Maqolada tarixiy arxiv hujjatlarining yozuv turi, ularning tillari hamda paleografik xususiyatlari haqida so‘z yuriltilgan. Xususan, Oʻzbekiston Milliy arxivida mingga yaqin tarixiy fondlarning hujjatlari yozilgan xat turlari, hujjatlar yuriltilgan tili haqida ma’lumotlar tahlil qilingan. Tarixiy arxiv hujjatlarining turlixilligiga mil bo‘lgan sabab va hodisalarning ahamiyati va o‘rnining hujjatshunoslikdagi mavqei bevosita diqqat markaziga olingan. Shuningdek, tarixiy arxiv hujjatlarining tadqiqor metodologiyasi xususida ham ilmiy nazariy masalalarga to‘xtab o‘tilgan.
Kalit soʻzlar: arxiv hujjati, arxivshunoslik, chet tillari, yozuv turi, paleografiya, manbashunos va matnshunoslik.
THE SCRIPT TYPES, LANGUAGES, AND PALEOGRAPHIC CHARACTERISTICS OF HISTORICAL ARCHIVAL DOCUMENTS
Mirzaev Nasriddin Mukhritdinovich, Senior researcher at the National Archive of Uzbekistan Ph.D.
The article discusses the script types, languages, and paleographic characteristics of historical archival documents. In particular, it analyzes the script types and languages used in the documents of nearly a thousand historical collections stored in the National Archive of Uzbekistan. The study highlights the significance and role of various factors and events that contributed to the diversity of historical archival documents and their place in document studies. Additionally, the article addresses theoretical and methodological issues related to the research of historical archival documents.
Keywords: archival document, archival studies, foreign languages, script type, paleography, source studies, textual studies.
Qit’amizning benazir va tarixiy hujjatlarga boy xazinalaridan boʻlgan Oʻzbekiston Milliy arxivida mingga yaqin tarixiy fondlar saqlanadi. Ushbu fondlarning tarkibiy tuzilishi va kelib chiqish hamda jamlanish mazmuniga koʻra hujjatlarning yozuv turlari, ularning tillari hamda paleografik xususiyatlari ham turfa xilligi bilan ajralib turadi. Zero, Markaziy Osiyo azaldan turli millat va elatlar yashab kelayotgan koʻpmillatli oʻlkalar sirasiga kiradi, shu jihatdan ham tarixdan bu yerdagi hayot va siyosiy hamda ijtimoiy jarayonlar turli tuman boʻlishi bilan izohlanadi. Xususan, bu oʻlkaga egalik qilishga intilgan turli bosqinchi davlatlarning urish ochib kirib kelgani, muayyan muddatlar bu joyda oʻzlarining boshqaruv va begona siyosatlarini oʻrnatishlar natijasida hosil boʻlgan rasmiy hujjatlar, devonxona ishlarini oʻzida aks etgan materiallar, hukumat va aholi oʻrtasidagi oʻzaro aloqalari natijasida shakllangan vasiqalar, fuqarolarning oʻzaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari natijasida tuzilgan qarz-qavola hamda bitimlarga doir hujjatlar hamda xalqaro aloqalarning jadalligi bilan bogʻliq diplomatik hujjatlarning xususiyatlari, yozuv turlari yoxud tillarining xilma-xilligi bu tabiiy hodisa va jarayon hisoblanadi.
Birgina Oʻzbekiston Milliy arxivida saqlanotgan tarixiy hujjatlarning hozircha aniqlangan 18 ta tilda yozilgani va 6 xil yozuv turiga mansubligini qayd etish mavzuning dolzarbligini oydinlashtiradi.
