Mazkur maqolada XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda shakllangan jadidchilik harakatining kutubxonachilik sohasidagi o‘rni va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritilgan. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan kutubxonalar, ularning zamonaviy ta’lim va xalqni savodli qilish borasidagi faoliyati tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori va Abdulla Avloniy kabi ma’rifatparvarlarning kutubxona tashkilotchiligi ham o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: jadidchilik, kutubxona, ma’rifat, ta’lim, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat
This article explores the role and spiritual-educational significance of the Jadid movement in the development of librarianship in Central Asia during the early 20th century. Based on historical sources, the study analyzes the establishment of libraries by Jadid intellectuals and their efforts to promote modern education and literacy among the local population. Special attention is given to the contributions of prominent enlighteners such as Mahmudkhuja Behbudi, Munawwar Qori, and Abdulla Avloniy, who played a crucial role in founding public libraries and integrating them into the broader agenda of cultural and intellectual reform.
Keywords: Jadidism, library, enlightenment, education, Behbudi, Munawwar Qori, Avloniy
XX asr boshlarida Turkiston (hozirgi O‘zbekiston, Qozog‘iston janubi, Tojikiston, Turkmaniston) hududida jadidchilik nomi bilan tanilgan ma’rifiy harakat kuchayib bordi. Bu harakatning asosiy maqsadi – xalqni savodli qilish, yangicha fikrlovchi, zamonaviy bilimlarga ega avlodni tarbiyalash edi. Jadidlar buni yangi usul maktablari, gazeta-jurnallar, teatrlar va ayniqsa kutubxonalar orqali amalga oshirdilar. Kutubxonalar jadidlar uchun faqat kitob saqlanadigan joy emas, balki jamiyatni uyg‘otuvchi, ijtimoiy ongni o‘zgartiruvchi markaz hisoblangan.
Jadidlar uchun kutubxona – bu ma’naviy taraqqiyot markazi edi. O‘sha davrda mavjud bo‘lgan an’anaviy maktablar va madrasalar ko‘proq diniy ta’lim berishga yo‘naltirilgan edi. Jadidlar esa zamonaviy fanlarni o‘rgatish, jahon tajribasidan foydalanish, yangi ilmiy g‘oyalarni xalq orasiga yoyish niyatida edilar. Shu sababli ular matbaa, darslik va kutubxonalarni barpo etishni o‘zlarining ustuvor vazifasi sifatida ko‘rishdi. Mashhur jadidlarning kutubxonachilik sohasini va kitobxonlik strtegiyalarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak hozirgi zamonamizning yuksakligiga asosan jadidlar yaratgan kutubxonalar sababligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
https://oyina.uz/ sayti ma’lumotlariga ko‘ra Behbudiya kutubxonasi (Kutubxonai Behbudiy – Mahmudxoʻja Behbudiy tomonidan Samarqandda tashkil etilgan kutubxona. Kutubxona 1908–1914-yillarda faoliyat yuritgan.
Behbudiyning ijobiy ishlaridan biri „Behbudiya“ kutubxonasining tashkil etilishi boʻldi. Behbudiy birinchilardan boʻlib Samarqandda kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻygan. 1908-yil 11-sentabrda Samarqand hokimining rasmiy ruxsati bilan ushbu kutubxona „Yangi rasta“da ochilgan. Biroq kutubxonaning ochilishi haqidagi xabar biroz avval chop etilgan. Bu haqda “Turkiston viloyatining gazeti“da xabar berilgan. 27 bobdan iborat boʻlgan dastur kutubxonaning barcha rasmiy masalalarini belgilab bergan. Kutubxonaga yillik aʼzolik badali 3 soʻmni tashkil etgan[5][6]. Kutubxonaning asosiy maqsadi mahalliy musulmon yoshlari va madrasa talabalarini zamonaviy ilmlar bilan shugʻullanishga undash boʻlgan.
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan chop etilgan “Jadidlar” to‘plamida keltirilishicha Behbudiy 1914-yil 29-may oyida sog‘ligi bilan bo‘gan muammolarga qaramay sayohatga chiqishga qaror qiladi. Chunki bu sayohat uning uchun bu davrda dunyo ishlari, bo‘layotgan voqealarni kuzatish va “Behbudiya kutubxonasi uchun Istanbul, Misr, Qrim, Kavkaz, Qozon, Rassiya va boshqa xorijiy mamlakatlardan ularning tarixi, geografiyasi, aholisi, olimlari va boshqa foydali ma’lumotlar, kitoblat olib kelgan.
