Mazkur maqolada O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish  xizmatining tashkil topish tarixi, xizmat faoliyati keng yoritildi. Xizmat tomonidan respublikamizda bibliografik faoliyatni taraqqiy etishida amalga oshirilgan muhim va ilmiy tarixiy meros bo‘lib kelayotgan ishlar va bibliografik manbalarning yaratilish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston bibliografiyasini rivojlanishida hissa qo‘shgan va xizmatda faoliyat yuritgan yirik bibliograflar qoldirgan ilmiy meros xususida to‘xtalib o‘tildi.

 Kalit soʻzlar: adabiyotlarni tizimlashtirish, Turk respublika, Burov, Betger, shaharsozlig, bibliografik ko‘rsatgichlar

 

This article provides a comprehensive overview of the history of the formation of the National Bibliographic Database Service of the National Library of Uzbekistan, its activities. Information is provided on the important and scientific historical heritage of the work carried out by the Service in the development of bibliographic activity in our republic, as well as on the creation of bibliographic sources. At the same time, the scientific heritage left by the great bibliographers who contributed to the development of bibliography in Uzbekistan and worked in the Service was touched upon.

Keywords: systematization of literature, Turkic Republic, Burov, Betger, urbanism, bibliographic indexes

 

Tarixni, ma’naviyat va ma’rifiy bilimlarni o‘rganishda kutubxonalarning o‘rni muhim ahmiyatga ega. Kutubxonalar jamiyatda axoliga xizmat ko‘rsatib axborot bilan ta’minlash, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy mafkuraviy, ma’naviy siyosatni keng xalk, orasida ommalashtirish, ular ongiga singdirishda asosiy vositachi hisoblanadi. Ana shunday yirik kutubxonalardan biri mamlakatimizning bebaho xazinasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 155 yil davomida milliy va jahon madaniyatini o‘rganish, fan va ta’limni rivojlantirish manfaatlari yo‘lida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi, umumdavlat universal fondga ega bo‘lib, axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.

1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida 2200 tomdan (1200 nomdagi) adabiyotlar bilan tashkil etilgan kichkina kutubxona, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20 fevraldagi № 3029 raqamli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni 2002-yil 12-apreldagi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi №123 Qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (2002- yil 12- aprelgacha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi) “Milliy” maqomini oldi. Bugungi kunga kelib nafaqat O‘zbekistonda balkim O‘rta Osiyoda o‘zining unversal va noyob fondi hamda kutubxonachilik sohasida xalqaro e’tirof etilgan yirik ilmiy va axborot markazlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Milliy kutubxona tuzilmasida hozirgi kunda 21 ta xizmat va Umumiy milliy elektron kutubxona markazi faoliyat yuritib kelmoqda.

Kutubxonachilik sohasida asosiy muhim bo‘lgan bibliografiya ishi kutubxona tashkil topgan ilk kunlaridan boshlab olib borilgan. Kutubxonada mavjud adabiyotlarni tizimlashtirish va kitobxonlar orasida targ‘ib qilish vazifalari muhim jarayon hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-son qarori bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining yangi tuzilmasi qabul qilindi. Milliy bibliografiya bo‘limi nomi Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati deb o‘zgartirildi.

 1921-yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida umumiy, sharqshunoslik, davriy nashrlar, kataloglar, kitoblarni berish, bolalar hamda bibliografiya bo‘limlaridan iborat 7 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsata boshladi[5]. Kutubxonaning bibliografiya bo‘limi 1921-yilning avgustidan dekabr oyigacha faoliyat ko‘rsatdi, so‘ngra uning vazifalaridan bir qismi umumiy bo‘limga (rahbar N.A.Burov), bir qismi kitoblarni berish bo‘limiga (rahbar M.A.Sikstel) o‘tkazildi[1]. Shu yillarda kutubxonaning ilmiy-bibliografik faoliyatiga ham katta e’tibor qaratildi. 1921-yilda kutubxona kengashi tomonidan E.N.Voeykovning “Rus Turkiston” kitobining fransuz tilidan rus tiliga tarjima qilinishi, V.V.Bartold tomonidan musulmon matbuotining tizimga keltirilishi, professor A.A.Semyonov bilan hamkorlikda musulmon matbuoti va qo‘lyozmalarining bibliografiyasini tuzilishi alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tilgan Biroq, shtatlar qisqarishi munosabati bilan mazkur bo‘lim o‘z ishini to‘liq bajara olmadi, uning vazifalari umumiy bo‘lim, sharqshunoslik, kitob saqlash bo‘limlariga taqsimlab berildi.

