В статье освещается опыт работы создания фонда редких книг, подготовка к оцифровке бесценного научного, литературного и философского наследия, основы фонда редких и ценных книг Андижанского информационно-библиотечного фонда.

Ключевые слова: консервация, наследия,, оцифровка, редкий фонд, рестоврация, рукопись, хранения.

 

Ismailova Gulnoraxon Alijonovna, director of the Andijan Region Information and library Center named after Babur .

 

The article covers the experience of creating a rare book collection, preparation for digitization of the priceless scientific, literary and philosophical heritage, the basis of the funddations of rare and valuable books of the Andijan Regional Information and Library Center named after Babur.

Keywords: conservation, heritage, digitization, rare collection, restoration, manuscript, storage.

 

O‘rta Osiyoning boy adabiy merosi mamlakatimizda asrlar davomida to‘planib kelgani e’tirofga loyiq. Buyuk mutafakkirlarimizning bebaho ilmiy, adabiy va falsafiy merosi, jahon цивилизацияsi rivojiga qo‘shgan hissasi nafaqat o‘z davri, balki kelajak avlodlar uchun ham bugun butun dunyoga ma’lum. Ajdodlarimiz qoldirgan nodir va betakror kitoblar xalqimizning bebaho xazinasi va boyligidir.

Ularning adabiy-ma’naviy merosini to‘plash, asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim muassasa sanalgan kutubxonalarning asosiy vazifasi. Men ana shunday faoliyat bo‘yicha ishlayotganimdan faxrlanaman.

Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 128 yildan buyon aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatib kelayotgan Andijondagi eng yirik kutubxona muassasasi hisoblanadi.

Kutubxona 1907 yilda bor - yo‘g‘i 387 kitob fondi bilan ochilgan, bugungi kunda uning fondi 900 mingga yaqin. Ulardan 4 mingdan ortiq kitob va tarixiy hujjatlar noyob va va alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu kitoblar kutubxonamizning haqiqiy noyob ba nodir xazinasidir.

Xalqimiz ma’naviy boyligini o‘rganish, uning ijobiy an’analari asosida zamonaviy avlodni tarbiyalash axborot-kutubxona markazining bugungi kundagi vazifalaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

Kutubxonamizda Andijondagi 1-musulmon kutubxonasining birinchi mudiri, rus tilidan o‘zbek tiliga adabiyotlar tarjimoni sifatida keng tanilgan yozuvchi va shoir Abdulhamid o‘g‘li Cho‘lpon xotirasi saqlanib qolgan. Sharq xalqlari tarixi va adabiyotining ishqibozi, arab-fors tillari bilimdoni, viloyat kutubxonasidagi nodir kitoblar sektorining birinchi mudiri Abduvali Maqsudovni ham hamisha xotirlaymiz. Kutubxonamiz kitobxonlar va keng jamoatchilik orasida ulardan qolgan Sharq qo‘lyozmalarini izlash va saqlash an’analarini bugungi kungacha saqlab kelgan va saqlab kelmoqda.

Ular tomonidan to‘plangan noyob va nodir kitoblar kutubxonaning bebaho xazinasi hisoblanadi.

2020 yilda Axborot-kutubxona markazining nodir adabiyotlar fondi 3906 nusxa edi. Lekin eski arab, turk va fors alifbolarida yozilgan nashrlar juda kam edi. Noyob kitoblar fondida Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan, jahon цивилизацияsi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimiz, alloma va buyuk mutafakkirlarimiz asarlarining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari jamlangan. 16-asrdan 20-asr boshlarigacha Rossiya bosmaxonalarida nashr etilgan kitob va jurnallarning bosma nashrlari ham qimmatli. Ular orasida bebaho kitoblar, kichik nashrlarda chop etilgan yoki yozilgan kitoblar, olimlar, jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar, tarixchilarning umrboqiy nashrlari bor. Ular qariyb 5-6 asrlar davomida tarixiy faktlar, donishmandlik va ma’naviyat, ilm-fan yutuqlarining avloddan-avlodga yetkazish manbai bo‘lib kelgan.

Birinchi kutubxona fondlaridan kitobxonga 18-19 asrlar mobaynida nashr etilgan boy kitob va jurnallar toʻplami taqdim etiladi. Shoirlar Aleksandr Blok va Sergey Yeseninning umrboqiy nashrlari, tibbiyot instituti talabalari uchun darsliklar, tibbiyot professori Valentin Voyno-Yasenetskiyning “Yiringli jarrohlik”, olim Gustav Bungening “Odam fiziologiyasi darsligi” shular jumlasidan.