Kutubxona faoliyatida Mahmudxoʻja Behbudiyga jadid maʼrifatparvarlari Hoji Muin, Vasliy Samarqandiy va pedagog Abduqodir Shakuriylar yordam berib borgan. Ayni paytda kutubxona tuzilish jihatdan xilma-xil va boy fondga ega boʻlgan. Chet el davlatlarda nashrdan chiqqan dunyoviy va diniy kitoblar, suratli jurnallar hamda gazetalar, enциклopediya, lugʻatlar, xarita va atlaslardan oʻqib foydalanish mumkin boʻlgan. Kutubxonadagi kitoblar fondi dastlab 200, keyinroq 225 jildga yetgan. Kutubxona kunlik 14 soat davomida faoliyat olib borgan. Ochilishidan 7 oy oʻtib, aʼzolari soni 125 kishiga yetgan. 1910-yillarga kelganda faoliyati susaya boshlagan. Bunga avvalo oʻlkadagi jadidlar va qadimchilar qaram-qarshiligi sabab boʻlgan. Mullalar ota-onalar bilan suhbatlashib, kofirxona sifatida u yerga borishni taqiqlab qoʻyishgan. 1912-yilda sanoqli kishi kutubxonadan foydalangan. 1914-yilga kelib moliyaviy qiyinchiliklar boshlanadi. 15 aʼzodan iborat yillik yigʻilish paytida kutubxonani saqlab qolish va iqtisodiy muammoni hal etish maqsadida spektakl qoʻyishga kelishib olinadi. Teatr tomoshalari ham qadimchilar tomonidan rad etilgach, Kutubxona faoliyati tugaydi. Behbudiy kutubxonani oʻzining uyiga koʻchiradi va uni Behbudiya kutubxonasi deb nomlaydi. Keyinchalik u yerda chet elda nashr qilingan kitoblarni sotishni ham yoʻlga qoʻyadi va ularning roʻyxati Oyna jurnalida eʼlon qilib boriladi.
Mahmudxoʻja Behbudiy qatl etilganidan soʻng kutubxona taqdiri bilan qiziquvchi hech kim topilmagan. Shu o‘rinda Behbudiyning vafoti haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tsam- https://oz.sputniknews.uz/ saytida ma’lumot berilishicha, Behbudiy 1914-yilda Turkiya, Misrga borib, u yerdan muhim kitoblar, o‘quv qo‘llanmalarini olib keladi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishadi. Biroq, u turli to‘siqlarga uchrab “jadidlar rahnamosi”, “dahriy” deb e’lon qilinadi. Shunga qaramay u tatar mutaffakiri Ismoil Gaspiralining ma’rifatchilik borasidagi ta’limotini qo‘llab quvvatlab, o‘z o‘lkasiga ham shunday ishlarni amalga oshirishga kirishadi va ko‘p o‘tmay ma’rifatparvar sifatida o‘z xalqi hurmatiga sazovor bo‘ladi. U bir qator Sharq va G‘arb tillari bilan yuksak madaniyat sohibi bo‘lishi bilan birga, umuminsoniy madaniyatning tolmas targ‘ibotchisi ham bo‘lgan.
Albatta, Behbudiyning xalq o‘rtasida ortib borayotgan obro‘-e’tibori nafaqat amirlik rahbarlari, balki bolsheviklarining ham reja va niyatlariga zid edi. 1919-yilning 25-martida Behbudiy ular chaquvi bilan Shahrisabzda qo‘lga olinib, sirli bir tusda Qarshida Said Olimxon farmoni bilan qatl qilindi. Uning qatli haqidagi xabar o‘sha paytdagi poytaxt Samarqandga rosa bir yildan keyin xabar qilinadi. 1920-yilning aprelida butun Turkiston motam tutdi.