Ma’lum vaqtdan keyin Ma’lumot-bibliografiya ishi yana takomillashdi. 1923-yil 17 -dekabrdagi Turk respublika Maorif Xalq komissarligi Hay’ati tomonidan “Turkiston Davlat kutubxonasi qoshidagi ma’lumot-bibliografiya byurosi haqida qoida”ning tasdiqlanishi, ma’lumot-bibliografiya byurosining (1924-yil yanvarda Ma’lumot bibliografiya bo‘limi tashkil etildi.) ishga tushishi alohida ahamiyat kasb etdi. Byuro Turkiston o‘lkasi, umuman Sharq masalalariga tegishli bo‘lgan ko‘plab adabiyotlarning bibliografik ko‘rsatkichlarini nashr etdi.

 Bibliografiya ishini yanada takomillashtirish maqsadida Turkiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi va Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi  Xalq Komissarlari Soveti (TASSR XKS)ning maxsus qaroriga ko‘ra, Turk respublika XKS qoshida maxsus bibliografiya Hay’ati tuzildi. Hay’at raisligiga Ye. K. Betger saylandi va uning tarkibiga A.A.Semyonov, A.A.Garriskiy, Ye. Faktorovichlar kiritildi. Hay’at 1925-yil 4-aprelda tugatilgan bo‘lsada, shu davrgacha bo‘lgan ilmiy ishlar to‘plamini uch marta nashr etdi va O‘zbekistonda bibliografiya ishining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

1937-yil 17-mayda tashkil etilgan Kutubxonashunoslik va bibliografiya kabineti Davlat kutubxonasi huzuridagi metodik markazga aylandi uzoq yillar davomida biliografiya yo‘nalishida juda katta ishlar amalga oshirildi[1].

1960-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat kutubxonasi Bibliografiya sohasi bo‘yicha tadqiqot ishlarini avj oldirib yubordi. Jumladan, shu yili rus va o‘zbek tillarida “O‘zbekiston haqidagi yangi adabiyotlar” nomda bibliografik byulleten nashr etish boshlandi. Shuningdek, respublikaning markaziy sohaviy kutubxonalari tomonidan “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash ishi” 1917-1925 yillar (1961), “O‘zbekistonning o‘simliklar va hayvonot dunyosi” (1917-1952 yillar), (1970), “O‘rta Osiyoda yer silkinishi” (1967), “Amudaryo pastliklari” (1961) va boshqa ko‘rsatgichlar tayyorlandi. 1953-1962 yilgacha bo‘lim tomonidan ikki tilda “O‘zbekiston” yilnomasi nashr etilgan. 1968 yildan boshlab milliy bibliografiya bo‘limi O‘zbekiston SSR Davlat Kitob palatasi bilan birga rus tilida “O‘zbekiston SSR matbuoti solnomasi” ko‘rsatkichini chiqara boshlagan. Buni tayyorlash uchun bibliograflarimiz bir yil davomida o‘rta hisobda 35 000 butunittiffoq miqyosidagi vaqtli matbuotni ko‘rib chiqib O‘zbekistonga taalluqli materiallarni yig‘ib O‘zbekiston kitob palatasiga taqdim etganlar. 1981-yildan boshlab bu ko‘rsatkich “O‘zbekiston SSR va chet el sotsialistik mamlakatlari matbuotida” nomi bilan chiqarila boshlagan.

Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan “O‘zbekiston tarixi (1968-1970) nomli asosiy ko‘rsatgichning ikki qismi”, “O‘zbek adabiyoti” (1940-1968) bibliografik qo‘llanmasi, 1966 yilda “Alisher Navoiy” bibliografik ko‘rsatgichi singari qo‘llanmalar tayyorlandi. Kutubxonaning 100 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat kutubxonasining nashrlari” (1870-1970), “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat kutubxonasi matbuot sahifalarida” (1870-1969) ko‘rsatgichi tuzildi va “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat kutubxonasining tarixi” (1870-1976) monografiyasi yaratildi.

