Zamonaviy axborot jamiyatida kutubxonachining kasbiy rivojlanishi yuqori darajadagi vakolatlarni saqlab qolish va kitobxonlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish uchun zarur bo‘lgan uzluksiz jarayondir. Samarali rivojlanish innovatsion va an’anaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda turli shakl va usullardan foydalanishni nazarda tutadi. zamonaviy kutubxonachi - bu axborot resurslarini qidirish va sifatini baholashni amalga oshirishni biladigan tahlilchi-sintezator, hujjatli kommunikatsiyalar tizimida axborot navigatori va vositachi, ijtimoiy kommunikativ texnologiyalar sohasidagi mutaxassisdir.
Kalit so‘zlar: professional rivojlanishini, tajriba almashish, mentorlik, kompetensiyalar va texnologiyalar, tahlilchi-sintezator
Innovative methods of training and advanced training
of personnel for libraries
Eshankulova sevara sidikovna, Librarian of llc “sanatorium botanika” under the sanatorium and resorts main management of federation of trade unions of
In the modern information society, the professional development of a librarian is a continuous process necessary to maintain a high level of competence and adapt to the changing needs of readers. Effective development involves the use of various forms and methods, combining innovative and traditional approaches. A modern librarian is an analyst-synthesizer who knows how to search for and assess the quality of information resources, an information navigator and mediator in the system of documentary communications, a specialist in the field of social communicative technologies.
Keywords: professional development, exchange of experience, mentoring, competencies and technologies, analyst-synthesizer
Kasbiy rivojlanishda asosiysi – doimiy ta’lim va takomillashishga intiluvchi,
o‘zgarishlar va inovatsiyalar uchun tayyor bo‘lishdir.
Bugun zamon shiddat bilan o‘tayotgan bir davrda, axborot asosiy resursga aylanganida, kutubxonachining o‘rni sezilarli darajada o‘zgardi.
Bugungi kun kutubxonachisi – bu bilimlar ummonida yo‘l ko‘rsatuvchi, maslahatchi, pedagog va tadqiqotchidir. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun doimiy kasbiy rivojlanish, yangi kompetensiyalar va texnologiyalarni o‘zlashtirish zarur. Kutubxonachining kasbiy rivojlanishi nafaqat kutubxonachilik ishi sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirishga, balki axborot texnologiyalari, marketing, pedagogika, psixologiya kabi turdosh fanlarni ham o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Kutubxonalarning informatsion, madaniy va ta’lim markazlari sifatida rivojlanishi, katta miqdorda kadrlar ta’minoti va mutaxassislarning professional tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, bu esa tizimni yangi texnologiyalar asosida qayta yo‘naltirish (modernizatsiya) jarayonlarini amalga oshirish imkonini beradi [4].
Kutubxonachilik kasbining asoschisi - Melvil Dyui (1851-1931). Ma’lumki kutubxonalar bir necha ming yillar davomida mavjud bo‘lgan. Ularda turli ixtisosdagi kishilar ishlagan, biroq ularni hech kim kutubxonachi deb hisoblamagan, ular olimlar yoki siyosiy arboblar bo‘lib qolavergan. Aynan Melvil Dyui ayollarda bu kasb uchun nihoyatda zarur bo‘lgan xarakter xususiyatlari mavjudligiga e’tibor qaratdi. Shu paytgacha insoniyat tarixida hech qachon ayollarning kutubxonalarda ishlashiga ruxsat berilmagan.
1876-yilda yosh matematika o‘qituvchisi M.Dyui kutubxonachilar - professionallar uchun tarixda birinchi jurnalni nashr etishni boshladi, ularni kutubxona uyushmasiga birlashtirdi va ikki yildan so‘ng birinchi kutubxona maktabini ochdi. 1882-yilda (ochilganidan olti yil o‘tgach) - bu maktabni insoniyat tarixida birinchi marta 12 nafar ayol kutubxonachi tamomlagan [1].
