Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot-kutubxona faoliyati sohasida mutaxassislarning ilmiy-axborot bilan taʻminlanganlik darajasi, kutubxonalar faoliyati samaradorligi va kutubxonachi kasbi nufuzini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Axborot-kutubxona sohasining jamiyat maʻnaviy-maʻrifiy hayotidagi ahamiyati, raqamli texnologiyalarni joriy etish, soha kadrlari tayyorgarligi, kasbiy malakasini oshirish va kasb maqomini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar misolida ilmiy-metodik tajribalar tahlil qilingan. Shuningdek, kutubxonachilarning yangi kompetensiyalari, axborot savodxonligi, media savodxonlik, kiberxavfsizlik bilimlari va soha mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash tizimiga eʻtibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: Axborot-kutubxona , axborot savodxonligi, raqamli texnologiyalar, kutubxonachilik tarixi, media savodxonlik, kiberxavfsizlik.

 

Annotation: This article analyses the level of scientific and informational support for specialists in the field of information and library activities, emphasizing its role in enhancing the efficiency of library services and raising the status of the librarian profession. The significance of information and library institutions in the cultural and educational development of society, the introduction of digital technologies, and the importance of professional training and continuous skills development for library staff are examined. The study also highlights new librarian competencies, including information literacy, media literacy, cybersecurity, and the systems supporting professional growth in the sector.

Keywords: Information and Library, information literacy, digital technologies, history of librarianship, media literacy, cybersecurity

 

Axborot-kutubxona sohasi jamiyatning maʻnaviy va madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida kutubxonalar bilim va axborot tarqatishda markaziy rol o‘ynaydi. Ular turli yozuv manbalari, kitoblar, jurnallar, elektron resurslar va maʻlumot bazalari orqali jamiyat aʻzolariga bilim yetkazadi, tarixiy hujjatlar, qo‘lyozmalar va milliy-madaniy merosni saqlash orqali kelajak avlod uchun muhim manbalarni himoya qiladi.

Raqamlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish, kutubxona xizmatlarining onlayn platformalarga o‘tishi, kutubxonachi faqat kitob taqdim qiluvchi shaxs emas, balki axborotni saralash, tanlash va tahlil qilishda maslahatchiga aylangani, axborot savodxonligi (“media literacy”) va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish ham kutubxonachilarning yangi yo‘nalishiga aylanayotganida ko‘rish mumkin.

Barchaga ayonki, bugungi kunda bilimlar va ko‘nikmalarga ega bulgan yukori malakali kadrlar har kanday davlatni shakllantirish, transformatsiya kilishi, boshkarish va rivojlantirishning asosiy omilidir. Zamonaviy samarali faoliyat iqtisodiyot sohalari yoki tashkilotning bo‘ysinuvidan qatʻiy nazar xodimga maxsus talablarni qo‘yyapti. Kutubxonachi kadrlar ham bunday talablardan mustasno emas.

Xo‘sh, kutubxonachi bugun qanday bilimlarga ega bo‘lishi, qanday o‘zgarishlarni qabul qilish, qanday xavflarga tayyor bo‘lishi va umuman nimalarga tayyor turishi kerak? Sir emas, respublikamizda kutubxonachi kadrlar bilan bog‘liq muammolar mavjud. Bular: kadrlar tayyorlaydigan OTMlar bilan (taʻlim dasturlarining zamonaviy kutubxonalar rivojidan kelib chiqib yangilanishi, taʻlim berayotgan o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasi va boshq.) bog‘liq, kutubxonachilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (oylik maoshlarining pastligi, noqulay mehnat sharoitida ishlaydigan, ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlar) bilan, kutubxonalarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan, bunda: moddiy-texnika parki, axborot-resurslari bilan taʻminlanganligi (ishlash uchun shart-sharoitlar, axborot-resurslarning yetishmasligi, va umuman yo‘qligi) va boshqalar borki, kutubxonalarda soha bo‘yicha taʻlim olgan oliy maʻlumotli kadrlarni kamligi, aksar xollarda yo‘qligi, kadrlar qo‘nimsizligi, jamiyatda kutubxonachi kasbi nufuzining pastligi bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Biroq, muammo ham, kamchilik ham, yutuq ham bizniki va soha bugungi kunda jadal rivojlanyapti. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi respublikadagi barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun ilmiy-uslubiy markaz hisoblanadi. Axborot-kutubxona ilmi va amaliyoti (kutubxonachilik faoliyati, bibliografiya va kitob ishi, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik) barcha sohalar kabi axborot bilan tizimli taʻminlanib borish ehtiyojiga ega.

Agar tarixga nazar tashlasak, kutubxonachi kadrlar yetishmasligi va o‘qitish masalasi Milliy kutubxona tarixida o‘z aksini topganiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, 1919 yilning yozida Maorif xalq komiccarligining kutubxonachilik bo‘limi kadrlar tayyorlash cohacida dactlabki tadbir cifatida Toshkentda ikki oylik kurclar tashkil etgan. Shu yili ushbu kurclarda 40 kishi qayta tayyorlangan. Camarqandda ham qicqa muddatli kurclarni 27 kishi bitirgan. Ularning dactlabki o‘qituvchilari Turkicton Davlat kutubxonacining (hozirda Milliy kutubxona) xodimlari N.A.Burov, A.A.Matlenkov, E.K.Betger va boshqalar bo‘lgan. Shu yilning kuzida kutubxona xodimlari V.N.Cmolin va E.K.Betger Camarqandda kutubxonachilik ishi bo‘yicha qicqa muddatli ceminar tashkil qilganla.

