Ma’ruzada arxivning ilmiy xodimlari tomonidan soʻnggi yillarda tayyorlangan me’yoriy-huquqiy va ilmiy-ommabop nashrlar xususida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, mazkur yoʻnalishda xorijiy mamlakatlarning davlat arxivlarida yaratilgan ilmiy nashrlar va sohaviy tajribalardan foydalanish ishlariga e’tibor qaratiladi. Oʻzbekiston tibbiyot sohasi va uning fidoyilari tarixiga oid ilmiy-ommabop nashrlar toʻgʻrisida hisobot beriladi

Kalit soʻzlar: arxiv, ITH, tibbiyot sohasi, ginekolog A.V.Shoroxova, hujjatlarning saqlash muddati, namunaviy roʻyxati, halqaro tajribalar, shaxsiy kelib chiqish fondi, tartibga keltirish, ilmiy salohiyatlar.

 

ON THE WORK ON THE PREPARATION OF SCIENTIFIC AND POPULAR PUBLICATIONS IN THE NATIONAL ARCHIVE OF SCIENTIFIC, TECHNICAL AND MEDICAL DOCUMENTS OF UZBEKISTAN

 

Mahkamov Alidzhan Vakhobovich, Director of the National Archive of Scientific, Technical and Medical Documents of Uzbekistan

 

The report provides information on the normative-legal and scientific and popular publications prepared by the scientific staff of the archive in recent years. Attention is also paid to the work on the use of scientific publications and industry experience created in the state archives of foreign countries in this area. A report is given on scientific and popular publications on the history of the medical field of Uzbekistan and its devotees.

Keywords: archive, ITH, medical field, gynecologist A.V. Shorokhova, document retention period, sample list, international experiences, personal origin fund, systematization, scientific potential.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi yillarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida zarur infratuzilmalar yaratildi, arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishda salmoqli ijobiy natijalarga erishildi. Ilmiy intellektual va texnologik salohiyat shakllantirilmoqda, Milliy arxiv fondi Oʻzbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan arxiv hujjatlar bilan boyitildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5834-son Farmoni bilan mavjud 3-ta markaziy davlat arxivlar negizida 3-ta Oʻzbekiston milliy arxivlarining tashkil topishi ularning halqaro miqyosdagi maqomini oshirilishiga xizmat qilishi bilan birga, ularning zimmasiga ulkan vazifalar ham koʻndalang qoʻyildi. Ayniqsa, arxiv ishi va ish yuritish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish; arxiv hujjatlarini elektron shakllarga oʻtkazish asosida keng miqyosda raqamlashtirish ishlari olib borish; Adliya vazirligining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tashkilotlarga va fuqarolarga ish yuritish va arxiv xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish; doimiy saqlovga olinadigan hujjatlar tarkibini optimizasiya qilish; arxiv ishi jarayonlarini toʻliq qamrab oluvchi va interaktiv qidiruv imkoniyatlari mavjud boʻlgan «Arxiv ishi» yagona axborot tizimi yaratish va ularni boyitib borish1, boshqa bir qator muhim vazifalarni bajarish bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyildi.