Sadriddin Ayniy allomaning fojiali vafoti munosabati bilan bunday yozgan: “Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20-yil mobaynida o‘zining ongi va insoniy qadru qimmati bilan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi”. “Turkiston“ gazetasida keltirilgan “Samarqanda Behbudiy kutubxonasi“ maqolasida keltirilishicha, kutubxonadan mas’ul ishchilar ham xabar olmay qoʻygan va 1500 dan ortiq (659 dona musulmoncha, 923 dona ruscha) kitoblar ahvoli nomaʼlumligicha qolgan
Shuningdek, https://uz.wikipedia.org/wiki/ sayti habarlariga ko‘ra Behbudiya kutubxonada keng va shinam qiroatxona ham tashkil etilgan boʻlib, Behbudiyning nevarasi Nodim Behbudiyning xotirlashicha, kitob va gazeta-jurnallar oʻqish uchun qiroatxonaga tashrif buyurgan har bir kishiga, Behbudiyning koʻrsatmasiga binoan, qaynoq qandli choy berilgan. Behbudiy qand har qanday aqliy, ilmiy mehnat chogʻida miyaga hamda xotiraga quvvat boʻladi, deb hisoblagan. Bu esa Mahmudxoʻja Behbudiyning naqadar dilkash, fidoyi inson boʻlganini, bilim va maʼrifatga intiluvchi odamlarga hurmat va eʼtibor bilan qaraganini tasdiqlaydi.
Yurtimiz kelajaki uchun, aholini ilmiy, ma’naviy saviyasini oshirish uchun, nafaqat Behbudiy, balki, boshqa boshqa jadidlar hayotini ham ko‘rib chiqamiz. Shular qatorida Munavvar Qori Abdurashidxonov – Toshkentdagi “Namuna” maktabi asoschisi bo‘lib, unga tutash kutubxona ham tashkil etdi. Munavvar qori XIX asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901 yilda o‘z hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. U yoshlarni bu yerda o‘qishga, zamonaviy fanlarni o‘rganishga undadi. Uning ta’lim sohasidagi islohotlari maktab kutubxonalarining didaktik ahamiyatini oshirdi. Munavvar qori Abdurashidxonov ta’siri va rahnamoligida “Nashriyot”, “Turkiston”, “Umid” nashriyotlari paydo bo‘ldi. “Turon” va “Ravnaq” kutubxonalari vujudga kelib, keng o‘quvchilar ommasiga xizmat ko‘rsata boshladi. “Turon” truppasi tashkil topdi. U 1909 yili Toshkentda “Jamiyati xayriya” uyushmasini tuzadi. Munavvar qori 1906-yilda dastlabki o‘zbek matbuoti namunalaridan biri “Xurshid” gazetasini nashr etdi. Keyinchalik “Najot”, “Kengash” gazetalarida bosh muharrir, “Sadoyi Turkiston”da esa bo‘lim muharriri bo‘lib xizmat qiladi. Munavvar qori 1920-yillarda o‘zbek yurtining mustaqilligi uchun kurash vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan “Milliy ittihod” va “Milliy istiqlol” yashirin tashkilotlariga rahbarlik qilgan.
1920-yillarning o‘rtalarida milliy ziyolilarni ta’qib qilish kuchayishi natijasida Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq hatto qatag‘on ham Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lini istiqlol g‘oyalaridan qaytara olmadi.
U 1929 yil 6 noyabrda qamoqqa olinib, Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991 yilda rasman reablitatsiya qilingan.
https://uz.wikipedia.org/wiki/ saytida ko‘rsatilganidek “Turon” truppasi asoschilaridan Abdulla Avloniy ham – “Turon” kutubxonasini tashkil etish orqali yoshlarni ijtimoiy faol, axloqiy yetuk shaxslar etib tarbiyalashga harakat qildi. Uning “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asari o‘sha davr kutubxonalarida keng o‘qilgan darsliklardan edi.
1979-yil G‘.Gulomnomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti tomonidab chop etilgan Abdulla Avlomiyning “Toshkent tongi” asarida keltirishicha Turon kutubxonasi (Toshkent viloyati “Turon“ ilmiy universal kutubxonasi) – Oʻzbekiston Respublikasidagi eng yirik kutubxonalardan biri, ilmiy-maʼrifiy muassasa. 1918-yilda Toshkentda mustaqil ommaviy kutubxona sifatida ochilgan. 1919-yilda “Turon“ nomi berilgan (1928—1993-yillarda „Oktyabr“ nomi bilan atalgan). Kutubxona joylashgan binoda dastlab 1913-yilda maʼrifatparvar Abdulla Avloniy boshchiligida “Turon“ teatr truppasi tuzilgan. Toshkent shahri maʼrifatparvarlarining “Turon“ jamiyati tashabbusi bilan va ularning shaxsiy kitoblari va sovgʻa qilgan jamgʻarmalari zaminida shu binoda kutubxonaga ham asos solingan (1913). Turon kutubxonasi Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Gʻulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Mannon Uygʻur, Majid Qodiriy kabi taraqqiyparvar ziyolilarni birlashtirgan hamda Vatan, millat ozodligi uchun kurashda yuksak oʻrin tutgan maʼnaviy muhit shu yerda shakllangan.
