Bugungi kunda hayotimizda yangi texnologiyalar har bir jabhada qo‘llanilib kelmoqda. Jumladan, ommaviy kutubxonalarda turli xil yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali kitobxonlarni jalb qilish, yangi xizmatlarni joriy qilishga e’tibor qartmoqdalar. Shu sababli, ommaviy kutubxonalar veb-saytlari orqali foydalanuvchilarga ma’lumotlarni yetkazish veb-saytdan foydalanish davomiyligi, tashriflar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish, foydalanuvchilar tashriflarining maqsadlarini aniqlash hamda ularning tashriflarini baholash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ushbu tadqiqotning maqsadi kutubxona sohasida faoliyat olib borayotgan ommaviy kutubxonalar veb-saytlarini tahlil qilish hamda foydalanuvchilarga tezkor masofadan sifatli hizmat ko‘rsatish tizimini samaradorligni oshirishdan iborat.
Maqolada ommaviy kutubxonlar veb-saytlarining vebometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash tizimini baholash mezonlari, veb-saytlarni ko‘p mezonli baholashning keng qamrovli ekspert baholash usul taklif etilgan. Jumladan, kutubxona veb-saytlarni ko‘p mezonli baholashning tavsiya etilgan usullarini bir xil toifaga kiruvchi veb-saytlar misolida maxsus ekspertlar tomonidan sinovdan o‘tkazildi. Bu usulning mohiyati shundaki, bu usul yordamida biz veb-saytni nafaqat an’anaviy tarzda baholashimiz, balki quyidagi foydali natijalarni ham olishimiz mumkin: veb-saytlarni to‘liq baholash, veb-saytlarni ma’lum mezonlar bo‘yicha baholash, veb-saytlar saytlarini reytingini taqqoslash imkonini beradi.
Umuman olganda, ommaviy kutubxona veb-saytlarini baholash nafaqat kutubxonalar ommabopligini aniqlash, balki to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilish, shuningdek, kitobxonlarning talab va qiziqishlarini aniqlash uchun ham zarurdir.
Kalit so‘zlar: baholash, mezonlar, ommaviy kutubxonlar, vebometrika, veb-sayt.
DETERMINING WEBOMETRIC INDICATORS AND EVALUATION CRITERIA IN PUBLIC LIBRARIES
Talipova Diyora Sabirjanovna, doctoral student of the Department of “Information Library Systems” of the Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi
Nowadays, new technologies are being used in every aspect of our lives. In particular, public libraries are focusing on attracting readers and introducing new services through the use of various new technologies. Therefore, providing information to users through public library websites, studying data on the duration of website use, the number of visits, determining the purposes of users’ visits, and evaluating their visits are among the pressing issues of today.
The purpose of this research is to analyze the websites of public libraries operating in the library sector, and to improve the efficiency of the system to provide quick and quality remote services to users.
The article proposes a system for determining webometric indicators of public library websites, criteria for evaluating the system, comprehensive expert evaluation method for multi-criteria evaluation of websites. In particular, the proposed methods for multi-criteria evaluation of library websites were tested by special experts on the example of websites belonging to the same category. The essence of this method is that using this method, we can not only evaluate a website in a traditional way, but also obtain the following useful results: a complete evaluation of websites, an evaluation of websites according to certain criteria, and a comparison of website ratings.
In general, evaluating public library websites is necessary not only to determine the popularity of libraries, but also to make sound management decisions, as well as to identify the needs and interests of readers.
Keywods: assessment, criteria, public libraries, webometrics, websites.
Bugungi kunda ijtimoiy kommunikatsiyalarning murakkablashuvi, raqamli kontent va elektron kutubxonalar faoliyati tufayli vujudga kelgan raqobat sharoitida aholining keng qatlamiga xizmat ko‘rsatadigan ommaviy kutubxonalar va ularning faoliyati, axborot makonidagi istiqbolini yoritib beradigan veb-saytlar katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, kutubxona veb-saytlari orqali foydalanuvchi uchun zarur bo‘lgan resurslarning elektron xujjatlarni masofaga yetkazib berish xizmati orqali ham amalga oshirilishi ommalashdi. Aholiga kutubxona veb-saytlari ma’lumotlaridan masofadan turib sifatli xizmatni amalga oshirish, foydalanuvchilar oqimini kuzatish hamda veb-saytlarda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilishda vebometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega [1]. Kutubxona veb-saytlarining vebometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash tizimining yaratilishi foydalanuvchilarning veb-saytdan foydalanish davomiyligi, tashriflar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish, foydalanuvchilar tashriflarining maqsadlarini aniqlashga va yangi tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi [2].