Vena universiteti professori Melchiorning “Yer tarixi” kitobini aytmay o‘tolmayman. “Yer tarixi” birinchi marta Rossiyada 20-asr boshlarida nashr etilgan va hozir ulardan biri bizning kutubxonamizda saqlanmoqda. Foydalanuvchilar Sankt-Peterburgda chop etilgan oylik adabiy va siyosiy jurnallarni, 19-20-asrlarda Rossiyada nashr etilgan gʻarb mualliflarining koʻplab kitoblarini olib o‘qish imkoniyatiga ega.

Noyob kitoblar fondimizdagi о‘zgarishlar 2021-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida kapital ta’mirdan so‘ng kutubxonamizga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishgan vaqtdan boshlandi.

Prezident kutubxona fondlari bilan tanishish chog‘ida jamoamiz bilan yangi loyiha boshlaganimizni va bu loyiha asosida aholida mavjud bo‘lgan eski arab, turk va fors tillarida yozilgan qo‘lyozma va toshbosma kitoblarni to‘playotganimizni qo‘llab–quvvatladi va bu amaliyotni davom ettirishimiz uchun kutubxona fondiga aholi qo‘lidagi mavjud noyob kitoblar va qo‘lyozmalarni xarid qilishimiz uchun 1 milliard so‘m mablag‘lar ajratdi. Shunday qilib, milliy madaniy va adabiy merosimizni yo‘qotishning oldini olish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga sifatli yetkazish bo‘yicha maqsadlarimizni amalga oshirishimizga bizga yanada keng imkoniyatlar eshiklari ochildi.

Aholidan to‘plangan kitoblar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, baholandi. Ajratilgan mablag‘lar hisobidan 242 nusxa nashrlar xarid qilindi va bebaho noyob kitoblar oltin fondimizdan joy oldi.

Jumladan:

52 nusxa qo‘lyozmalar

188 nusxa toshbosmalar

1 nusxa tarixiy hujjat

Sotib olingan kitoblardan tashqari yana 100 dan ortiq nodir kitoblar aholi tomonidan kutubxonaga sovg‘a qilindi. Olingan ayrim kitoblarni e’tiboringizga xavola qilmoqchiman:

Hozirda kutubxona fondidagi eng qadimiy nodir kitoblardan biri Markaziy osiyolik mutafakkir, faylasuf va dinshunos olim, Burhoniddin al-Marg‘inoniyning “Xidoy” nomli kitobi. (qo‘lyozma) Islom olamida mashhur bo‘lgan 1178 yili Samarqandda yozilgan bu asar fiqh ilmiga oid eng mashhur kitoblardan biri sanaladi - inson bilishi va diniy bilimga muvofiq harakat qilishi kerak bo‘lgan amaliy qarorlar, ya’ni abadiy hayotda baxt va saodatni topish uchun dunyoviy tashvishlarni tark etishni anglatadi.

«Hidoya» bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblangan. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. «Hidoya»ning 1893 yilda rus tilida qisqartirilgan tarjimasi N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan.

Ikkinchi kitob Buyuk mutafakkir, ilohiyotchi olim, adib va o‘z davrida voizlik san’atining yirik namoyandasi bo‘lgan Husayn Voiz Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» (Yaxshi xulqlar) asari. Sharqning mashhur allomalaridan biri bo‘lgan Xusayn Voiz Koshifi 1442–1505 yillarda yashab o‘tgan. U axloq, tarix, tasavvuf sohalariga doir 40 dan ortiq asarlar yaratgan. Ularning aksariyati 500 yil davomida axloq-odob dasturi sifatida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, zo‘r qiziqish bilan o‘qib kelingan.

Koshifiy etikaga oid «Kitob axloqi al-Muxsiniyn» asarida Xuroson va Movarounnahrda mahalliy an’analarni o‘ziga singdirgan, turli din hamda millat vakillariga nisbatan bag‘rikenglik bilan yondashgan. SHu jihatdan asar komil insonning eng yuksak axloq-odobi tarannum etilgan nodir manba hisoblanadi. Ota-bobolarimizdan bizga meros qolgan diniy qadriyatlar o‘z bahosini olayotgan jamiyatimizda Koshifiyning asarlari o‘sib kelayotgan barkamol avlodni tarbiyalash, mustahkam oila barpo etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Movarounnahrning mashhur hanafiy faqihlaridan Lutfulloh ibn Fozil an-Nasafiy al-Kaydoniyning «Fiqhi Kaydoniy» asari butun Islom olamida mashhur. U turli o‘lkalarda bir necha marta ko‘paytirilib, darslik sifatida o‘qitilgan, unga Ko‘histoniy Samadoniy va boshqalar sharhlar bitishgan. Kaydoniy hijriy 750 (milodiy 1349) yili vafot etgan. Hanafiy-moturidiylik ta’limotining asosiy manbasi hisoblangan ushbu asar, sof islom aqidasi amallari va ma’rifiy islomni o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘lib kelmoqda.

