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: moliyalashtirish, byudjet, rejalashtirish, mahalliy va fedral kutubxona dasturlari
This article is devoted to the description of financial trends in the activities of public libraries in foreign countries. In developed countries, some experiments on attracting extra-budgetary resources are highlighted.
Keywords: financing, budget, planning, local and federal library programs
Har qanday davlatda xalq kutubxonalari (ruschasiga publichnыe biblioteki) mahalliy, mintaqaviy va markaziy soliqlar orqali xalq isteʻmoli mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Biroq, xalq kutubxonasi byudjetini davlat tomonidan moliyalashtirishning ushbu kanallarining roli va ahamiyati rivojlangan mamlakatlarda turlicha. “Xalq kutubxonasi” atamasi turli mamlakatlarda turlicha nomlanishiga qaramasdan bir xil maʻnoni bildiradi. Bizda bu tur kutubxonalarni ilgari “Ommaviy kutubxona” deb nomlangan, xozirda ushbu tur kutubxonalar “Axborot-kutubxona markazlari” deb atalmoqda va xalq kutubxonasi vazifasini bajarmoqda.
Ushbu maqola xorijiy mamlakatlardagi xalq kutubxonalari faoliyatidagi moliyaviy tendensiyalarni tavsiflashga bag‘ishlangan. Rivojlangan mamlakatlarda byudjetdan tashqari manbalarni jalb qilish tajribasi Respublikamiz kutubxonalarining moliyaviy holatini yaxshilashga yordam beradi degan maqsadda ularni bayon etishga xarakat qilamiz.
Shvesiyada xalq kutubxonalarini moliyalashtirish mahalliy hokimiyat organlari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, barcha xalq kutubxonalari xarajatlarining atigi 2,8% Markaziy hukumat byudjetidan tushadi. Norvegiyada hukumat yordamining yagona manbai madaniy tadbirlar uchun munitsipalitetga mablag‘ o‘tkazishdir. Shahar Kengashi ushbu mablag‘larni barcha dasturlarga, shu jumladan mahalliy kutubxonaga ajratish uchun javobgardir.
Finlyandiyada xalq kutubxonasini moliyalashtirish tizimi ancha murakkab. Byudjet mablag‘lariga bo‘lgan huquqlarni olish uchun har bir munitsipalitet kutubxona va uni binosini, jihozlar va xodimlarni markaziy hukumat tomonidan belgilangan darajada saqlashi kerak. Yillik miqdorlar har bir munitsipalitet uchun belgilangan toifaga asoslanadi. Kutubxona hajmi, zichligi va aholi farovonligiga bog‘liq bo‘lgan 10 ta toifa mavjud. Byudjet oluvchilarning eng past toifasi o‘z xarajatlarining 85% gacha, yuqori toifasi esa 50% ga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, kutubxonalari uchun yangi binolarga subsidiyalar mavjud.
Kanadadagi xalq kutubxonalariga xizmat ko‘rsatish viloyatlarga biriktirilgan. Shu sababli xalq kutubxonalari uchun moliyaviy muammolar faqat viloyat darajasida mavjud. Skandinaviya mamlakatlarida esa xalq kutubxonalariga xizmat ko‘rsatish davlat tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qisqarishi Skandinaviya kutubxonalari uchun milliy muammo tug‘diradi.
Yuqorida qayd etilgan mamalakatlardagi xalq kutubxonalarini moliyalashtirishdagi baʻzi bir tajribalarni respublikamizda ajriba-sinov tariqasida qo‘llash mumkin deb o‘ylaymiz. Chunonchi, Finlandiya tajribasini, yaʻniy yillik moliyaviy miqdorlarni viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishini toifalash,bunda viloyatdagi kutubxonalar miqdori, ularni zichligi va aholi farovonligini eʻtiborga olish, bizningcha maqsadga muvofiqdir. Shuningdek Kanada tajribasiga ko‘ra xalq kutubxonalariga moliyaviy xizmat ko‘rsatish bevosita viloyatlarga biriktirilishi ham eʻtiborga loyihdir. Baʻzi bir davlatlarda , Skandinaviya mamlakatlari kutubxonalarida, bizga o‘xshab xalq kutubxonalariga moliyaviy xizmat ko‘rsatish davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvatlashni qisqarishi kutubxonalar uchun muammo tug‘diradi. Ushbu muammoni xal etish esa byudjetdan tashqari mablag‘ topish ishlariga jiddiy munosabatda bo‘lishni talab etadi. Bu ishlar faqat pul topish uchungina xizmat qilmaydi, balki kutubxonani imidjini, obro‘-eʻtiborini ko‘tarishga sabab bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Chunki kutubxonalar axolini turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatadi.