Mazkur tadqiqotda ommaviy kutubxona veb-saytlarini vebometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda baholashning bir qancha mezonlari keltirib o‘tiladi. Shu bilan birga, kutubxona sohasida faoliyat olib borayotgan ommaviy kutubxonalar veb-saytlarini tahlil qilish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish orqali, mutaxassislar ish soatlari unumdorlik darajasini oshirish hamda foydalanuvchilarga tezkor masofadan sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini samaradorligni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, kutubxona saytlari ularning sifat darajasini va yangi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlash uchun doimiy ravishda baholashni talab qiladi. Keltirilgan ko‘rsatkichlarga ko‘ra baholash mezonlari asosida, ommaviy kutubxonalar raxbarlari hamda foydalanuvchilar ishterokida kutubxona veb-saytlarini baholash mezonlarini muximlilik darajasini aniqlash so‘rovnomasi o‘tkazildi. Natijada kutubxona veb-saytlari ko‘rsatkichlarining muhimlilik darjalari aniqlandi.
Ommaviy kutubxonalar veb-saytlari baholash muhumliligini tahlil qilishda turli xil tizimlar yordamida olingan statistikaga e’tibor berish kerak. Umumiy natijalarni vebometrik ko‘rsatkichlar asosida baholash va ularning monitoringini olib borish uchun eng foydali bo‘lgan ekspert baholash usuli ishlab chiqildi. Vebometrik ko‘rsatkichlarni umumlashtirish, amalga oshirilgan tahlillar asosida ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish natijasida ommaviy kutubxonalar veb-saytlari baholash mezonlari aniqlandi.
Ekspert baholash usuli – veb-sayt ekspertlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalar va elektron kutubxona xizmatlarini taqdim etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek veb-saytlarda tegishli axborot kuzatuvining mavjudligi va undan foydalana olish mumkinligini tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi. Quyida ekspert baholash usulining mezonlar hamda mezon osti bo‘limlari keltiriladi:
Kutubxona veb-sayt kontentining to‘liqliligi:
kutubxona raxbariyati xaqida ma’lumot mavjudligi;
kutubxona tarkibiy bo‘linmalari mavjudligi;
kutubxona tarixi mavjudligi;
kutubxona vazifalari va функцияlarining tavsifi;
kutubxona manzili va ishonch telefoni mavjudligi.
Kutubxona veb-saytidan foydalanish ishonchliligi:
kutubxona veb sayti axborot xavfsizligi siyosati mavjudligi;
foydalanuvchilarni axborot tizimiga kirishini nazorat qilish;
foydalanuvchilarni shaxsiy kabinetini ximoyalash;
kutubxona ma’lumotlarini ximoyalash;
kutubxona xisobotlarining ximoyalanganligi.
Kutubxona veb-sayti kontentining qulayligi:
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun pandus va boshqa moslamalarning mavjudligi;
foydalanuvchilarni shaxsiy kabinetini ochish va undan foydalanish;
saxifalar navigatsiyasi qulayligi;
sayt xaritasi mavjudligi.
Veb saytda joylashtirilgan barcha matnli axborot qidruv функцияsi mavjudligi:
qidruv функцияsi mavjudligi;
yangi adabiyotlarni qidrish;
davriy nashrlarni qidrish;
maqolalarni qidrish;
umumiy matnli axborotlarni qidrish.
Normativ xujjatlar tog‘risida ma’lumotlar mavjudligi:
kutubxona soxasiga tegishli qarorlar;
kutubxona soxasiga tegishli qonunlar;
kutubxona soxasiga tegishli nizomlar;
kutubxona soxasiga tegishli standartlar;
barcha xujjatlarni yuklab olish xizmati.
Kutubxona yangiliklarning yoritilishi:
kutubxona yangiliklar yoritilishi to‘liqligi;
kutubxona yangiliklar 1 oyda 8ta yanglikdan yuqori yangilik joylashtirish;
yangiliklar mazmuniga doir rasmlar bilan yoritilishi.
Til taminoti mavjudligi:
veb sayt matni o‘zbek tilida yuritilishi;
veb sayt matni rus tilida yuritilishi;
veb sayt matni ingliz tilida yuritilishi.
Online kitoblarni yetkazib berish:
online kitoblarni kalit so‘z orqali qidirish;
to‘liq matnini yuklab olish;
kitoblarni shaxsiy kabinetda saqlash;
ommabop kitoblarni ko‘rish;
kitoblarni avdio va video shakli mavjudligi.
Hududiy AKMlar xaqidagi ma’lumotlar to‘liqligi:
Hududiy AKMlar faoliyati xaqida ma’lumot;
Hududiy AKMlar raxbarlari xaqida ma’lumot;
Hududiy AKMlar bog‘lanish manzillari;
Hududiy AKMlar veb manzillari.