Kutubxonachilik ishining rivojlanishi kutubxonachi kadrlar tayyorgarlik darajasi va sifatiga bog‘liqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, kadrlar tayyorlash sohasida yangi yondoshuvning paydo bo‘lishiga va ta’lim tizimining samarali bo‘lishiga katta imkoniyatlar yaratadi. Mamlakatimizdagi va chet ellik ko‘plab mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda oliy ta’lim mussasalarini tugallayotgan bitiruvchilar hozirgi kunda foydalanayotgan va besh yil keyin kutubxona-axborot tizimlarida foydalanishga mo‘ljallanayotgan barcha turdagi dasturiy-texnik vositalardan foydalana olishi lozim. Oliy kasbiy ta’lim, mutaxassislar tayyorlashning asosiy bo‘g‘inlaridan biridir va u har bir davlatning an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari asosida shakllanadi.O‘zbekistonning jahon axborotlar fazosiga faol kirib borishi Respublika hayotining barcha sohalarida o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keldi, jumladan axborot texnologiyalariini tadbiq qilishga katta e’tibor berila boshlandi.
Mustaqillik yillarida kutubxonachi kadrlar tayyorlashda bir qator yutuqlarga erishildi.
-Kutubxona-axborot faoliyati ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “Davlat ta’lim standarti” ishlab chiqildi va o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi.
-Yangi o‘quv rejasiga mos ravishda, o‘quv amaliyotiga kiritilgan yangi fanlarning o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Axborot tizimlari va tarmoqlari, xalqaro MARC formatlar, avtamatlashtirilgan kutubxona – axborot tizimlari kabi bir qator yangi fanlar o‘quv amaliyotiga joriy qilindi.
-Yangi o‘quv dasturlarida yangi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalariga keng o‘rin ajratildi.
- Yangi o‘quv dasturlari asosida barcha professor – o‘qituvchilar o‘z ma’ruza matnlarini yangiladilar;
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 17 mingga yaqin ommaviy universal, maxsus, turli tashkilotlarga qarashli kutubxonalar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Kutubxonachi kadrlarning soni 23 ming kishini tashkil etadi, ulardan 26% oliy maxsus ma’lumotga, 47% o‘rta maxsus ma’lumotga ega [5].
Barcha professional bilim va ko‘nikmalar tajriba orqali olinmaydi, shuning uchun kitobxona ta’limi olingandan so‘ng, albatta malaka oshirish zarur. Shu munosabat bilan, texnologik еchimlarni transformatsiya qilishning quyidagi yo‘nalishlari ko‘rib chiqilmoqda:
– ilmiy kitobxonalar va axborot markazlarining texnik va texnologik bazasini o‘zgartirish;
– texniko-texnologik transformatsiyalar bilan bog‘liq yangi talablarga mos keladigan kadrlarni qo‘shimcha qayta tayyorlash;
– yangi kelayotgan mutaxassislarga, ma’lum ish yo‘nalishlari bo‘yicha еtarli bilimga ega bo‘lmagan va zamonaviy axborot-kutubxona faoliyati boshqaruvi nazariyasida kam ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun ta’lim tashkil etish [2].
Kutubxonachilarning professional rivojlanishini rag‘batlantiruvchi samarali shakllar va usullar ko‘p. Ulardan ba’zilariga to‘htalib o‘tamiz:
Malaka oshirish va qayta tayyorlash:
Treninglar, seminarlar, konferentsiyalar, shuningdek, yangi ish uslublarini o‘zlashtirishga, kutubxona sohasidagi va unga yaqin yo‘nalishlardagi so‘nggi tendentsiyalar haqida ma’lumot olishga yordam beradi.
Trening - bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy yoki kasbiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan faol o‘qitish usuli. Treningning maqsadi nafaqat yangi ma’lumotlarni olish, balki olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashdir. Trening- amaliy yo‘naltirilgan ta’limning interfaol shakli. Barcha ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan, ular birgalikda harakat qilish, bilganlari va o‘ylaganlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega. Bilimlar, g‘oyalar, faoliyat usullari almashiladi [3].