Dastlab 4 ming kitob boʻlgan kutubxona fondida 400 mingdan ziyod asar mavjud (2004). Noyob nashrlar orasida Oktyabr toʻntarishiga qadar nashr etilgan asarlar, 1918-yildan nashr qilingan gazetalar jamgʻarmasi bor;
Ommada zilyolilar qatorini kengaytirishda, kutubxona xizmatlarini kengdan targ‘ib qilishda Abdurauf Fitratni beg‘araz mehnatlarini qadrlasak arziydi https://inlibrary.uz saytidagi ma’lumotda shunday keltirilgan.
- Buxoroda kutubxona va madaniy markazlar tashkil etish orqali milliy uyg‘onish g‘oyasini ilgari surdi. U xalqning o‘z tarixini, madaniyatini o‘rganishi uchun kerakli adabiyotlarni jamlashga ahamiyat berdi. Fitrat kutubxonani “xalqning ko‘zgu va yodnomasi” deb atagan.
Fitrat Buxoro jadidlarining tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni maʼrifat va madaniyatdan bahramand qilish uchun astoydil kurashdi, xususan u Buxoroning turli tumanlarida oʻqituvchilik qilib, jadidchilik gʻoyalarini keng targʻib etdi. 1915-yildan „Yosh buxoroliklar“ harakatining soʻl qanotiga boshchilik qildi. 1916-yilga qadar Buxorolik jadidlar yakdil va yagona jabha boʻlib ish olib borganlar.
Jadidlar ochgan kutubxonalaridan quyidagi maqsadlarda faol foydalanishgan:
Ilm-fan yutuqlarini targ‘ib qilish: Kutubxonalar orqali zamonaviy tibbiyot, geografiya, fizika, tarix kabi fanlarga oid asarlar ommaga yetkazilgan.
Yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish: Kitobxonlik orqali mustaqil mulohaza yuritish madaniyati shakllangan.
Ayollar ta’limiga hissa qo‘shish: Behbudiy va Avloniy kabi jadidlar xotin-qizlar uchun maktab va kutubxonalar ochishga harakat qilgan.
Tarixiy xotirani saqlash: Kutubxonalar orqali o‘zbek tili, adabiyoti, milliy o‘zlikni anglash jarayoni shakllangan.
Albatta hech bir ish to‘siqlarsiz bo‘maganidek o‘sha davrda ham kutubxonachilikni va kitobxonlarni yetarlicha tanqid qilishgan.
Jadidlar kutubxona va ta’lim orqali jamiyatni uyg‘otmoqchi bo‘lishgan bo‘lsalar-da, ularning bu yo‘ldagi sa’y-harakatlari ko‘plab to‘siqlarga duch kelgan. Quyida ushbu to‘siqlar asosli dalillar bilan yoritiladi:
Eski tuzumning qarshiligi (konservativ gruhlar):
Jadidlar ko‘p hollarda eski maktab ulamolari, qozi va mudarrislarning qarshiligiga uchragan. Ular yangi maktab va kutubxonalarni bid’at, dinga zid deb hisoblagan.
Misol uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy Samarqandda “Kutubxonai Islomiya”ni ochganida, ayrim konservativ ruhoniylar uni “yovuz niyatda” ayblab, kutubxonaning yopilishini talab qilgan.
Har davrning o‘ziga hos moliyaviy yetishmovchiliklari bo‘lganidek jadidlar davrida bu ikki karra ko‘p bo‘lgan. Ko‘plab jadid kutubxonalari xususiy mablag‘ hisobiga ochilgan, davlat tomonidan rasmiy qo‘llab-quvvatlanmagan. Kitoblar va binolar xarid qilish, bosma adabiyotlar chiqarish uchun doimiy mablag‘ topish qiyin bo‘lgan. Abdulla Avloniy “Turon” kutubxonasini o‘z mablag‘i hisobiga yuritgan va ko‘pincha o‘z asarlarini sotib, kutubxona xarajatlarini qoplagan.