Navbatdagi kitob vatandoshimiz Abu Xafs Nasafiyning  “Aqoid an-Nasafiy” asari. Bu asar 18 asr boshlaridan boshlab yevropalik islomshunos olimlarning tadqiqot ob’ektiga aylangan. Ularning ta’kidlashicha, “Mazkur asar musulmon dunyosining qisqa va lo‘nda, ayni vaqtda eng ishonarli manbalardan biridir” deb e’tirof etilаdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, Nasafiyning “Aqoid an-Nasafiy” asari Taftazoniyning “Sharh al-aqoid” kitobi bilan islom olamida shuhrat qozongan.

Noyob adabiyotlar fondimiz juda ko‘p nodir va alohida qiymatga ega bo‘lgan adabiyotlar bilan to‘ldirildi. Jumladan:

Muhammad Fuzuliyning poetikaga oid “ Devoni Fuzuliy” (toshbosma);

Mas’ud as-Samarqandiyning fikhga oid “ Saloti Mas’udiy” (qo‘lyozma);

Muin al-Miskinening islom tarixiga oid “ Maorij an – Nubuvvat” (qo‘lyozma);

Xo‘janazar Huvaydoning adabiyotga oid “ G‘azaliyoti Huvaydo” ( qo‘lyozma);

Abdulloh Rumiyning arab tili grammatikasiga oid “Sharxi Bidon” (toshbosma);

Abduraxmon Jomiyning “1.Arab tili grammatikasidan (harakat va mo‘ziy);

Jaloliddin Rumiy poetika, didaktikaga oid “ Masnaviyi Ma’naviy”( toshbosma);

So‘fi Ollohyorning fikxga oid “Maslak ul –Muttaqiyn” (toshbosma);

Muiniddin Faroxiy Xiraviyning tarxga oid “Siyari Sharif-Maoriji Nubuvvat”; Muhammad al-Kastoniyning aqida,geologiyaga oid “Sharxi aqoidi Nasafiya”; Ismoil Haqqiyning poetika va didaktikaga oid “Muhammadiya” (toshbosma) kabi buyuk ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan arabiy, turkiy, forsiy alifbolarda yozilgan betakror asarlarni kutubxona jamg‘armasiga olishga muvaffaq bo‘ldik.

Nodir va qimmatli kitoblar tufayli o‘tmish bugunga kirib, kelajakka xotira qoldiradi. Ammovaqt shafqatsiz, ko‘plab eski bosma, qo‘lyozma va toshbosma nashrlar vaqtdan aziyat chekdi. Ulаrning ko‘plari bir nusxada va eskirganligi sababli foydalanish uchun yaroqsiz hоlаtgа kеlib qоlmоqdа. Shu bois ularni qog‘ozdan elektron shaklga o‘tkazish biz uchun muhim vazifa bo‘lib, uni hayotga tatbiq etayapmiz. Raqamlashtirish bebaho kitob yodgorliklarini saqlash va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Hozirda ushbu nodir fondni saqlash kutubxonamiz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda biz noyob kolleksiyadagi to‘plangan kitoblarni saqlash, jumladan raqamlashtirish va konservatsiya qilish bilan professional tarzda shug‘ullanishni rejalashtirganmiz. Oldimizda:

 - noyob fondlarini elektron formatga o‘tkazish uchun raqamlash texnologiyasini tanlash;

- fondlarining konservatsiya va restavratsiya qilish xizmatlari ishlarini tashkil etish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlash;

- elektron namunalar yaratish va identifikatsiyalash;

- saqlanayotgan va tarixiy, ilmiy, badiiy, madaniy qimmatga ega bo‘lgan nodir nashrlarning bibliografik va to‘liq matnli bazasini shakllantirish hamda uni to‘ldirish;

- nodir va alohida qimmatli nashrlarni ular zarur tarzda saqlanishini ta’minlaydigan maxsus tartib sharoitlarida saqlash bo‘yicha shart-sharoitlar yaratish;

- axborot-kutubxona fondlarini o‘g‘irlanishdan himoya qilish tizimini takomillashtirish vаzifаlаri turibdi.

Biz ushbu fondni keng foydalanuvchilarga ochib berish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida foydalanuvchilarga elektron katalog ma’lumotlar bazasiga kirish orqali ushbu kitob yodgorliklarini ko‘rish imkoniyatini yaratmoqdamiz.

Nodir va qimmatli kitoblar bilan ishlash qiziqarli, mas’uliyatli va mutaxassisdan qo‘shimcha malakalarni talab qiladi, biz ularni xalqaro tajriba almashish orqali egallashga umid qilamiz.