Mustaqil ta’lim olish:
Mutaxassislikka oid adabiyotlarni o‘qish, ixtisoslashgan onlayn kurslarni o‘rganish, vebinarlarda ishtirok etish
Tadqiqot faoliyati:
O‘z tadqiqotlarini o‘tkazish, mutaxassislik bo‘yicha nashrlarda maqolalar chop ettirish, ilmiy loyihalarda ishtirok etish.
Tajriba almashish:
Boshqa kutubxonalarni faoliyati bilan yaqinlan tanishish, hamkasblar bilan bilim va tajriba almashish.
Mentorlik:
Mahoratli hamkasblar bilan hamkorlik qilish, ularning tajribalari va bilimlari bilan bo‘lishish, kasbiy rivojlanishda yordam berish.
Kasbiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlaridan biri raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirishdir. Kutubxonachi elektron resurslar, ma’lumotlar bazalari, onlayn kataloglar bilan ishlashni bilishi lozim hamda ma’lumotlarni izlash, qayta ishlash va taqdim etish uchun zamonaviy vositalardan foydalanishi zarur. Muhim ko‘nikmalardan biri kutubxona onlayn xizmatlarini yaratish va targ‘ib qilish qobiliyatidir, masalan, elektron kutubxonalar, virtual ko‘rgazmalar, ta’lim platformalari.
Amerikalik olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, multimedia vositalaridan foydalangan holda kompyuterlashtirilgan ta’limda boshqa usullarga nisbatan o‘quv vaqtini 50-30% ga qisqartirish va materialni eslab qolishni 80% ga mustahkamlash ta’minlanadi [1].
Shuningdek, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish ham muhim ahamiyatga egadir. Kutubxonachi har bir kitobxonga individual yondasha olishi, ular bilan samarali muloqot qila olishi, ma’lumot izlash bo‘yicha maslahatlar berishi, madaniy- ma’rifiy tadbirlar o‘tkaza olishi kerak. Ayniqsa, jamoada ishlash, hamkasblar va boshqa mutaxassislar bilan muloqot qilish qobiliyati juda muhimdir.
Kutubxonachi doimiy o‘zgarish va yangiliklarga tayyor bo‘lishi va tez moslasha olishi lozim. Kutubxonachilik ishidagi yangi tendensiyalarni kuzatib borish, yangi ish usullarini va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ularni o‘z sharoitlariga moslashtirish zarur. Eng foydali va dolzarb bilimlarni saralash, axborotni to‘g‘ri baholash qobiliyati ham juda muhimdir.
Kutubxonachining o‘z ustida ishlashni va kasbiy rivojlanishi doimiy mehnat va talab qiladigan uzluksiz jarayondir. Zamonaviy axborot jamiyatida kutubxonachining kasbiy rivojlanishi yuqori darajadagi vakolatlarni saqlab qolish va kitobxonlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish uchun zarur bo‘lgan uzluksiz jarayondir. Samarali rivojlanish innovatsion va an’anaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda turli shakl va usullardan foydalanishni nazarda tutadi.
Malaka oshirish kurslari, konferensiyalar, seminarlar kabi an’anaviy shakllar asosiy bilimlarni olish va tajriba almashishning muhim vositasi bo‘lib qolmoqda. Biroq, o‘qitishning faol usullari: ilg‘or kutubxonalarda amaliyot o‘tash, mahorat darslari, professional tanlovlarda ishtirok etish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kutubxonachining samarali kasbiy rivojlanishi - bu rasmiy va norasmiy ta’lim, faol tajriba almashish va mustaqil ta’limning uyg‘unlashuvi bo‘lib, kasbiy kompetensiyalarni doimiy ravishda takomillashtirish va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.