Germaniyadagi xalq kutubxonalari asosan jamoa yoki cherkov hisobidan saqlanadi. Qishloq joylarda, jamiyatning cheklangan moliyaviy resurslari sharoitida kommunal birlashmalar qisman moliyalashtirishni o‘z zimmalariga oladilar. Kutubxona xizmatlari asosan bepul taqdim etiladi. Pullik to‘lovlarni joriy qilgan xalq kutubxonalarini deyarli barchasida kitobxonlar soniga va kitob berilishiga salbiy taʻsir ko‘rsatdi. Germaniyadagi xalq kutubxonalarini moliyalashtirish tajribasi ham o‘ylab ko‘rish kerak deb o‘ylaymiz. Xalq kutubxonalari ularda asosan jamoa va cherkov xisobidan amalga oshirilar ekan. Bizlarda ham ushbu tajribani sinab ko‘rish kerak. Masalan joylarda maxalla fuqarolar yig‘ini yoki maxalla, shu bilan birga jomey machitlari mavjud. Ushbu tashkilotlar shu joydagi xalq kutubxonalarini birgalikda moliviy taʻminlashlari mumkindir. Bu masala baxsli, munozarali albatta. Buni har tomonlama o‘ylab ko‘rish kerak.
Respublikamizdagi xalq kutubxonalarida xizmat ko‘rsatish ishlarini Fransiya tajribasi singari amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki, Fransiyadagi xalq kutubxonalarida xizmat ko‘rsatish ochiq xarakterga ega. Kitoblar odatda ochiq javonlarga joylashtiriladi va magnit xavfsizlik tizimi tomonidan o‘g‘irlikdan himoyalangan. Kutubxona ichida kitobxonlar adabiyot va maʻlumotlardan bepul foydalanishlari mumkin, adabiyotlarni uzoqroq muddatga olish uchun esa kutubxonaga aʻzo bo‘lish zarur. Kutubxonada hujjatlarni qidirish, bron qilish va buyurtma qilishni osonlashtiradigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi ham mavjud.
Buyuk Britaniyaning xalq kutubxonalarini moliyalashtirish ishlari o‘ziga xosdir. Buyuk Britaniyaning xalq kutubxonalari o‘z mablag‘larining katta qismini davlat fondlaridan, mahalliy yoki fedral soliqlar orqali oladi. Buyuk Britaniyada jamiyatga qimmatga tushadigan xalq kutubxonalari ularni subsidiyalash-moliyalashtirish tartibini isloh qilishi kerak degan fikr keng tarqalgan. Masalan, maʻlumotnoma kutubxonasiga kirish uchun to‘lovni joriy etish (talabalar uchun), kutubxona rahbariyatiga maʻlum xizmatlar uchun to‘lovni joriy etish bo‘yicha katta vakolatlar berilgan, shartnoma bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish taklif etiladi.
Xalqaro tashkilot, IFLA xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqoqlarga ko‘ra Buyuk Britaniyada xalq kutubxonalarini 97% dan ortig‘i aʻzolik badallari, jarima, isteʻmolchilarga materiallarni Yetkazib berishdan, baʻzi bir narsalarni sotish hamda ehsonlar xisobidan qo‘shimcha daromadlar ko‘rsatadilar. Biroq, 100000 kishidan kam bo‘lgan jamoalarga xizmat ko‘rsatadigan kutubxonalar joriy xarajatlarning 50% dan ortig‘ini soliq manbalaridan oladi. Soliqdan tashqari daromadlarning aksariyati xayr-ehsonlar va moliyaviy rivojlanishdan, shuningdek homiylarning xayr-ehsonlaridan olinadi. Aʻzolik to‘lovlari eng kichik qismini tashkil qiladi. Kutubxonalarning 85% dan ortig‘i ixtiyoriy badallardan (xayr-ehsonlardan) daromad oladi; taxminan 51% foydalanuvchilardan haq olinadi. Lekin ular kutubxonalarga daromad keltirmaydi. Aksincha, kutubxonalar ko‘pincha ushbu daromadlarni o‘z foydalanuvchilariga yangi xizmatlar shaklida qaytaradilar [1].
