Maqolada, aholining barcha qatlamlariga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning sifat jihatdan yangi tizimini yaratish, foydalanuvchilarga elektron bazalarda saqlanib kelinayotgan elektron resurslar bilan qulay va oson tanishish uchun shart-sharoitlar yaratish, axborot-kutubxona markazi faoliyati samaradorligini, axborot taqdim etish tezkorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yaratilgan milliy elektron bazalar, ulardan foydalanish qulayligi va afzalliklariga, foydalanish tartibi hamda asosiy e’tibor, ilmiy tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan diss.natlib.uz milliy elektron ma’lumot bazasiga alohida e’tibor beriladi.

Kalit so‘zlar: Elektron kutubxona, milliy ma’lumotlar bazasi, elektron resurslar, raqamli resurslarga kirish, interaktiv xizmatlar, masofadan foydalanish, ma’lumotlarni tezkorlik bilan topish, innovatsiya, ilmiy tadqiqot, intellektual rivojlanish.

 

The article focuses on creating a qualitatively new information and library service system for all segments of the population, creating conditions for users to easily and conveniently familiarize themselves with electronic resources stored in electronic databases, the national electronic databases created at the National Library of Uzbekistan to improve the efficiency of the information and library center and the speed of information provision, the convenience and advantages of their use, the order of use and basic information, as well as the diss. natlib.uz national electronic database intended for scientific researchers.

Keywords: Electronic library, national database, electronic resources, access to digital resources, interactive services, remote access, quick information retrieval, innovation, scientific research, intellectual development.

 

Kirish

XXI asrning birinchi choragida, fan-texnika taraqqiyoti asrida, axborot texnologiyalarining rivojlanish, axborot-kutubxona muassasalariga sun’iy intellektning shiddat bilan, to‘siqlarsiz kirib kelishi hamda foydalanuvchilarga masofadan turib ma’lumotlar olishga bo‘lgan ehtiyoji kun sayin ortib bormoqda. Bu jarayon o‘z o‘rnida, foydalanuvchilarga an’anaviy, bosma nashrlar bilan birgalikda elektron bazalar orqali xizmat ko‘rsatishni taqozo etmoqda. Shuni inobatga olib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yaratilgan milliy elektron bazalar, ulardan foydalanish qulayliklari va afzalligi hamda statistik ma’lumotlar taqdim etiladi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilar uchun yaratilgan rasmiy veb-portali va milliy elektron bazalar, ularga kirish, foydalanish hamda mavjud axborot-resurslar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi.

https://www.natlib.uz/ - O‘zbekiston Milliy kutubxonasining rasmiy veb-portali 21 ta axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ini birlashtirgan integrallashgan baza bo‘lib, unda 500 000 dan ortiq elektron resurslarning to‘liq matnlari mavjud.

Ushbu integratsion bazani to‘ldirib borishda, Respublikamizdagi 21 axborot-kutubxona markazlari, jumladan: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-resurs markazlari ishtirok etadi.

http://press.natlib.uz/ - Matbuot davriy nashrlari portali bo‘lib, portalda 1935-2025-yillar oralig‘ida 69 nomdagi 111 486 ta gazetalarni elektron shaklda ko‘rish va o‘qish imkoniyati mavjud. Milliy baza muntazam O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dispecherlik xizmati va adabiyotlarni berish kafedrasi mutaxassislari tomonidan to‘ldirilib boriladi. Taxlillarga ko‘ra, oxirgi 3 oylik (02.01.2025-yil - 31.03.2025-yil) holatiga, tashriflar 11 565 marotaba, ko‘rishlar 141 561 sahifani, o‘rtacha tashrif davomiyligi 9 daqiqa 22 soniyani tashkil etdi.