Ushbu bibliografik ko‘rsatgichlar, qo‘llanmalarni tuzishda H. M. Kyltiosova, C.U. Kayzer, E. P. Kydimova, Ye.G. Belinskaya, M.Ya. Nosirova, Ye.D Svidinalarning xizmatlari katta bo‘lib, Ye.D Svidina nafaqt tuzuvchi, balki barcha ishlarga muharrirlik ham qildi. Shu bilan birga “G‘ofur G‘ulom” (1973), “Hamza Hakimzoda Niyoziy (1975)” kabi bibliografik ko‘rsatgichlarni ham tuzib, nashr ettirdi.

Ye. V. Svidina bu bibliografik ko‘rsatgichlarda qabul qilingan metodik usullardan foydalanish bilan birga, bir qancha metodik yechimlarni ham mustaqil qo‘llagan. Ye. V. Svidina O‘zbekistonda o‘lkashunoslik bibliografiyasining ahvoli va O‘zbekiston SSR Davlat kutubxonasi bibliografiya faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha maqolalar muallifi hamdir. Ushbu maqolalar 1917 - 1924 yillarda kutubxonada ishlagan mahalliy o‘lkashunos bibliograflar hamda Turkiston ASSR ga oid qiziqarli ma’lumotlor keltirilgan. Ye.D. Svidina o‘zining butun hayotini O‘zbekiston bibliografiyashunoslik nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga, Alisher Navoiy nomidagi O‘zSSR Davlat kutubxonasida ilmiy - tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yishga bag‘ishladi. U Zezenkova L. bilan birgalikda “(Узбекистаника)” kartotekasining asoschilaridan biri hisoblanadi[3] hozirda ushbu kartoteka mamlakatimizdagi eng yirik kartotekalaridan biridir.

 1965-yil 25-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston SSR Davlat kutubxonasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Ma’lumot bibliografiya va ommaviy ishlar bo‘limi negizida Milliy bibliografiya, Ma’lumot bibliografiya va Axborot ommaviy ishlar bo‘limlari tashkil etilgan[1]. 1966-yilda hukumat qarori bilan umumdavlat ilmiy-texnik axborot tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat kutubxonasiga madaniyat va san’at bo‘yicha axborot markazi vazifasi yuklandi. Kutubxonaning olimlar va xalq xo‘jaligi mutaxassislariga, madaniyat va san’at xodimlariga axborot – bibliografiya xizmati ko‘rsatish sohasidagi faoliyati sezilarli darajada kengaydi. Kutubxona rotaprintida bir yilda 10 –13 nomda tavsiya bibliografiyalar nashr etilib, respublikamizdagi viloyat kugubxonalariga metodik yordam tariqasida jo‘natilgan. Hozirgi kunda ham kutubxonada bibliografik ishlardan tashqari, bibliografiya xizmati respublika axborot kutubxona muassasalri uchun bibliografiya yo‘nalishida metodik markaz sifatida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Milliy bibliografiya bo‘limida 65 yil davomida 40 dan ortiq O‘zbekiston bibliografiyasini rivojlanishiga hissa qo‘shgan yirik bibliograflar V.I.Mejov, A. A. Semyonov, N.A. Burov, K. Betger, O.V. Maslova, M.P. Avsharova, N.V. Dmitrovskiy, S. I. Keyzer, L.K. Davidov, M. Nosirova, Ye.D. Svidina, L.Ya. Zezenkova,A. Turopova, M.N. Latipova, A.E. Dalimov, F. Ubaydullaev,  H. Rasulova O.G. Qosimova, V. Saidahmedova, Ye.G Belenkaya, O.V. Kolpovskaya, A.X. Turopova, S.A. Teplova, R. Fayzullaev, X.Mamatraimova, M. Ismoilova va boshqalar faoliyatni tilga olish mumkin.