Buyuk Britaniyadagi xalq kutubxonalaridagi pullik xizmatlar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: yangi nashr etilgan romanlar va biografiya asarlarga obuna bo‘lish; biznes muassasalari va universitetlar xizmat ko‘rsatish uchun oldindan to‘lov; tadqiqot o‘tkazuvchilarga xizmat ko‘rsatish; boshqa kutubxonalar yoki kutubxonaning mustaqil boshqariladigan qismlaridan hujjatlarni olish. Ushbu xizmatlarning baʻzilari, masalan, buyurtma qilingan nomni olish imkoniyati to‘g‘risida foydalanuvchini xabardor qilish uchun to‘lov yoki buzilgan materialni tiklash yoki almashtirish uchun to‘lov qonun bilan ruxsat etiladi. Bu yondashuvni nafaqat tarafdorlari, balki muxoliflari ham bor.
Biz uchun qiziqarli bo‘lgan Buyuk Britaniya kutubxonalarining ish tajribalaridan quyidagilarni qayd etish mumkin: Masalan, xalq kutubxonalarini 97% dan ortig‘i aʻzolik badallari, jarima, isteʻmolchilarga materiallarni Yetkazib berishdan, baʻzi bir narsalarni sotish hamda xayr-ehsonlar xisobidan qo‘shimcha daromadlar olishi ko‘rsatilgan. Afsuskiy bizning kutubxonalarimizda bunday ishlar xozircha odat tusiga kirmayapti. Boshqa taraf respublikamiz axolisini ko‘pchiligi kutubxona xizmatini ayniqsa xalq kutubxonalarini xizmatini bepul bo‘lishi kerak degan aqidaga ishongan xolda hamma narsani davlat tomonidan qilib berilishi kerak deb o‘ylashadi. Bu esa kutubxonachi xodimlar ongida ham shu fikrni xukumron bo‘lishiga olib kelgan.Shuning uchun qo‘shimcha daromad topish ishlari bilan ular Yetarlicha shug‘ullanmaydilar.
Buyuk Britaniyada xalq kutubxonalari faoliyatini rivojlantirish, uni moliyaviy taʻminlash maqsadida bir qancha qonuniy aktlar ishlab chiqarilgan.Masalan: Mahalliy Davlat hokimiyati va uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasi (1989 yil yanvar) xalq kutubxonalarida pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini yaratdi. Davlat xarajatlari kamayganligi sababli, kutubxonalar boshqa bepul foydalanuvchi xizmatlarini saqlab qolish uchun baʻzi pullik xizmatlarni joriy etishga majbur. Britaniya xalq kutubxonalari va muzeylari to‘g‘risidagi qonun (1964) kutubxona binolarini haq evaziga ijaraga olishga ruxsat beradi, ammo tegishli hududda doimiy ravishda ishlaydigan yoki o‘qiyotgan aholiga kitoblar, jurnallar, risolalar va boshqa shunga o‘xshash materiallarni taqdim etish uchun hech qanday haq olinmasligini belgilaydi.
Xuddi shunday qonunlar Norvegiyada ham qo‘llaniladi. Norvegiyaning kutubxonalar to‘g‘risidagi qonuniga ko‘ra, xalq kutubxonasi tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar, shu jumladan yozuvlar va vidio dasturlarni tarqatish xalq uchun bepul. Xalq kutubxonalar uchun qo‘shimcha manbalarni jalb qilishning eng keng tarqalgan va oqilona usuli bu tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishdir.
Amerika Qo‘shma Shtatlardagi kutubxonachilik darajasi hatto Yevropaning ko‘plab iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari uchun ham muhimdir. AQShda juda ko‘p sonli fedral kutubxona dasturlari mavjud [2].
Subsidiyalar (yoki loyiha grantlari) to‘g‘ridan-to‘g‘ri fedral hukumat tomonidan mahalliy hokimiyatlarga, shuningdek davlat va xususiy notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlariga beriladi. Shaxsiy dasturlar uchun subsidiyalar maxsus maqsadlar uchun, shu jumladan tajribalar va tajriba almashish, rejalashtirish, sharhlar, texnik yordam, qurilish, do‘stlikni rivojlantirish, tadqiqotlar va treninglar uchun taqdim etiladi.