http://nodir.natlib.uz/ - Nodir va qo‘lyozma asarlarning ma’lumotlar bazasida turli tillarda 2493 ta kitob, 122 ta qo‘lyozma, 24 ta albom va 3696 ta davriy nashrlarning 15 % qismini dunyoning turli burchaklaridan onlayn ko‘rish va o‘qish imkoniyati mavjud. Baza, qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati tomonidan to‘ldirib boriladi. Taxlillarga ko‘ra, oxirgi 3 oylik (02.01.2025-yil - 31.03.2025-yil) holatiga, tashriflar 1626 marotaba, ko‘rishlar 7329 sahifani, o‘rtacha tashrif davomiyligi 2 daqiqa 01 soniyani tashkil etdi.

http://qr.natlib.uz/ - Qr-kodli kitoblarning ma’lumotlar bazasi bo‘lib, ushbu elektron bazada 720 dan ortiq kitoblarning elektron fayllarini qr-kod orqali onlayn o‘qish hamda yuklab olish imkoniyati mavjud. Milliy baza O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi tomonidan muntazam to‘ldirib boriladi. Taxlillarga ko‘ra, oxirgi 3 oylik (02.01.2025-yil - 31.03.2025-yil) holatiga, tashriflar 5031 marotaba, ko‘rishlar 21 768 sahifani, o‘rtacha tashrif davomiyligi 2 daqiqa 34 soniyani tashkil etdi.

https://media.natlib.uz/ - Milliy kutubxonaning media portali hisoblanadi. Hozirda media resurslari elektron bazasida videolar soni 187 tani, audiokitoblar soni esa 646 tani tashkil qiladi. Audio va video materiallarini ko‘rish va yuklab olish imkoniyati mavjud. Milliy baza O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy umumta’lim elektron kutubxona markazi tomonidan muntazam to‘ldirib boriladi. Taxlillarga ko‘ra, oxirgi 3 oylik (02.01.2025-yil - 31.03.2025-yil) holatiga, tashriflar 5 679 marotaba, ko‘rishlar 7 320 sahifani, o‘rtacha tashrif davomiyligi 1 daqiqa 04 soniyani tashkil etdi.

https://einfolib.uz/ - O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan nashr qilinadigan INFOLIB – axborot-kutubxona madaniy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop jurnalining raqamlashtirilgan nusxalaridan tashkil topgan bo‘lib, baza 2020-yilda wordpress dasturida yaratilgan. Baza, nashiryot-matba xizmati tomonidan to‘ldirib boriladi. INFOLIB axborot kutubxona jurnalining to‘liq matnli ma’lumotlar bazasida bugungi kunda berilgan barcha maqolalarni raqamlashtirilgan shaklda ko‘rish va o‘qish imkoniyati yaratilgan.

Hozirgi kunga kelib, Respublikamizdagi barcha maktab kutubxonalari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining milliy ma’lumotlar bazasiga to‘liq ulandi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida diss.natlib.uz bazasi 2015-yilda yaratilgan, 2024-yilga kelib jahon tajribasi va kitobxonlarning talab va takliflaridan kelib chiqib qayta ishlanib, foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Jumladan;

ilg‘or qidiruv tizimi – sarlavhasi, annotatsiyasi, yoki UDK bilan qidirish imkoniyatlari yaratildi;

saralash tizimi – til, hujjat turi, akademik daraja va kategoriya, sanalar oralig‘ida qidirish imkoniyatlari yaratildi;

to‘liqroq ma’lumot – qidiruv paytini o‘zida material haqidagi batafsil ma’lumotni ko‘rib chiqsa bo‘ladi;

translit ma’lumotlari – lotin yoki kirill yozuvida qidirsa bir xil natija ko‘rsatadi.