Oʻzbekiston Milliy arxivida saqlanotgan tarixiy fondlarning tarkibida joylshgan hujjatlarning turli tillarga boʻlinishi quyidagi sabab va xususiyatlar nuqtai nazardan oʻrganilsa tarixiy hujjatlarning ahamiyati yanada oshadi:
- arxеografik jihatdan – qadim yozma yodgorliklarning qayta ishlash usullari va e’lon qilishning nazariy masalalari haqidagi tarixiy-filologik fani yuzasidan izlanishlar olib borish. Bu sohadagi ishlar mintaqa madaniyatimizga doir yozma manbalartni alohida va oʻziga xos tarzda oʻrganish, bu xildagi yondashuv uzoq tarixlarga borib taqalishi fanda ma’lumdir;
- palеografik jihatdan – qadimiy yozma yodgorliklarning yozilish o‘rni, vaqti va kotiblari kabilarni aniqlash uchun uning tashqi belgilarini, yozuvini o‘rganuvchi tarixiy-filologik fan boʻlib, buning uchun qo‘lyozma va hujjatlarning materiali, harf shakllari, bezak va boshqa xususiyatlari sinchiklab o‘rganiladi. Alohida nom bilan atalmagani holda kitobat ishlari jumlasida mavjud bo‘lib kelgan;
- arxivshunoslik jihatdan – hujjatlarni jamlash, ularning hisobini yuritish, saqlash va ulardan foydalanish usullarini ishlab chiquvchi, arxivlar ishini tashkil etishni, ularning tarixini o‘rganuvchi fandir. Bu soha mutaxassislari Milliy arxivlar, Respublika Davlat arxivlari, viloyat va tuman arxivlarida faoliyat ko‘rsatadilar. Adabiy arxiv hujjatlarni respublikamiz qo‘lyozma fondlarida va adabiyot muzeyi hamda barcha turdagi muzeylarda joylashgan saqlovxonalarda uchratish mumkin. Tarixiy arxiv hujjatlari ana mazkur tashkilot va muassasalarda saqlanuvchi noyob manbalar turiga kiradi1
Mingtaga yaqin tarixiy davr (IX-XX asr boshi, 1920-yilgacha)ni o‘z ichiga olgan fondlar ichidan 150 ga yaqini asosan arab alifbosida yozilgan hujjatlardan tashkil topgan. Ushbu arab alifbosida yozilgan fond hujjatlarining tili esa arab, fors-tojik va eski o‘zbek (chig‘atoy) tiliga mansubdir. Bular yozilgan yoki tuzilgan hududlar esa Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari hamda 19-asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan, so‘ng yangi Turkiston o‘lkasi bilan atalgan hududning 3 ta viloyati (Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo) hamda Toshkent shahar va Toshkent uyezdi hududlarida faoliyat olib borgan qozilarning fondlaridan tashkil topgan fond hujjarlaridir2
Arxivdagi qozilar fondlarining hajm jihatidan eng katta qismi Samarqand viloyati qozilariga (deyarli 50%i) tegishli hujjatlar bo‘lib, undan so‘ng Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari turadi. Bular yakka tartibda faoliyat yuritgan qozilar hamda qozilar s’ezdlarining arxiv hujjatla-ridir. Sirdaryo va Farg‘ona viloyatida ish yuritish eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida olib borilgan bo‘lsa, Samarqand viloyati qozilarining aksariyati esa hujjatlarni fors tilida rasmiylashtirgan. O‘rta Osiyo xonliklari Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olgunga qadar hujjatlar fors tilida yuritilgan bo‘lib, ularni maxsus ta’lim olgan qozilar rasmiylashtirgan. Mustamlaka davrida xalq qozisi lavozimiga saylash tartibi kiritilishi bilan birga qozixona hujjatlarini mahalliy aholi tilida yuritish belgilab qo‘yilgan edi. Buning natijasida qozilik lavozimiga fors tilini bilmagan shaxslar ham saylanishi mumkin bo‘lgan.
XIX asrda Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ro‘y bergan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va madaniy jarayonlar jamiyat hayotiga oid tarixiy hujjatlar va ma’lumotlarni aks ettiruvchi manbalar turining yanada boyishiga olib keldi. Yozma manbalar turi kengayib, toshbosma kitoblar, davriy matbuot, arxiv hujjatlari, kartografik tasvirlar, qayd daftarlari kabi yangi hujjatlar turkumi yaratildi, bu esa, o‘z navbatida, mintaqa ijtimoiy tarixini yanada chuqur va keng tadkiq etish imkoniyatini yaratdi.