Amerikalik kutubxonachilar o‘z loyihalari uchun grantlar olish orqali ishtirok etishi mumkin bo‘lgan davlat va xususiy dasturlar to‘g‘risida to‘liq maʻlumotga ega. Raqobatchilarni mag‘lub etish va eng maqbul takliflarni olish uchun faqat to‘g‘ri dasturni tanlash, ariza berish va ishonchli dalillarni taqdim etish kerak. Dasturlar fedral va mahalliy moliyalashtirish manbalarini nazarda tutadi.
Subsidiyalar olish huquqiga ega bo‘lish uchun maʻlum shartlar bajarilishi kerak: 1) kutubxona tizimining to‘liq aʻzosi bo‘lish; 2) mahalliy hukumat tomonidan rasman tasdiqlangan protsedura va davlat kutubxonasining tegishli maqomiga mos keladigan dasturga ega bo‘lish; 3) xalq kutubxonalari uchun standartlarga muvofiq xizmatlarni saqlash.
Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kattalar va biznes xizmatlari uchun to‘lovlar xalq kutubxonasi uchun qonuniy daromad manbai sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Ular kitoblar va yirik bibliografik maʻlumotnomalarni berish, shuningdek, onlayn qidiruv va MBA kabi xizmat shakllari uchun to‘lovni joriy etishni taklif qilmoqdalar. Vaqt o‘tishi bilan fuqarolar va mansabdor shaxslar bunday xizmatlarning afzalliklarini anglab Yetgach, byudjet ko‘paytiriladi deb xisoblaydilar. Kutubxonalar, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari uchun maʻlum miqdordagi kreditlarni sotib olish tizimini taklif qiladi, bu ularga yiliga maʻlum miqdordagi to‘lovlarni to‘lash huquqini beradi va qo‘shimcha kreditlarni foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki hokimiyat tomonidan maʻlum foydalanuvchilar guruhlari uchun sotib olishi mumkin.
Xalq kutubxonalari muntazam ravishda kitobxonlar tomonidan foydalanilmagan kitoblarni sotadilar, bu esa qo‘shimcha daromad olishga yordam beradi va foydalanuvchilarga kitob yoki jurnalni arzon narxlarda sotib olish imkoniyatini beradi. Biroq, baʻzi kutubxonachilar noyob nusxalarni yo‘qolmasligi uchun sotiladigan kitoblarni diqqat bilan tanlash kerakligi haqida ogohlantiradilar.
Ko‘pgina kutubxonalar sotish uchun materiallarni muvaffaqiyatli nashr etadilar. Reklama maydonini sotish kabi homiylik shakli ham mavjud. Qo‘shma Shtatlarda, Kanadada bo‘lgani kabi, texnik xizmat ko‘rsatish uchun olinadigan to‘lovlar har doim kutubxona xarajatlaridan kam. Xizmatlarning ayrim turlari uchun to‘lovlar joriy etiladi, baʻzida to‘lov miqdori “mahalliy” va “xorijiy” foydalanuvchilar turli miqdorlarni to‘laydigan tarzda farqlanadi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga chegirmalar beriladi.
Qo‘shma Shtatlar va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida haq olinishi mumkin bo‘lgan xizmat turlariga quyidagilar kiradi:
1) kutubxonaga kirish (kitobxon bileti va kutubxonaga kirish);
2) kitoblarni tarqatish va obuna bo‘lish, davriy nashrlar, filmlar, videolar, grafikalar, badiiy reproduksiyalar, ovozli yozuvlar, nota musiqasi, o‘yinlar va o‘yinchoqlar, slaydlar, multtimediya to‘plamlari;
3) axborot xizmatlariga kirish: rezervasyon, MBA, qo‘lda bibliografik qidiruv, onlayn qidiruv, bibliografiya;
4) uskunalarni tarqatish: proyektorlar, kino ekranlari, Slayd proyektorlari, aylanuvchi stollar, kassetali yozuvlar, fotokopiyalar, mikrokopiyalar;
5) tadbirlar o‘tkazish uchun binolarni ijaraga berish.