Joylarda va tizim muassasalarida virtual o‘quv zallari tashkil etilmoqda. Bu, foydalanuvchilarning olis va chekka hududlardan poytaxtga kelib-ketish vaqti va sarf-xarajatlarining tejalishiga olib keladi. Bazadagi elektron resurslardan foydalanish uchun tizim axborot-kutubxona markazlarida tashkil etilgan virtual o‘quv zallaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Milliy elektron ma’lumot bazasi, ilmiy izlanishlar va akademik faoliyat uchun muhim raqamli manba hisoblanadi. Milliy elektron ma’lumot bazasi mamlakatdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar va akademik materiallarni jamlagan yirik milliy elektron ma’lumotlar bazasi bo‘lib, bugungi kunda mazkur milliy elektron ma’lumotlar bazasida 30 mingdan ziyod elektron resurslar mavjud. Jumladan, 18 mingdan ortiq resurslar ilmiy dissertatsiyalarni va 12 mingdan ortig‘ini esa dissertatsiya avtoreferatlari tashkil qiladi.

Biroq, Qonun talablaridan kelib chiqib, milliy elektron ma’lumot bazasi orqali dissertatsiyalarni 15% qismi ochiq bo‘lib, dunyoning barcha davlatlarida jahon internet tarmog‘i orqali onlayn kirish, ko‘rish va o‘qish mumkin. To‘liq mantdagi (100 %) dissertatsiyalarni faqat O‘zbekiton Milliy kutubxonasi “Ilm zali”da hamda hududlarda tashkil etilgan virtual o‘quv zallarida himoyalangan tarzda onlayn o‘qish imkoniyati yaratilgan.

Taxlillarga ko‘ra, oxirgi 3 oy davomida (02.01.2025-yil - 31.03.2025-yil holatiga) milliy bazadan foydalanish darajasi qo‘yidagi ko‘rsatgichga ega bo‘ldi;

Milliy bazaga tashriflar 30 423 marotaba, ko‘rishlar 81 420 sahifani, o‘rtacha tashrif davomiyligi 4 daqiqa 44 soniyani tashkil etdi.

Ohirgi bir yil davomida, milliy bazadan foydalanish darajasi (virtual o‘quv zallari bilan birga, 2024-yil may oyidan 2025-yil 5 aprel holatiga) quyidagi ko‘rsatgichni ko‘rish mumkin:

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Ilm zalidan” dissertatsiyalarni 100 foiz shaklda - 3914 dona hujjat, 121500 sahifa o‘qilgan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot kutuxona markizidan dissertatsiyalarni 100 foiz shaklda - 2102 dona hujjat, 33069 sahifa o‘qilgan.

Xorazm viloyati Urdu universiteti axborot-resurs markazidan dissertatsiyalarni 100 foiz shaklda - 1037 dona hujjat, 65732 sahifa o‘qilgan;

Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi kutubxonasidan dissertatsiyalarni 100 foiz shaklda - 47 dona hujjat, 1035 sahifa o‘qilgan;

Ushbu milliy baza ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun qulay raqamli manba bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish va akademik izlanishlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Kutubxonada yaratilgan milliy elektron bazasidan biri dissertatsiyalar bazasining qulayliklari va afzalliklariga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Dissertatsiyalar bazasiga kirish uchun https://diss.natlib.uz/ manzilidan foydalangan holda kirish, turli fan sohalari bo‘yicha dissertatsiyalarni topish va o‘qish imkoniyati mavjud. Saytda qidiruv функцияsi orqali kerakli dissertatsiyalarni osonlik bilan topish imkoniyatiga ega. Albatta, bazadan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.

Oxirgi 1 yil tahliliga ko‘ra, dissertatsiyalar bazasidan qo‘yidagi yo‘nalishlarda himoya qilingan ilmiy ishlardan foydalanilgan:

Ta’lim yo‘nalishida – 22 745 ta manbadan;

Filologiya yo‘nalishida – 21 361 ta manbadan;

Psixologiya yo‘nalishida – 4826 ta manbadan;

Falsafa yo‘nalishida – 4358 ta manbadan;

Biologiya yo‘nalishida – 2213 ta manbadan;

Siyosatshunoslik yo‘nalishida – 2181 ta manbadan;

Muhandislik yo‘nalishida – 1816 ta manbadan;

Tibbiyot yo‘nalishida – 1676 ta manbadan;

 

San’at tarixi yo‘nalishida – 1487 ta manbadan;

Fizika-matematika yo‘nalishida – 1036 ta manbadan;

Kimyo yo‘nalishida – 1029 ta manbadan;

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida – 895 ta manbadan;

Arxitektura yo‘nalishida – 782 ta manbadan;

Geografiya yo‘nalishida – 710 ta manbadan;

Farmatsevtika yo‘nalishida – 520 ta manbadan;

Geologiya va mineralogiya yo‘nalishida – 493 ta manbadan;

Madaniyatshunoslik yo‘nalishida – 444 ta manbadan.