Milliy bibliografiya bo‘limida ishlagan taniqli bibliograflardan biri Yevgeniy Karlovich Betger. U respublikada kutubxonachilik-bibliografiya ishining yirik tashkilotchisi va ko‘plab bibliografik qo‘llanmalarni tuzgan bibliografdir. Ye. K. Betger 1927-yil “Туркестанские ведомости” gazetasining mazmuniga “Роспись статьям и заметкам в газете Туркестанские ведомости за время её существования” (с 28 апреля 1870 г. по 15 декабря 1917 г.) hamda ikkita tarmoq qo‘llanmalari “Указатель статей и заметок по археологии и история Средней Азии, помещенных в газете Туркестанские ведомости за время её существования” va “Указатель статей и заметок по географии, метрологии сейсмология и гидрологии Туркестана, помещенных в газете “Туркестанские ведомости”ni tuzgan. Ye.K. Betger 1947 -yilda Ye.D. Svidina bilan birgalikda V. I. Mejovning “Osiyo bibliografiyasi” (rus tilida) ko‘rsatkichiga yordamchi “Ismlar, shaxs va georafik nomlar ko‘rsatkichi”ni tuzgan.

Ye.D.Svidina va M. P. Avsharova rus tilida “Узбекская литература” (1959) ko‘rsatkichini  tuzadi. Ye. D. Svidina yana uchta eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “Alisher Navoiy” (1968), “G‘afur G‘ulom” (1973) kabi bibliografik ilmiy ishlarni tuzgan.  Ye. D. Svidina bo‘limning bosh bibliografi L.Ya. Zezenkova bilan hamkorlikda “O‘zbekiston” kartotekasining asoschilaridan biri bo‘lgan. O‘zbek tilida 1940-58 yillar adabiyotini o‘z ichiga olgan “O‘zbek adabiyoti” ilmiy-yordamchi bibliografik ko‘rsatkichining birinchi bo‘limi nashr etilgan. Ikkinchi bo‘limi 1959 –1970 yillarni qamrab olgan.

1963-yildan muntazam ravishda o‘zbek hamda rus tillarida respublikamiz siyosiy, madaniy va iqtisodiy hayoti, yirik sanalari, voqealar, yubiley sanalarini yoritib beruvchi “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalari” yillik taqvimi tayyorlanib kelingan. Keyingi yillarda taqvimning elektron ko‘rinishi kutubxona veb-sayti (www.natlib.uz)ga joylashtirib borilmoqda.

1982-yilda ma’lumot-axborot bo‘limi tashkil etilishi bilan Milliy bibliografiya bo‘limi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston o‘lkalarining o‘lkashunoslik bibliografiya ishi bilan shug‘ullana boshladi. 1983-yilda bo‘lim xodimlari tomonidan tayyorlangan “Toshkent” adabiyotlar ko‘rsatkichi hozirgi kunga qadar kitobxonlar tomonidan foydalaniladi. Ko‘rsatkichda Toshkent shahrining 2000 yillik tarixini aks ettiruvchi adabiyotlarning asosiy ro‘yxati berilgan bo‘lib, tarixchilar, o‘lkashunoslar va keng kitobxonlar uchun bebaho manba hisoblanadi.

Kutubxonada milliy va davlat bibliografiyasiga oid faoliyati ikki yo‘nalishda: ham an’anaviy yo‘nalishdagi kitob va risolalar holida, ham elektron shaklda olib borildi.

Bo‘limda kutubxona fondini targ‘ib etuvchi quydagi kartotekalar mavjud bo‘lib, birinchisi O‘rta Osiyoda 1917- yildan 1957- yilgacha nashr etilgan adabiyotlarni aks ettiruvchi boy “O‘rta Osiyo kitob jurnal gazeta” kartotekasi.

Ikkinchisi 1957- yildan 1991- yilgacha “O‘zbekiston” kartotekasi mavjud bo‘lib, u o‘zbek va rus tillarida respublikamiz haqidagi fanning barcha sohalari bo‘yicha jurnal va gazetalar sahifalarida chiqqan materiallar yig‘ilgan.