 Shu bilan bir qatorda, “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi toʻgʻrisida Nizom”da alohida band sifatida ish yuritish va arxiv ishini ilmiy yoʻnalishlarda yanada rivojlantirish, ilmiy-ommabop nashrlarni tayyorlash va chop etish, arxivning ilmiy salohiyatlarini shakllantirib borish va boshqa muhim vazifalar yuklatilgan2 boʻlib, arxivning yillik ilmiy-tadqiqotlar ishlari rejasi (4-DA shakl) asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Arxiv sohasida halqaro tajribalarni oʻrganish juda muhim vazifa boʻlib, xorijiy va MDH mamlakatlari arxivlar boshqaruvi va davlat arxivlari idoralari tomonidan tashkil etilayotgan halqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, nufuzli kengashlar va alohida arxiv delegasiyalarning tashriflari, maxsus oʻquv malaka oshirish kurslari, turli mamlakatlarda chop etilayotgan ilmiy jurnallar faoliyati va boshqa tadbirlar arxiv rahbarlari hamda ilmiy xodimlarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish uchun xizmat qilmoqda. Rossiya Federasiyasining Moskva shahridagi VNIIDAD va RGANTD davlat muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Direktor A.V.Maxkamov Rossiya Federasiyasining Butunrossiya xujjatshunoslik va arxiv ishi ilmiy tadqiqot instituti (VNIIDAD) direktori P.A.Kyung va Rossiya davlat ilmiy-texnika hujjatlari davlat arxivi (RGANTD) direktori M.A.Malyutina bilan uchrashuvi amalga oshirildi. Uchrashuvda institut tomonidan yaratilgan ish yuritish va arxiv ishlarini rivojlantirishga doir uslubiy qoʻllanmalarni yaratilishi, tinglovchilarni malaka oshirish ishlarini tashkil etilishi, Rossiya ilmiy-texnika hujjatlari davlat arxivi tashkiliy faoliyati, soʻrovnomalar bilan ishlash, ITH, loyiha konstruktorlik hujjatlari bilan ishlash qoidalari, arxiv hujjatlarini raqamli shakllarga oʻtkazish va boshqa oʻnlab mavzularda muhokamalar olib borildi va oʻzaro tajribalar almashtirildi.

Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi Ilmiy-texnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi bilan oʻzaro hamkorlik ishlari olib borilmoqda. QR ITH MDA tashkil etilganligini 50 yillik yubileyi ishtirok etildi, arxivning saqlovxonalarida yaratilgan shart-sharoitlar, fondlarning hisobi, ilmiy-ommabop nashrlarning salmogʻi va jamlash manbai boʻlgan tashkilotlar olib borilayotgan ishlar yuzasidan oʻzaro tajribalar almashtirildi.

Oʻzbekiston ITTH MA saqlovida tibbiyot sohasi tarixiga oid fondlar salmoqli boʻlib, nafaqat tibbiyot sohasi tashkilotlari va shu bilan bir qatorda shaxsiy kelib chiqish fondlari ham muhim ahamiyatga egadir. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi respublika tibbiyot tashkilotlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, vrachlar malaka oshirish instituti, kasalliklar boʻyicha ilmiy-tadqiqot muassasalari, farmasevtika va boshqa yoʻnalishlarni oʻzlarida jamlagan arxiv fondlari tibbiyot sohasini yuz yillik tarixiga guvohlik bermoqda. Arxiv tomonidan Oʻzbekiston SSR xizmat koʻrsatgan shifokor, Oʻzbekiston SSR fan arbobi, bir qator davlat va idoraviy mukofotlar sohibi, birinchi ginekolog shifokor olima Antonina Vasilevna Shoroxova (1881-1979 yy.) shaxsiy fondi asosida ilmiy-ommabop kitob ustida ishlash oʻz nihoyasiga etkazildi.

Kitob arxiv saqloviga qabul qilingan shifokor A.A.Shoroxovaning biografiya va mehnat faoliyatini yorituvchi shaxsiy fondi hujjatlari asosida yozildi. Mazkur kitobning yozilishi davrida arxivdan tashqari koʻplab tashkilotlarga murojaat etildi, yangi manbalar aniqlandi va koʻplab yangi ma’lumotlar bilan boyitildi.