Taxlillarimizga ko‘ra, oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘laroq, kun sayin ilmiy ishlar elektron bazasidan foydalanish darajasi bir necha barobar oshganligini kuzatib borishimiz mumkin. Oxirgi bir yil ichida, eng ko‘p ko‘rilgan dissertatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

1. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida talab-qizlarning tadbirkorlik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusida himoya qilingan dissertatsiyasi 375 marotaba ko‘rilgan.

2. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning metodik tizimini boshqarish” mavzusida himoya qilingan dissertatsiyasi 314 marotaba ko‘rilgan.

3. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida himoya qilingan dissertatsiyasi 300 marotaba ko‘rilgan.

Kutubxonaning ilmiy ishlar elektron bazasidan foydalanishni keng joriy qilish, hududlarda sifat jihatdan yangi tizim orqali foydalanuvchilarga tezkor axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar e’tiboriga milliy elektron bazada jamlangan ilmiy dissertatsiyalar, fundamental va ilmiy-tadqiqot natijalari bo‘yicha chop etilgan nashrlarning elektron nusxasidan mualliflik huquqiga amal qilgan holda foydalanish uchun qulay shart-sharoit yaratish, tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari natijadorligini oshirishga ko‘maklashish, kutubxonalar faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.

Bazaning afzalliklari:

Keng qamrovli manbalar – turli fan sohalari bo‘yicha dissertatsiyalar va tadqiqot ishlarini o‘z ichiga oladi.

Ilg‘or qidiruv tizimi – qidiruv kirill va lotin alifbosida amalga oshiriladi. Ikki alifbo orqali amalga oshirilgan qidiruvlar bir xil natijalarni beradi. Qidiruv tizimi nomi, sarlavhasi, annotatsiyasi yoki shifr raqami yordamida qidiruvni amalga oshirish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, hujjat turi, kategoriyasi, akademik darajasi, tili va yili bo‘yicha saralash xususiyatlari mavjud.

Oson qidiruv imkoniyati – mavzular, mualliflar yoki fan tarmoqlari bo‘yicha tez va qulay izlash imkoniyati mavjud.

To‘liq natija ko‘rinishi – barcha zarur ma’lumotlar qidiruv sahifasida to‘liq shaklda taqdim etiladi. Bular sarlavha, muallif, qo‘shimcha ma’lumot, tashkilot, shifr, hujjat turi, sahifalar soni va saytga yuklangan vaqtni o‘z ichiga oladi.

Onlayn foydalanish – internet orqali istalgan vaqt va joydan ma’lumotlarga kirish imkoniyati.

Ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash – tadqiqotchilar va talabalar uchun ishonchli manba sifatida xizmat qiladi.

Yangilanib boruvchi ma’lumotlar – yangi dissertatsiyalar va tadqiqot ishlari muntazam ravishda to‘ldirib boriladi.

Statistika va nazorat – moderator va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Tarmoqni ma’muriylashtirish va server uskunalarini saqlash xizmati mutaxassislari saytdan foydalanish statistikasini nazorat qilish imkoniyatiga ega.

Qidiruv yo‘nalishlari – foydalanuvchi dissertatsiyaning yo‘nalish shifrlarini bilmasa, bosh sahifadan barcha kategoriyalardan tanlab olish imkoniyati mavjud.