Uchinchisi “O‘zbekiston” kartotekasi 1991-yildan “Mustaqil O‘zbekiston” deb yuritila boshlangan hamda 2012-yilgacha yuritilgan. Bundan tashqari bo‘limda taqrizlar va badiiy asarlarning sarlovha kartotekasi ham yuritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20 martdagi “Alisher Navoiy momidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi-axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi PQ-1729-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4- apreldagi 98-sonli qarorlari asosida Kitob palatasi Milliy kutubxonaga qo‘shilgandan so‘ng, “O‘zbekiston matbuoti solnomasini tayyorlash hamda O‘zbekiston Reslublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish vazifalari milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmatiga biriktirildi. Xizmatning funksional vazifalari ko‘lami kengaydi va ular quyidagilardan iborat deb belgilandi:

Milliy kutubxonaga olingan milliy hujjatlarning davlat bibliografik hisobiga olib borish;

bibliografik axborot maibalarini (kundalik va retrospektiv ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbskiston Respublikasi matbuoti solnomasi, Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalar taqvimi biobibliografiyalar va h.k.) tuzish. Bibliografik qo‘llanmalar sifati va samaradorligini oshirish;

milliy kutubxonaga olingan hujjatlarning majburiy nusxasi asosida respublika xududida va xorijda nashr qilingan O‘zbekisgon Reslublikasi to‘g‘risidagi milliy hujjatlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

kitobning xalqaro standart tartib raqami (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqami (ISSN) berish;

Foydalanuvchilar, ilmiy va ishlab chiqarish jamoalarining bibliografik axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini tezkorlik bilan qondirish;

milliy madaniyat va adabiyotni bibliografiya vositasi bilan targ‘ib qilish;

o‘lkashunoslik masalalari, o‘lkashunoslik ma’lumot-bibliografik ishlari bo‘yicha bibliografik bilimlarni oshrishda axborot-kutubxona muassasalariga metodik yordam bsrish vazifalari shular jumlasidandir.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati Milliy kutubxonaga olingan hujjatlarning respublika hududida va xorijda nashr qilingan O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risidagi milliy hujjatlarning ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. U respublikada chop etilayotgan gazeta va jurnallardan o‘lkashunoslikka oid fan sohalari bo‘yicha ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqolalarni tanlab, analitik tavsifini elektron ma’lumotlar bazasida shakllantiradi. Shuningdek, Milliy kutubxona fondiga kelib tushgan Rossiya Federatsiyasining jurnallaridan O‘zbekistonga oid maqolalar ham muntazam o‘rganib boriladi

2012-yildan an’anaviy kartotekani to‘ldirish ishlari to‘xtatildi. Xizmat xodimlari yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda, o‘zbek, rus tillarida vaqtli matbuot sahifalaridan tanlab olingan maqolalar bilan AIBS (avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi) dasturi ma’lumotlar bazasi to‘ldirib boriladi va ushbu ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar O‘zbekiston Respublikasiga oid ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hozirgi kunda Milliy kutubxonaning barcha xizmatlari Uznel.natlib. dasturida ish olib bormoqda.

Xizmat tomonidan mustaqillik yillarida o‘lkashunoslik, sohaviy retrospektiv bibliografik ko‘rsatkichlari hamda to‘liq matnli bibliografik disklar muntazam tayyorlanib kelinmoqda. Jumladan, an’anaviy tarzdagi bibliografik ko‘rsatkichlar sifatida Samarqand shaxrining 2750 yilligiga bag‘ishlab o‘zbek va rus tillarida chiqarilgan ”Ro‘yi zamin sayqali” (2007 yil), “Turkiston viloyatining gazetasi” ga tuzilgan bibliografik ko‘rcatgich (1870-1916 yy) (2008 ) yil Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan “Toshkent 2200 yoshda”, rus tilida “Ташкент” (к 2200 летию) bibliografik ko‘rsatgichlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Bundan tashqari turli yillardagi muhim va unutilmas sanalarga bag‘ishlab tavsiya-bibliografik ko‘rsatgichlari ham muntazam nashr etib kelindi. O‘lkashunoslik bibliografiyasi sohasidagi o‘ziga xos yo‘nalish, bu elektron bibliografiya va elektron enциклopediyalar yaratishdir. Ular zamonaviy bo‘lish bilan bir qatorda foydalanish uchun qulayligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turadi.

 “Qarshi” (2006 yil), shahari yubileyi munosabati bilan yaratigan elektron enциклopediyalar shular jumlasidandir. Qarshining 2700 yilligiga bag‘ishlangan elektron enциклopediyaga (ma’lumotlar bazasi) shaharning o‘tmishi, buguni va kuni aks ettirilgan. Undan O‘zbekiston milliy kutubxonasi fondida mavjud mazkur shaharga oid barcha adabiyotlar va davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalarning raqamli ko‘rinishi o‘rin olgan.