 Arxiv tomonidan koʻp yillik mehnatlar natijasida “Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarida shakllanadigan ilmiy-texnika va ishlab chiqarish faoliyatlariga oid arxiv hujjatlarining saqlash muddatlari koʻrsatilgan namunaviy Roʻyxati” tuzib chiqildi. Mazkur roʻyxatga eng avvalo roʻyxatdan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar, hujjatlarni koʻrinishlari koʻrsatkichi va mundarija kiritildi. Roʻyxat 12 boʻlim va 1065 sarlavha moddalardan iborat. Roʻyxat tuziliga koʻra 8 ustundan iborat boʻlib, 1 ustun – sarlavhalarning tartib raqamlari joylashtirildi, 2 ustun – hujjatlarning koʻrinishi, 3 – 7 ustunlar hujjatlarning saqlash muddatlari koʻrsatildi va soʻnggi 8 ustun izohlar kiritildi. Saqlash muddatlari koʻrsatilgan 3-7 ustunlar tashkilotlarning hujjatlarni yaratilishi va unga nisbatan aloqadorligi e’tiborga olindi, jumladan uchinchi ustun – hujjatga buyurtma beruvchi, toʻrtinchi ustun – hujjatga mualifflik qiluvchi tashkilot, beshinchi ustun – hujjatlarni kelishuvchi hamda ekspertiza qiluvchi tashkilotlar, oltinchi ustun – hujjatlarni tasdiqlovchi tashkilotlar, ettinchi ustun – hujjatlarni joriy etuvchi, qayd etuvch hamda hisobini yurituvchi tashkilotlar saqlash muddatlari oʻrnatildi. Namunaviy roʻyxatni yaratishda horijiy va MDH mamlakatlari (asosan Rossiya Federasiyasi, Qozogʻiston Respublikasi) davlat arxivi boshqaruvi idoralarining tajribalaridan keng foydalanildi3.

Arxiv mutaxassislari S.Shamsieva va U.Iskandarova tomonidan “Oʻz- bekiston Respublikasi Ilmiy – texnikaviy yoʻnalishda faoliyat yurituvchi tashkilotlar hujjatlarini tartibga solish va davlat arxivlariga qabul qilish boʻyicha uslubiy Qoʻllanma” loyihasi yaratildi. Qoʻllanmaning sohada amal qiluvchi me’yoriy va uslubiy hujjatlardan asosiy farqi, shundan iboratki, ularda qogʻozda shakllanuvchi ilmiy-tadqiqot, kapital qurilish boʻyicha loyihaviy, konstruktorlik va texnologik hujjatlarni, ya’ni tartibga solinmagan holda, ITH arxiv va tashkilotlarning idoraviy arxivlarida vaqtincha saqlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi hududlaridagi davlat arxivlarining jamlash manbalari – ITH katta qismini tashkil etuvchi ITH asosiy turini doimiy saqlashga topshirishga tayyorlash va tartibga solish boʻyicha texnologik usullar bir xil shaklga keltirilgan holda aniqlashtirib berildi.

Koʻpgina ilmiy texnik hujjatlarni yaratish, rasmiylashtirish, saqlash va foydalanish jarayoni turli davrlarda halqaro, davlat, milliy va sohaviy standartlar, qoʻllanma hujjatlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan edi. Hozir kunda, Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida” Qonuni (27.02.2023 yildagi OʻRQ-819-son) bilan ITHlarni tartibga solishda ilmiy – tadqiqot, loyiha va boshqa ishlar oʻtkazish vaqtida amal qiluvchi va loyiha (mahsulot) tayyorlashda koʻp bosqichli jarayonlarni aks ettiruvchi, turli bosqich, davr, qismlarga tegishli boʻlgan hujjatlarning koʻrinishlari reglamentlari asosida ishlar olib borilmoqda.

Arxivning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga binoan me’yoriy hujjatlarni (nizomlar, yoʻriqnomalar, qoidalar, tartiblar) ishlab chiqish va tasdiqlash ishlarini tashkil etish, ilmiy-ommabop nashrlarni tayyorlash va “Oʻzarxiv” agentligining Ilmiy kengashiga taqdim etish, ish yuritish va arxiv ishini ilmiy yoʻnalishlarda rivojlantirish hamda ilmiy salohiyatni barqaror mustahkamligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari Toʻplami. Toshkent shahri, 2019 y.

2. Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi toʻgʻrisida Nizomi, Toshkent shahri, 2024 yil, 3 varaq.

3. VNIIDAD. “Perechen tipovix arxivnix dokumentov, obrazuyushixsya v nauchno-texnicheskoy i proizvodstvennoy deyatelnosti organizasiy, s ukazaniem srokov xraneniya”, M.2024. 320 str.