Amerika Qo‘shma Shtatlardagi xalq kutubxonlarini moliyalashtirish tizimini Respublikamizda qo‘llash juda ham murakkabdir. Lekin Qo‘shma Shtatlar va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida haq olinishi mumkin bo‘lgan xizmat turlaridan baʻzi birlari kutubxonalarimizda joriy etilmoqda, masalan, kitobxon bileti, binolarni ijaraga berish, reklama maydonini sotish va boshqalar. Yuqorida qayd etilgan xizmat turlarini Respublikamiz kutubxonalarida qo‘llash bo‘yicha ishlarni amalga oshirib ko‘rish kerak deb o‘ylaymiz.
AQSh kutubxonalarini moliyalashtirish manbalari mahalliy resurslar (okruglar, tumanlar) - 80%; davlat resurslari - 12%; fedral resurslar - 1%; jismoniy shaxslar va turli tashkilotlarning sovg‘alari va xayriyalari - 7% ni tashkil etadi [3]. Respublikamiz kutubxonalarini, ayniqsa xalq kutubxonalarini moliyalashtirishda maxalliy resurslardan ko‘proq foydalanish tendensiyasi ilgari surilmoqda.
Qo‘shma Shtatlardagi kutubxonalar har xil turdagi byudjetlardan foydalanadilar, amalda aralash byudjet tizimlari tez-tez uchraydi. Juda oz sonli kutubxonalar davlat fondlaridan mablag‘ oladi va o‘zlari uchun u yoki bu byudjet tizimini mustaqil ravishda tanlashi mumkin. Ko‘pincha kutubxona byudjeti ijro etuvchi byudjetning bir qismidir, masalan, xalq kutubxonasi byudjeti shahar hokimi yoki shahar hokimligi byudjetining bir qismidir. Bunday iyerarxiyaning ijobiy tomonlaridan biri hukumatning har bir darajasida masʻuliyat va javobgarlikni kuchaytirishdir. Faqat pul miqdorini aniqlaydigan byudjetlar hozirda kutubxona amaliyotida deyarli qo‘llanilmaydi. Ular ijrochilarga maksimal erkinlik beradi va eng kam javobgarlikni taʻminlaydi. Hukumat ijrochilarning harakatlarini aniq nazorat qilish imkoniyatini ko‘rmasa, pul mablag‘larini juda ehtiyotkorlik bilan ajratadi. Bunday byudjetlar faqat kapital xarajatlarni moliyalashtirishda, barcha xarajatlarni hisobga olish qiyin bo‘lganda va maʻmur tomonidan maksimal moslashuvchanlik talab etilganda amalga oshiriladi.
Davlat, mahalliy va milliy hukumat darajasida byudjetlashtirish jarayoni professionallashtirishning oshishi bilan tavsiflanadi. Ko‘p yillar davomida kutubxona maʻmuri yagona byudjet mutaxassisi bo‘lgan. Byudjet tadqiqotchisi lavozimi ko‘pincha xodimlarga qo‘shiladi, ular kutubxona byudjetini ham yaxshi bilishlari kerak. Bundan tashqari, qonun chiqaruvchi organlarda ko‘pincha professional iqtisodchilar guruhlari mavjud.
Umuman olganda, Amerikadagi professional kutubxona taʻlimi o‘rtasidagi tub farqni taʻkidlash kerak. Qoidaga ko‘ra, kutubxonachi bakalavr, baʻzan esa maʻlum bir bilim sohasi bo‘yicha magistr darajasiga ega. Boshqacha qilib aytganda, bu professional yuristlar, iqtisodchilar, o‘qituvchilar va boshqalar bulib, axborot-kutubxona taʻlimi ular uchun ikkinchi o‘rinda turadi. Kutubxona va axborot fanlari maktablarini bitiruvchilarining 80 foizi keyinchalik kutubxonalarda ishlaydi.
AQShda kutubxonachilarning kasbiy taʻlimi sohasidagi o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari va texnologiyasi katta ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida talab qilinadigan kurslarning minimal soni, talabalarning qo‘shimcha fanlarni mustaqil tanlashi va ularni chuqur o‘rgatilishi, INTERNET va elektron pochta imkoniyatlaridan faol foydalanilishini qayd etish kerak.. Amerika kutubxonalarining texnik jihozlanishi va avtomatlashtirish darajasini alohida muhokama qilish mumkin.