Kutubxona tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, kitob ko‘zgazmalari xaqidagi ma’lumotlar mavjudligi:
kutubxona tadbirlari xaqida ma’lumot;
kutubxona kitob ko‘zgazmalari xaqida ma’lumot;
kutubxona tadbirlari e’lonlari xaqida ma’lumot;
mashxur o‘zbek adiblari xaqida ma’lumot;
jaxon adiblari xaqida ma’lumot.
Veb sayt dizayni kutubxonaga moslashtirilganligi
veb sayt dizayni kutubxona xayotiga mosligi;
veb sayt logotivi kutubxonaga mosligi;
saxifalar navigatsiyasi ko‘rinish;
xamkor tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar logotiv bilan joylashtirish va bog‘lanish;
veb-sayt yurtimizda belgilarni bayramlarga mos dizaynda yangilab turish.
Foydalanuvchilarning kutubxona veb-saytga murojatlari (interaktiv so‘rovlar):
“Kutubxonachidan soʻrang” virtual maʼlumot xizmati;
onlayn maslahat;
hujjatlarni elektron etkazib berish;
kitobni qaytarish muddatini uzaytirish;
foydalanuvchilarga onlayn-axborot berish.
Kutubxona veb-saytiga ma’lum vaqt oralig‘ida tashrif buyurganlar soni, veb-sayt kontentining yangilab borish, interaktiv xizmatlari soni kabi miqdoriy qiymatlarni qabul qiluvchi mezonlar asosida veb-sayt faoliyatini baholash unchalik murakkablik tug‘dirmaydi. Ammo, veb-sayt kontentining dolzarbligi, ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchligi veb-sayt interfeysining qulayligi hamda axborot xavfsizligi kabi sifat ko‘rsatkichlarga ega. Kutubxonalar o‘zlarining veb-resurslarini boshqarish hamda kutubxona masofaviy xizmatlarini qulay tarzda aks ettirishi zarur [3]. Foydalanuvchi turlarining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, kutubxona texnologiyalarini yaxshilash, qidirish uchun mavjud xususiyatlarni hisobga oladigan masofaviy xizmatlarni taklif qilishlari kerak. Buning uchun axborot manbalaridan foydalanish, shu bilan birga hali kutubxona o‘quvchisi bo‘lmagan foydalanuvchilarni jalb qilish ham hisobga olinadi. So‘nggi yillarda bir nechta vebometrik tadqiqotlar turli mamlakatlardagi kutubxona veb-saytlarning webometrik holatini o‘rganishga qaratilib kelmoqda [4, 5]. Shu sababli, kutubxona veb-saytlari ularning sifat darajasini va yangi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlash uchun doimiy ravishda baholashni talab qiladi. Shuning uchun, kutubxona veb-saytlarini ish faoliyatini yaxshilash, uni doimiy ravishda takomillashtirish uchun albatta ekspertlar bahosi katta ahamiyatga ega.
Hulosa qilib aytsak, veb-saytlarni ko‘p mezonli baholashning keng qamrovli usullari taklif etildi, bu quyidagi vazifalarni hal qiladi: veb-saytlarni to‘liq baholash, veb-saytlarni muayyan mezonlar bo‘yicha baholash, namunaviy veb-saytlarni taqqoslash va tartiblashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Kutubxona veb-saytlarini baholashning zamonaviy tahliliy vositalaridan foydalanish natijalari virtual makonda kutubxona samaradorligini tahlil qilishda ulardan foydalanish muhimligini ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida foydalanuvchilarga masofadan kutubxona xismat ko‘rsatish sifati va raqobatbardoshlikni oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Ganiyeva, B., Talipova, D., Axborot-kutubxona muassasalarida vebometrik tadqiqotlar olib borish metodikasi va amaliyoti / B.Ganiyeva, D.Talipova // Kutubxona.uz. – 2024. – № 1 – (61). 28-33. – Rez. ingl. – Bibliogr. 6 nomda.
2. Muruganandham.G., Webometrics research methods adopted in library and information science: an overview . ( 2019 ) Library Philosophy and Practice (e-journal) . 2869. https://digitalcommons.unl.edu/libphilprac/2869
3. Ударцева О.М., Рыхторова А.Е. Использование инструментов веб-аналитики в оценке эффективности способов продвижения библиотечных ресурсов. Библиосфера. 5018; (5) 93-99 https://doi.org/10.50913/1815-3186-5018-5-93-99.
4. Novljan, S. and Zumer, M., “Web pages of Slovenian public libraries: evaluation and guidelines”, Journal of Documentation, Vol. 60 No. 1, pp. 65-76.
5. Skorodumov P. V., Kholodev A. Y. Analysis of the website popularity of a scientific institution using various systems to collect statistical data. Вопросий территориального развития, 5016, 1, 1-10. (In Russ.).