O‘z o‘rnida aytib o‘tishim kerak-ki davrning savodsizligi tufayli jamiyatning zo‘ravonlari tomonidan odamlarni kutubxonadan foydalanish imkoniyatini cheklagan, kitobga bo‘lgan talabni pasaytirgan. Shuning natijasida jaded bobomiz Munavvar Qori Abdurashidxonov o‘z maktablarida o‘quvchilarga savod o‘rgatish orqali ularni kutubxonaga jalb qilgan. Bu esa kutubxonadan foydalanishdan avval savodli bo‘lish zarurligini ko‘rsatadi.
Izlanganlarim natijasida siyosiy bosim va цензура ham bo‘lmagan deyolmayman.
Chor Rossiyasi va keyinchalik Sovet rejimi davrida ma’rifatchilik harakati va jadidlar faoliyati doimiy nazorat ostida bo‘lgan. Ayrim kutubxonalar yopilgan, kitoblar taqiqlangan, jadidlar hibsga olingan yoki surgun qilingan.
1918-yildan boshlab, Fitrat, Behbudiy va boshqa jadidlarning ko‘plab asarlari yo‘q qilingan yoki yashirin saqlangan. “Munozara” kabi asarlar taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jadidchilik harakati Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tub burilish yasagan milliy-ma’rifiy harakat bo‘lib, u XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yuzaga kelgan va ayni davr xalqining tafakkuri, dunyoqarashi hamda hayot tarziga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Jadidlarning asosiy maqsadi – xalqni jaholatdan, savodsizlikdan qutqarish, uni ilm-fan, zamonaviy tafakkur, milliy g‘urur va taraqqiyot sari yetaklash edi. Ular bu maqsad yo‘lida ta’lim, matbuot, adabiyot va kutubxonachilikni asosiy vosita sifatida ilgari surdilar.
Jadidlar ichida Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy kabi namoyandalar katta xizmat qilgan. Behbudiy o‘zining zamonaviy maktablari, kutubxonalari va teatr faoliyati orqali xalqning ongini uyg‘otishga intilgan. Munavvar qori esa matbaa, darslik va pedagogik faoliyati orqali yoshlarni ilmga chanqoq qilib tarbiyalagan. Abdulla Avloniy esa ta’lim-tarbiya, milliy axloq va madaniyat targ‘iboti orqali xalq ma’naviyatini yuksaltirishga hissa qo‘shgan. Bu islohotchilar kutubxonalarni faqat kitob saqlanadigan joy emas, balki millat ongini uyg‘otadigan, bilim tarqatadigan markaz sifatida ko‘rganlar.
Jadidlarning kutubxonachilikka qo‘shgan hissasi alohida e’tiborga loyiqdir. Ular tashkil etgan kutubxonalar orqali yosh avlodni mustaqil o‘qishga, fikrlashga, dunyoqarashini kengaytirishga chorlaganlar. Bu kutubxonalar o‘sha davrda ilm olishning yagona manbai bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, ular ochgan ommaviy kutubxonalar xalqning keng qatlamiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda diniy, ilmiy va badiiy asarlar jamlangan, bu esa har xil toifadagi o‘quvchilarga ma’naviy oziq bo‘lgan. Biroq, jadidlar faoliyati sovet mustamlakachilik siyosatiga mos kelmagani sababli ularning aksariyati qatag‘onga uchradi, ularning faoliyati va mehnati soxta ayblar bilan to‘xtatildi. Ammo ularning g‘oyalari xalq qalbida yashab qoldi va hozirgi mustaqillik davrida qayta tiklanmoqda. Bugungi kunda jadidchilik harakati tarixini o‘rganish, ularning kutubxonachilikdagi xizmatlarini tahlil qilish, yosh avlodga ularning ma’naviy merosini yetkazish dolzarb vazifalardan biridir. Jadidlar orzu qilgan ma’rifatli jamiyat bugungi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi bilan hamohangdir. Shunday ekan, ularning ilm-ma’rifat yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlari nafaqat tarixiy xotira, balki bugungi kun uchun ham ibrat maktabidir.
Foydalanilgan adabiyotlat:
1. Qosimova M. Jadidchilik harakati va uning ma’rifiy xususiyatlari. – Toshkent: Fan, 2015.
2. WWW.MALUMOT.RU - Malumotlar bazasi“ (ru-RU). WWW.MALUMOT.RU - Malumotlar bazasi (2021-yil 20-fevral). Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
3. A’zamxo‘jayev S. Jadidlar izidan. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999.
4. Oʻzbekiston milliy enциклopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
5. Avloniy A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998.
6. Fitrat A. Saylanma asarlar. – Toshkent: Sharq, 2001