 “Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida” (o‘zbek va rus tillarida), “Oila – davlat tayanchi” adabiyotlar ro‘yxati, “Turkiston viloyatining gazeti”ga alifbo sohalar bo‘yicha tuzilgan bibliografik ko‘rsatkichi (1870 –1916 yy.), “Ro‘yi zamin sayqali” o‘zbek va rus tillarida retrospektiv ko‘rsatkich, “Homiylik – azaliy qadriyat”, “Insonparvarlik va bag‘rikenglik millatimiz fazilati” mavzusida o‘zbek va rus tillarida, “Qishloq – obodlik, to‘kinlik va farovonlik manbai”, “Maqsud Shayxzoda” kabi bibliografik ko‘rsatkichlar va «Buyuk kelajak bunyodkorlari» mavzuida metodik-bibliografik qo‘llanma nashr qilindi. 2010-yili O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashkil qilinganligining 140 yilligiga “Ma’naviyatning o‘lmas bo‘stoni” mavzuida o‘zbek va rus tillarida bibliografik ko‘rsatkich tayyorlangan. Tayyorlangan bibliografiyalar Milliy kutubxoning veb-portaliga joylashtirilib boriladi. Qo‘llanmalar (CD) diskka ko‘chirilib Milliy kutubxona fondiga ham olingan.

Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish xizmati mutaxassislari tomonidan davlat arboblari, tarixiy shaxslar, turli soha vakillariga bag‘ishlangan biobibliografiya (shaxs bibliografiyasi) bibliografik ro‘yxat va ko‘rsatkichlar tayyorlash hozirgi kunda ham dolzarb sanaladi. Jumladan, keyingi yillarda tayyorlangan buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga, Akademiklar E. V. Rtveladze (1942), Yunus Rajabiy (1897-1976), T. N. Qori-Niyoziy (1897-1970), S. Sh. Rashidova (tavalludining 75 yilligi munosabati bilan), A. Saidovlarga (tavalludining 60 yilligi munosabati bilan) bag‘ishlab tayyorlangan bibliografiyalardir. 2013-2019 yillarda 40 dan ziyod ko‘rsatkichning to‘liq matnli elektron resurslari yaratildi.

 Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Ibrohim Rahim tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “El ardoqlagan adib”, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, qardosh xalqlardan buyuk qozoq shoiri va mutaffakiri Abay Qo‘nonboev, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan biobibliografik ko‘rsatgichlarning to‘liq matnli elektron resurslari tayyorlanib, kitobxonlarga taqdim etildi.

Xizmat tomonidan yaratilgan Usmon Nosir, Munavvarqori Abdurashidov, Botu, G‘ayratiy, Cho‘lpon, Tavallo, Oybek, Fitrat, Behbudiy, Avloniy, Qodiriy, Ibrat, Said Ahmad, Mirtemir kabi qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlab yaratilgan to‘liq matnli ro‘yxat tuzildi. Ushbu to‘liq matnli ro‘yxatda adiblarning yozgan asarlari, ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblari, gazeta va jurnal maqolalarini o‘z ichiga olgan.

An’anaviy shakllardan hisoblangan bibliografik qo‘llanmalarning bosma nashrlari fondini shakllantirish maqsadida bir qancha retrospektiv qo‘llanmalar tayyorlandi. 2019-yilda Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan “Mangulikka daxldor adib” ko‘rsatkichi adib tug‘ilgan kuniga munosib sovg‘a bo‘ldi. Shuningdek, 2019-yilda “Badiiy adabiyot o‘zbek tiliga tarjimada” bibliografik ko‘rsatkichida xorijiy badiiy adabiyotlarning o‘zbek tiliga tarjima nashrlari jamlangan. Ko‘rsatkich Milliy kutubxona fondidagi mavjud adabiyotlar asosida to‘plangan. (1990-2017 yillar 1220 ta adabiyotni o‘z ichiga olgan). U 1989-yilda chop etilgan (1921-1989 yillar 1755 ta adabiyotni o‘z ichiga olgan) «Badiiy adabiyot o‘zbek tiliga tarjimada» bibliografik ko‘rsatkichning davomi, ikkinchi qismi sifatida chop etildi. Ko‘rsatkichning birinchi qismida MDH adabiyotlari bilan cheklangan bo‘lsa, ikkinchi qismida MDH bilan bir qatorda Sharq, G‘arb va boshqa mamlakatlar adabiyotlari o‘rin olganligi bilan ahamiyatlidir. “Ikkinchi jahon urush yillarida O‘zbekiston” (1941-1945), “O‘zbekistonning transport tizimi va vositalari” (1887-2020), “O‘zbekistonda ishlab chiqarish sanoati” (1924-2021) 2 qismdan iborat, “O‘zbekiston shaharsozligi” (1902-2024 ) deb nomlangan o‘zbek va rus tillarida retrospektiv bibliografik ko‘rsatkichilari chop etildi. Umimiy hisobda mustaqillik yillarida xizmat tomonidan jami 100 yaqin bibliografik ko‘rsatkichilar va qoʻllanmalar tayyorlandi.