Texnologik yangilanish – sayt Vue.js texnologiyasi yordamida ishlaydi. Vue.js single page application (yagona sahifali ilova) texnologiyasi saytning tezligini oshiradi, serverga yuklamani kamaytiradi va kelajakda yangi xususiyatlar qo‘shishni osonlashtiradi.

Ta’lim va fanni rivojlantirish – mahalliy olimlar va izlanuvchilar uchun muhim resurs hisoblanadi.

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, tizim kutubxonalari, Oliy ta’lim axborot-resurs markazalari hamda tashkilotlarda milliy bazalardan tashqari EBSCO, ProQuest, PressReader, Eastview, Znanium hamda EIFL (Electronic Information for Libraries) xalqaro konsorsiumining xorijiy ilmiy - ta’limiy bazalariga ulangan va kitobxonlar uchun foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Statistik taxlilga ko‘ra, 2023-yilda jami 50 ga yaqin tashkilot va muassasa xorijiy ilmiy-ta’limiy bazalarga ulangan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatgich 130 ga yaqinlashgan. 2025-yilga kelib shartnomalar uzaytirilgan.

Qolaversa, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Rossiya Davlat kutubxonasi o‘rtasida 2 tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2007-yidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Ilm o‘quv zali”da Rossiya Davlat kutubxonasining virtual o‘qish zali ishga tushirilgan. Virtual o‘qish zalida foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish hamda dissertatsiyalar bazasidan Rossiya va MDH mamlakatlarida himoya qilingan bir milliondan ortiq to‘liq mantli avtoreferat va dissertatsiyalardan ko‘rish va o‘qish imkoniyati yaratilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, foydalanuvchilarni axborot olishga bo‘lgan talablari ortib borishini inobatga olib, axborot olishdagi to‘siqlarni bartaraf etish, axborot-resurslarini shakllantirish va milliy elektron bazalarni yanada boyitish ishlari davom etmoqda.

Muammolar:

Kitob narxlarining yuqoriligi – bosma kitoblar narxining oshib borishi.

Kitobxonlik madaniyatining pasayishi – internet va ijtimoiy tarmoqlar kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kamaytirmoqda.

Mualliflik huquqlarining himoyasizligi – elektron kitoblar plagiati va noqonuniy tarqatilishi.

Kutubxonalarning texnik jabhadan ortda qolishi – ko‘plab kutubxonalar hali raqamlashtirilmagan.

Yechimlar:

Davlat tomonidan kitoblarga subsidiyalar berish.

Kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun ta’lim muassasalarida turli loyihalarni joriy etish.

Elektron kitoblarni qonuniy muhofaza qilish mexanizmlarini kuchaytirish.

Kutubxonalarni raqamlashtirish va internet orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Xulosa

Kitoblar va kutubxonalar jamiyatning intellektual rivoji uchun muhimdir. Zamonaviy texnologiyalar kitob va axborot resurslarini yanada ommalashtirishga yordam bermoqda. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan taqdim etilayotgan elektron resurslar zamonaviy kutubxona xizmatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ular ilmiy va akademik faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga katta qulaylik yaratib, ularning ish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shunday ekan, elektron kutubxona xizmatlarini yanada rivojlantirish va foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Davlat tomonidan kitobxonlik madaniyatiga e’tibor qaratish, kutubxonalarni raqamlashtirish va elektron kitoblarni targ‘ib qilish bu sohaning rivojiga hissa qo‘shadi.

 

Adabiyotlar ro‘yxati:

O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprelda “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi 280-sonli Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 4354-son qarori.

Axmedov R. “Kitobxonlik madaniyati va uning jamiyatdagi o‘rni”. Toshkent, 2021.

Karimov Sh. “Raqamli kutubxonalar va axborot texnologiyalari”. Toshkent, 2020.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy elektron bazalari.

 

 

 

 

https://www.natlib.uz/

 

http://press.natlib.uz/

 

 http://nodir.natlib.uz/

 

 http://qr.natlib.uz/

 

 https://media.natlib.uz/

 

 https://einfolib.uz/

 

 diss.natlib.uz