Aynan shu davrga kelib, tarixiy izlanishlar olib borish ishtiyoqida bo‘lgan tadqiqotchilar ommaviy kutubxonalar, muzeylar va davlat arxivlari kabi muassasalarni ochish va ularni manbalar bilan boyitish yo‘lida xizmat qildilar. Bugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Milliy arxivi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi kabi respublikadagi yirik ilmiy maskanlarda, balki viloyat muzey, kutubxona, arxiv va boshqa fondlarda XIX – XX asr boshi tarixini aks ettiruvchi bebaho manbalar mujassamlashgan.
Tarixiy manba turlarining ko‘payib borishi bilan manbashunoslik yo‘nalishlari ham kengayib, XX asrning 30-yillaridan Markaziy Osiyo tarixini yorituvchi sharq tillaridagi manbalar va arxiv hujjatlarini o‘rganish masalasi ko‘tarildi. Arab imlosidagi arxiv hujjatlarining ochilishi bilan yangi mahalliy manbalarni o‘rganish faollashdi. Qozilik hujjatlarini tadqiq etishni M.Izaksonva I.Pervishevlar4 boshlab berdilar. Jumladan, M.Izakson3 1930 yilda Toshkent Markaziy tarix arxivi (hozirda O‘zbekiston Milliy arxivi) saqloviga qabul qilingan qozilik hujjatlarining to‘liq tavsifini berish bilan birga, tadqiqotchilarni ulardan foydalanishga chaqirgan. I.Pervishev esa mahalliy tilda yozilgan hujjatlarni o‘rganish masalasini ko‘targan. 1937 yilda taraqqiyparvar A.Fitrat rus olimi B.Sergeyev bilan hammualliflikda XVI asrga oid Samarqand qozikaloniga tegishli 735 ta qozilik hujjatlarini aniqlab, ilk bor hujjatlar to‘plamini nashr etganlar5. Mazkur holat islom qonunchiligi talablari asosida yaratilgan qozilik hujjatlarini ilmiy muomalaga kiritish jarayonini bir oz jadallashtirdi. Qozixonalarda rasmiylashtirilgan “vasiqa” turidagi notarial hujjatlar alohida to‘plam yoki katalog shaklidagi hujjatlarning birlamchi sharhlari nashr etildi6
Mazkur masalaga doir tadqiqotlarning manbaviy asoslarini baholasak, ularda keltirilgan asosiy materiallar quyidagi tartibda berilgan deb xulosa qilish mumkin:
mustamlaka ma’muriyati amaldorlari tomonidan tayyorlangan hisobot va tavsiflar;
qozilar ish yuritishining notarial mahsulotlari (fuqarolik-huquqiy munosabatlarini yorituvchi har xil turdagi hukm va dalolatno-malar – “vasiqalar”);
ayrim holatlarda, o‘rta asr huquqshunosligiga doir risolalar (shurut).
Zamonaviy tadqiqotchilar tomonidan oxirgi 20 yil ichida olib bo-rilgan izlanishlarda mahalliy qozilarning mustamlaka davrida olib borgan ish yuritishini o‘rganish, xususan, qozilar rasmiylashtirgan qayd kitoblari Usmoniylar imperiyasidagi sijjilotlar kabi o‘lka qonunchi-lik tarixini o‘rganishda bebaho ahamiyatga ega, deb baholanadi
Mustaqillik yillarida tarixiy manbalarni xolisona tadqiq etish va tarixni haqqoniy baholash davr taqozosiga aylanishi bilan qozilik hujjatlari manbashunosligida yangicha yondashuvlar shakllandi, bu yo‘nalishda ilk yangi tadqiqotlar yuzaga keldi va hujjatlar nashri yo‘lga qo‘yildi.
Umuman olganda, yuqorida qayd etilgan akademik nashrlar tarixiy arxiv hujjatlari, qozilik hujjatlari manbashunosligi rivojlanib kelayotgan va yangi tadqiqotlarga mavzu bo‘la oladigan istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatmoqda. Bunday tadqiqotlar tarixiy hujjatlarni mazmunan tahlil etish, tizimlashtirish, turli jamg‘armalardagi hujjatlar monitoringini yaratish, o‘zaro qiyoslash orqali yangi ma’lumotlarni aniqlash, ularning manbaviy ahamiyatini taqqoslash va shu orqali islomshunoslik, manbashunoslik va tarix fanlarini yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Tarixiy arxiv hujjatlarini o‘rganishda quyidagi tartibdagi nazariy masalalarni bayon etish mumkin:
1) hujjatlarni tasniflash tamoyillarini belgilashda Sharq va Musulmon ish yuritish xususiyatlarini asosiy o‘ringa qo‘yish;
2) hujjat obyekti muammolarini belgilab chiqish;
3) hujjatlarni o‘rganish masalalarini o‘rtaga tashlashda o‘lka tarixiy jarayonlarning tadrijiy o‘zgarishlari diqqatdan chetga chiqmasligi;
4) tahlil qilish uchun hujjatlarni tanlab olish tamoyillarini belgilash;
5) hujjat formulyari tahlili;
6) hujjatlarning amaliy tahlili.