Tahlil qilinayotgan rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy sharhi shuni ko‘rsatadiki, daromadlarni aholiga qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish, fondning foydalanilmagan qismlarini sotish, homiylarni, kutubxonaning “do‘stlarini” jalb qilish va tashqi fondlardan foydalanish orqali olish mumkin. Kutubxonalar byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish bilan shug‘ullanadigan rivojlanish koordinatori lavozimini joriy etilganligini alohida qayd etish kerak.
Byudjetdan tashqari moliyalashtirish usuli keng qo‘llaniladi. Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishning eng keng tarqalgan moliyaviy vositasi bu onlayn maʻlumot qidirish shaklida taqdim etiladigan xizmatdir. Bu ko‘pincha xarajatlarni qisman qoplaydigan haq evaziga amalga oshiriladi. Onlayn xizmatlarni moliyalashtirishning beshta maʻlum usuli mavjud:
1) xizmat tashqi agentlik tomonidan qisman yoki to‘liq subsidiyalanadi;
2) kutubxona barcha qidiruv xarajatlarini o‘zi qoplaydi;
3) xizmat narxi kutubxona va foydalanuvchi o‘rtasida taqsimlanadi;
4) barcha qidiruv xarajatlari foydalanuvchi tomonidan qoplanadi;
5) qidiruvni amalga oshiruvchi muassasa foydalanuvchidan barcha xarajatlarni va qidiruvdan olingan foydani qaytarib oladi.
Aksariyat xalq kutubxonalari daromad olish imkoniyati sifatida emas, balki aylanma mablag‘larni saqlash usuli sifatida ko‘riladigan jarimalarni undiradilar. Undiriladigan jarimalarning tarkibi quyidagicha: kutubxonalarning 37,5 foizi materiallarni kech qaytarganlik uchun jarima, 18 foizida “vijdon qutilari” (qarzdorlarning ixtiyoriy badallari), kutubxonalarning 45 foizi umuman jarima undirmaydi. Shuni taʻkidlash kerakki, qarzdorlar tomonidan ixtiyoriy to‘lovlar tizimiga o‘tgan kutubxonalar jarima undirilgan davrga nisbatan daromadning sezilarli darajada oshganligini ko‘rsatadi. [4]
Kutubxonalarning moliyaviy taʻminoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu sohadagi vaziyat aholining mustaqil taʻlim olishi uchun asos bo‘lib, diqqat bilan eʻtibor berishni talab qiladi. Regional hokimiyati xalq kutubxonasi muassasalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga yordam berishi kerak. Viloyat, mamlakat madaniy boyliklarini shakllantirish, madaniy va milliy merosni asrab-avaylash va yuksaltirishdagi ahamiyatini hisobga olgan holda xalq kutubxonalari faoliyatini moliyalashtirish ustuvor vazifadir.
Bozor munosabatlariga o‘tish O‘zbekistonning iqtisodiy tizimini yangilashni talab qiladi. Kutubxonachilik sohasida har bir xo‘jalik yurituvchi subʻektning rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni har tomonlama va tizimli boshqarish zarur. Ilm-fan, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida kutubxonalar, ayniqsa xalq kutubxonalari zarur va shuning uchun jamiyatning talab institutlari, insonning intellektual rivojlanishi ularning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Rivojlangan mamlakatlarda xalq kutubxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rib chiqilgan tajriba O‘zbekistonda kutubxonachilik ishini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun yordam beradi degan umiddamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Колегаева С.Д. Управление финансовыми ресурсами библиотеки. - Москва: РГБ, 1994. - 138 с.
2.Сухоруков К.М. Конференция Американской библиотечной ассоциации - 2002 // Библиотековедение, 2002. - №6. - С. 125-128.
3.Варганова Г. Как сделать карьеру. Организация научно-исследовательской работы в американских публичных библиотеках // Библиотека, 2001. - №6. - С. 90-93.
4.Бакун Д., Кразотина В., Толстикова О. На земле обетованной. 66-я генеральная конференция профессионального сообщества // Библиотека, 2001. - №3. - С. 78-79.
5.ИНТЕРНЕТ материалы