Tajribali kutubxonachilar ustoz sifatida o‘z bilim va tajribalarini yosh mutaxassislar bilan o‘rtoqlashishlari, zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishlariga va ularning kasbga moslashishlari yordam berishlari mumkin.
Kasbiy faoliyatni baholash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish qo‘shimcha rivojlanishni talab qiladigan sohalarni aniqlash va kutubxonachilarni doimiy ravishda takomillashtirishga undash imkonini beradi. Baholash tizimi adolatli va xolis bo‘lishi, aniq mezonlar va samaradorlik ko‘rsatkichlariga asoslanishi muhimdir.
Bugungi kunda shu narsa aniqki, zamonaviy kutubxona xodimi prinsipial jihatdan ko‘nikma, yangi bilim va malakalarga ega bo‘lishi, shuningdek, bilimning turdosh tarmoqlari va faoliyat sohalari (informatika, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, kommunikativistika va boshqalar) bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim [6].
Endi zamonaviy kutubxonachi - bu axborot resurslarini qidirish va sifatini baholashni amalga oshirishni biladigan tahlilchi-sintezator, hujjatli kommunikatsiyalar tizimida axborot navigatori va vositachi, ijtimoiy kommunikativ texnologiyalar sohasidagi mutaxassis.
Kutubxona kadrlari bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjud:
1. Kutubxona xodimlarining umumiy bilim, ko‘nikma va malakalari bugungi kunda tez o‘zgaruvchan axborot kommunikatsiyalari dunyosidan orqada qolmoqda va har doim ham sohani isloh qilishning yangi ijtimoiy vazifalariga javob bermaydi. Keyingi paytlarda mamlakatimiz kutubxonalari erishayotgan muayyan yutuqlar, asosan, uning eng yaxshi vakillari va professional elitasining g‘ayrat-shijoati natijasidir.
2. Kutubxona-axborot fakultetini tugatgandan so‘ng,bitiruvchilar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlashga ketishadi, ammo maoshning pastligi sababli ularning aksariyati tez orada kutubxonani tark etishadi.
3. Kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada mustahkamlash lozim. Zarur ta’lim infratuzilmasi va moliyaviy mablag‘lar yo‘qligi sababli qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan o‘ta olmayotgan mutaxassislar sonini aniqlash va amaliy yordam berish. Shunday qilib, malakali kutubxona kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish zarur [6].
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ступени к мастерству: современные формы и методы профессионалного развития библиотекарей : методический сборник / ГБУК СК «СКДБ им. А.Е. Екимсева» ; НМО; сост. Н.Д. Иванова; ред. Н.П. Яркина. – Ставропол, 2016. – 32 с.
Григорькина Н. А. Кадровая политика библиотек: теоретический аспект // Научно-методический электронный журнал «Концепт». 2015. Т. 36. С. 41–45. [Электронный ресурс]. URL: http://e-koncept. ru/2015/95600.htm
Гендина, Н.И. Тренинг - тренеров как новый формат повышения квалификатсии школных библиотекарей в сфере формирования информатсионной културы личности: опыт, проблемы, перспективы / Н. И. Гендина, Г.А. Стародубова, Л.Н. Рябсева, Е.В. Косолапова // Школная библиотека. - 2015. - №7.- С.47-53.
file:///C:/Users/USER/Downloads/aktualnye-zadachi-podgotovki-kadrov-dlya-bibliotechnyh-i-informatsionnyh-struktur.pdf
Namangan davlat universiteti Kengashining 2023 yil 28 avgustdagi 1-son yig‘ilishida ko`rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan о‘quv-uslubiy majmuasi.
Кузнесова, Т.Я. Библиотечные кадры сегодня и завтра: пути решения проблемы кадров, которые «решают все» [Електронный ресурс] / Т.Я. Кузнесова. - Режим доступа: ҳттп://www.гпнтб.ру/wин/интер-эвентс/cримеа2008/диск/118.пдф. - Загл. с экрана. - Дата обращения: 10.03.2017.