Nazariy manbashunoslikda tadqiqotlar asosini tashkil etuvchi turli xil manbalarni tanqidiy tahlil etishda tarixiy voqealarning aks etishi, hujjatlarni tuzishdan ko‘zlangan maqsad, uning yaratilish tarixi, muallifning ma’lumotlarni yoritishdagi subyektiv qarashlarini aniqlash muhim sanaladi.
Shu o‘rinda Buxoro amirligi tarixiy hujjatlarini o‘rganish, ularni nashr etish bo‘yicha tajribali mutaxassis B.Kazakov tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarni alohida qayd etish joiz. Muallif o‘z ishida shaxslarga tegishli yuridik hujjatlarni ijtimoiy функцияsiga ko‘ra, 8 ta turga ajratadi: 1) vasiqai bayi bot (oldi-sotdi hujjati); 2) xatti ijara; 3) vasiqai baxshish; 4) vasiqai bayi joiz; 5) xatti nikoh; 6) vaqfnoma; 7) vasiyatnoma; 8) xatti ibro kabi. Muallif har bir hujjatning tarkibiy tuzilishi, tarixi va maqsadini aniqlash borasida nazariy usullarni bayon etgan
Ayrim hollarda tarixiy arxiv hujjatlaridagi yozilgan vaqtini, shuningdek, qozining ismi sharifini birdan aniqlab bo‘lmaydi. Odatda hujjatning so‘nggi qismidagi uning sanasi va qozi ismi qayd etiladi. Bunday ma’lumotlar keltirilmagan qozilik hujjatiga doir ayrim fikr, masalan, yozilgan sanasi, joyi, uning qog‘ozi, xati (yozuv turi), til uslubiga hamda muhrlarga qarab belgilanadi. Hujjat muallifi va undagi voqea ishtirokchilarining shaxsini aniqlash manbani ilmiy tahlil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda hujjatning yaratilish tarixi va uning yozilishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy muhitni aniqlab olish zarur.
Arab alifbosidan tashqari qisman ozchilikni tashkil etuvchi tarixiy arxiv hujjatlar kirillcha, lotincha, xitoycha, uyg‘urcha va yaponcha yozuv turiga mansubdir.
Ushbu yozuv turidagi hujjat tillariga quyidagilar kiradi: rus, ibriy (yahudiy), ingliz, mo‘g‘ul (mongol), nemis, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq, turk (usmonli), uyg‘ur, xitoy, fors, fransuz, hind va yapon tili.
Ushbu turdagi tarixiy hujjatlar tilining turliligining kelib chiqish xususiyatlari ayan 19-asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya imperiyasining o‘lkani bosib olish bilan baholanadi. Zero, bosib olingan hudud fuqarolarining xorijga chiqishi yoki xorijdan bu hududga kirishi cheklanish va maxsus ruxsat bilan amalga oshishi natijasida pasport tizimi joriy qilingan va ana shu siyosiy o‘zgarish natijasida hujjatlar tilidagi xilma-xillik yuzaga chiqqan. Shu sababdan ham Milliy arxivda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar ichidan pasport tizimiga doir hujjatlar o‘rganilga bu kabi tillarni uchratish ko‘p yuzaga keladi.