Xizmat xodimlarining bibliogafik bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada o‘sishini ta’minlash maqsadida doimiy xorijiy davlatlarga va respublikamiz viloyatlariga xizmat safari yushtirib kelinmokda. Jumladan, 2007-yil bo‘lim mudiri Fazila Ro‘ziyeva Koreya Respublikasida olti oy davomida malaka oshirib qaytdi. 2008-yil Rossiya davlatida bo‘lib, Rossiya Davlat kutubxonasi tomonidan har yili o‘tkazilib kelinayotgan “Rumyansev o‘qshlari — 2008” xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etidi Har yil xizmat xodimlari viloyatlarda bo‘lib AKM va ARMlar ish faoliyatlarida yaqindan yordam bermoqdalar.

 Xulosa qilib aytganda, Milliy bibliografiya ma’lumotlari bazasini shakllantirish  xizmati milliy mafkura g‘oyalarini keng kitobxonlar ommasiga yetkazishda kutubxonaning, ayniqsa, xizmat tomonidan olib borilgan ishlarning o‘rni beqiyosdir. Хizmat tashkil topgandan shu kunga qadar mamlakatimiz ilm fan taraqqiyoti yo‘lida barcha sohalar rivojiga keng kitobxonlar ommasiga ilmiy xodimlarga adabiyotlarni targ‘ib qilish va ma’lumotlar yetkazib berishda katta yutuqlarga erishdi. Istiqbolda xizmat yangicha yo‘nalishda jahon standartlari darajasida ishni tashkil etishni davom ettirgan holda, axborot texnologiyalaridan keng foydalanib an’anaviy xizmat turlarini rivojlantirish lozim. Respublikamizning barcha hududlaridagi kutubxonalarida bo‘lgan muammo bibliograf mutaxassislarning yetishmovchiligini bartaraf etib, ularni malakasini oshirish qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, Milliy kutubxona bibliograflarini xalqaro tajriba almashish uchun xorijiy malaka oshirish kurslarini tashkil etish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Государственная библиотека Узбекской ССР имени Алишера Наваи. (1870–1970). – Ташкент: Изд-во лит. и искусство им. Г. Гуляма, 1977.–198 с.

Маънавиятнинг ўлмас бўстони = Величайшая сокровишница духовности : библиографик кўрсатгич : (кутубхонанинг 140 йиллигига) / Алишер Навоий ном. Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, Миллий библиография бўлими ; тузувчилар Ф. Рўзиева, Н. Ахмедшина, Н. Алаутдинова ; муҳаррирлар Ж. Қўнишев, И. Маминова. – Тошкент : Алишер Навоий ном. Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2010. – 192 б.

Миллий библиография бўлими — библиография ўчоғи: библиографик курсаткич / Тузувчи Ф. Рузиева; Мухдррир Маматраимова; Алишер Навоий ном. Ўзбекистон Миллий к-наси, Миллий библиография бўлими. — Т.: /Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2009. - 32 б.

Охунжонов Э.О. Туркистонда ўрта аср кутубхоначилик ва библиография ишлари маданияти. – Тошкент, 1994. – 59 б.

Ўзбекистон Миллий архиви, Р-412-жамғарма, 1-рўйхат, 9-ҳужжат, 790-варақ.