Jumladan, 1870-1917-yillar mobaynida Turkiston general gubernatori kanselyariyasi yoki viloyatlar boshqarmalariga murojaat qilgan AQSH, Avstriya, Germaniya, Finlandiya, Fransiya, Polsha (Varshava), Shvetsariya, Turkiya, Eron, Xitoy, Hindiston kabi fuqarolarining yozishmalariga doir hujjatlar ayni tarixiy arxiv hujjatlar orasida turli yozuv va turli tillarda yozilgani bilan arxiv ishi sohasi yoxud o‘lkaning tarixini yorutuvchi tadqiqotchilar uchun alohida qimmatli hujjatlar va manba bo‘lib xizmat qiladi
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda tarixiy arxiv hujjatlari manbashunosligi tadqiqotlarning nisbatan yangi va yosh yo‘nalish bo‘lib, uni rivojlantirish borasida katta imkoniyatlar mavjud. Shu bilan birga, bir qator ilmiy vazifalar o‘z yechimini kutmoqda. Bu hujjatlarning turli fanlararo qiyosiy tahlil etilishi nafaqat arxiv ishi sohasi rivoji uchun, balki O‘zbekiston tarixini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati
Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. – Toshkent: Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, 2000. – B. 22-23.
O‘zbekiston Milli arxivi: I-125-fond (Xiva xonlari arxiv hujjatlari kanselyariyasi), I-126-fond (Buxoro qo‘shbegisi arxiv fondi), I-323-fond (Vaqf hujjatlari kolleksiyasi) va I-1043-fond (Qo‘qon xonligi arxiv hujjartlari) hujjatlari.
Изаксон М. Национальные фонды Центрального архива УзССР в Ташкенте. // Библиография Востока. – Ленинград, 1932. – №1. – С. 55-72.
Первышев И. О документальной базе для историографии феодальной формации в Средней Азии. // Революция и культура в Средней Азии. Сборник первый. – Ташкент, 1934. – С.106-111.
Фитрат Р. Р., Сергеев Б. Казийские документы XVI века. Ташкент: Комитет науки УзССР, 1937. – С. 80.
Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIХ в. Исследование и описание документов с историческим введени-ем. – Л., 1940; Унинг ўзи. Хозяйство джуйбарских шейхов. / К истории феодального земледелия в Средней Азии в XVI – XVII вв. – М. - Л., 1954; Чехович О.Д. Бухарские документы XIV в. – Ташкент, 1965; Унинг ўзи. Самаркандские документы XV-XVI вв. – М., 1974; Документы архива хивинских ханов по истории и этно-графии каракалпаков. / Подбор документов, введение, перевод, примечания и указатели Ю.Э. Брегеля. – М.: Наука, 1967; Троицкая А Л. Каталог архива Кокандских ханов XIХ века. – М.: Наука, 1968.
Sartori P. Colonial Legislation Meets Sharīʿa: Muslims’ Land Rights in Russian Turkestan // CAS 29/1, 2010. – P. 43-60; Унинг ўзи. Constructing Colonial Legality in Russian Central Asia: On Guardianship // CSSH 56/2, 2014. – P. 419-47.
Казаков Б.А. Документальные памятники Средней Азии. – Ташкент: Узбекистан, 1987. – С.25.
Qarang: O‘zbekiston Milli arxivi: I-1-fond, 22-ro‘yxat, 396-yig‘majild, 4-ro‘yxa, 17009-1710-yig‘majild, 27- ro‘yxat, 85-yig‘majild; I-17-fond, 1-ro‘yxat, 163-, 223-, 397-, 1062-, 1088-yig‘majild; I-22-fond, 1-ro‘yxat, 493-, 1089-yig‘majild; I-36-fond, 1-ro‘yxat, 2343-, 2719-, 3012-, 2550-, 2907-, 3432-3433-yig‘majild; I-907-fond, 1-ro‘yxat, 340-, 394-yig‘majild.
Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. – Toshkent: Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, 2000. – B. 22-23.
O‘zbekiston Milli arxivi: I-125-fond (Xiva xonlari arxiv hujjatlari kanselyariyasi), I-126-fond (Buxoro qo‘shbegisi arxiv fondi), I-323-fond (Vaqf hujjatlari kolleksiyasi) va I-1043-fond (Qo‘qon xonligi arxiv hujjartlari) hujjatlari.
Изаксон М. Национальные фонды Центрального архива УзССР в Ташкенте. // Библиография Востока. – Ленинград, 1932. – №1. – С. 55-72.
Первышев И. О документальной базе для историографии феодальной формации в Средней Азии. // Революция и культура в Средней Азии. Сборник первый. – Ташкент, 1934. – С.106-111.
Фитрат Р. Р., Сергеев Б. Казийские документы XVI века. Ташкент: Комитет науки УзССР, 1937. – С. 80.
Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIХ в. Исследование и описание документов с историческим введени-ем. – Л., 1940; Унинг ўзи. Хозяйство джуйбарских шейхов. / К истории феодального земледелия в Средней Азии в XVI – XVII вв. – М. - Л., 1954; Чехович О.Д. Бухарские документы XIV в. – Ташкент, 1965; Унинг ўзи. Самаркандские документы XV-XVI вв. – М., 1974; Документы архива хивинских ханов по истории и этно-графии каракалпаков. / Подбор документов, введение, перевод, примечания и указатели Ю.Э. Брегеля. – М.: Наука, 1967; Троицкая А Л. Каталог архива Кокандских ханов XIХ века. – М.: Наука, 1968.
Sartori P. Colonial Legislation Meets Sharīʿa: Muslims’ Land Rights in Russian Turkestan // CAS 29/1, 2010. – P. 43-60; Унинг ўзи. Constructing Colonial Legality in Russian Central Asia: On Guardianship // CSSH 56/2, 2014. – P. 419-47.
Казаков Б.А. Документальные памятники Средней Азии. – Ташкент: Узбекистан, 1987. – С.25.
Qarang: O‘zbekiston Milli arxivi: I-1-fond, 22-ro‘yxat, 396-yig‘majild, 4-ro‘yxa, 17009-1710-yig‘majild, 27- ro‘yxat, 85-yig‘majild; I-17-fond, 1-ro‘yxat, 163-, 223-, 397-, 1062-, 1088-yig‘majild; I-22-fond, 1-ro‘yxat, 493-, 1089-yig‘majild; I-36-fond, 1-ro‘yxat, 2343-, 2719-, 3012-, 2550-, 2907-, 3432-3433-yig‘majild; I-907-fond, 1-ro‘yxat, 340-, 394-yig‘majild.
[1] Habibullayev A. Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik. – Toshkent: Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, 2000. – B. 22-23.
[1] O‘zbekiston Milli arxivi: I-125-fond (Xiva xonlari arxiv hujjatlari kanselyariyasi), I-126-fond (Buxoro qo‘shbegisi arxiv fondi), I-323-fond (Vaqf hujjatlari kolleksiyasi) va I-1043-fond (Qo‘qon xonligi arxiv hujjartlari) hujjatlari.
[1] Изаксон М. Национальные фонды Центрального архива УзССР в Ташкенте. // Библиография Востока. – Ленинград, 1932. – №1. – С. 55-72.
[1] Первышев И. О документальной базе для историографии феодальной формации в Средней Азии. // Революция и культура в Средней Азии. Сборник первый. – Ташкент, 1934. – С.106-111.
[1] Фитрат Р. Р., Сергеев Б. Казийские документы XVI века. Ташкент: Комитет науки УзССР, 1937. – С. 80.
[1] Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIХ в. Исследование и описание документов с историческим введени-ем. – Л., 1940; Унинг ўзи. Хозяйство джуйбарских шейхов. / К истории феодального земледелия в Средней Азии в XVI – XVII вв. – М. - Л., 1954; Чехович О.Д. Бухарские документы XIV в. – Ташкент, 1965; Унинг ўзи. Самаркандские документы XV-XVI вв. – М., 1974; Документы архива
[1] Qarang: O‘zbekiston Milli arxivi: I-1-fond, 22-ro‘yxat, 396-yig‘majild, 4-ro‘yxa, 17009-1710-yig‘majild, 27- ro‘yxat, 85-yig‘majild; I-17-fond, 1-ro‘yxat, 163-, 223-, 397-, 1062-, 1088-yig‘majild; I-22-fond, 1-ro‘yxat, 493-, 1089-yig‘majild; I-36-fond, 1-ro‘yxat, 2343-, 2719-, 3012-, 2550-, 2907-, 3432-3433-yig‘majild; I-907-fond, 1-ro‘yxat, 340-, 394-yig‘majild.