Kutubxona 1976 yildan boshlab kutubxonachilik ishining amaliy va nazariy masalalariga bag‘ishlangan “O‘zbekiston kutubxonalari” nomli ilmiy to‘plam chiqara boshladi. Unda xalq xo‘jaligi mutaxassislariga axborot xizmatini ko‘rsatish, ishlab chiqarish, texnika adabiyotlarini targ‘ib qilish borasidagi ish tajribalarini yoritish, Turkiston xalq kutubxonasi tarixiga oid materiallar, bolalar uchun kutubxonalar barpo etish, kitob nashr qilish ishlarini rivojlantirish, respublika kutubxonachilik ishiga metodik rahbarlikni takomillashtirish, komplektlash, kuzatuv xonalararo abonement hamda shu ishning nazariyasi va praktikasini rivojlantirishni kabi masalalar yoritilgan. Ushbu to‘plam 1989 yilgacha nashr qilingan.

Milliy kutubxonaning respublika kutubxonalari uchun uslubiy metodik faoliyatini olib borishida, 2006 yildan bir qator qo‘shimcha funksiyalar qo‘shildi (avval metodik rahbarlik kuzatilgan bo‘lsa, PQ-381 qabul qilinishi bilan kutubxonalar bo‘ysinuvidagi o‘zgarishlar, metodik taʻminlanganlik shakliga ko‘chdi): innovatsion, maslahat, taʻlimiy kabilar.

Ilmiy-metodika xizmati tomonidan 2001 – 2011 yillarda “Kutubxonachilik dunyosi” axborot byulleteni tayyorlangan va nashr qilingan. Ushbu nashrlarga Respublikamizda kutubxonachilik kasbiga oid gazeta va jurnallar, ilmiy to‘plamlar hamda xorijiy mamlakatlarda ( asosan Rossiya Federatsiyasi) chop etilayotgan ilmiy, ilmiy-ommapob jurnallar va kasbiy to‘plamlardagi kutubxonachilik ishiga oid dolzarb mavzudagi maqolalar kiritilgan. Shuningdek, ushbu axborot byulletini ommaviy kutubxonalar faoliyatining eng dolzarb va muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan o‘tkashunoslik ishi bo‘yicha materallar o‘rin olgani bilan ahamiyatli.

Kutubxona tomonidan sohaga oid yirik xalqaro va mahalliy tadbirlar tashkil qilib boriladi. Ushbu tadbirlardan biri Respublika kutubxonachilarining o‘zbek kutubxonashunosligi qaror topishi va rivojlanishiga, kitob tarixiga katta xissa qo‘shgan O‘rta Osiyoning ulkan kutubxonashunos va bibliografi Ye.Betgerga bag‘ishlab, 2002 – 2009 yillar oralig‘ida “Betger o‘qishlari” davra suhbati to‘plami nashr qilingan. Garchi to‘plam nashri 2009 yilda tugatilgan bo‘lsa ham, hozirgacha har yili “Betgerxonlik o‘qishlari” ilmiy anjumani tashkil etiladi.

To‘plamda O‘zbekiston kutubxonachilik sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, islohatlar, kun tartibida dolzarb hisoblangan mavzular kutubxonachilik jamoatchiligi tomonidan keng muhokama qilish maqsadida, mavzular belgilangan. Jumladan, “Kutubxonalarning innovatsiya faoliyati: hamkorligi va o‘zaro aloqasi” (2002), “Kutubxonalarning ustuvorligi” (2003), “Kutubxona resurslaridan faol va ijodiy foydalanish muammolari” (2004), “Kutubxonachi kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash malakasini oshirish” (2005), “O‘zbekistonda kutubxonachilik ishini isloh qilish masalalari” (2006), “Kutubxona tarixiy o‘zgarishlar davrida” (2007), “Kutubxona: yoshlar tilida muloqot” (2008), “O‘zbekiston milliy madaniyatini rivojlantirishda kutubxona o‘lkashunosligining roli” (2009) kabi mavzular keng muhokama qilingan.

Oxirgi yillarda O‘zbekiston axborot-kutubxona sohasi ham jahon kutubxonachiligining yangi spektrlari, shakllangan stereotiplardan xoli ravishda rivojlanishi va tarqqiy etishi, yondashuvlarni, yangiliklarni, hayot realligini qabul qilish va faoliyatga uyg‘unlashtirish, anʻanadan kechmagan xolda taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlashi orqali faol harakatda. Buni “Betgerxonlik o‘qishlari” to‘plami mavzularidan ham ko‘rish mumkin.

 “Foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rni” (2016), “Milliy kutubxona va axborot-kutubxona markazlari birlashuvi – axborot-kutubxona sohasi rivojiga qo‘yilgan muhim qadam” (2018), “Kutubxonachilik sohasidagi islohotlar - yangi davr kutubxonalari” (2019), “150 yillik tarixga ega maʻrifat maskani va XXI asrdagi kutubxonalar: islohotlar, istiqbolli loyihalar va targ‘ibot” (2020), “Raqamli asrda axborot-kutubxona fondlari: natijalar va istiqbollar” (2021), “Axborot-kutubxona faoliyatida dasturiy taʻminot. Nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorligi: muammo va yechimlar” (2022), “Yangi O‘zbekiston kutubxonalari - bilim va taraqqiyot maskani” (2023), “O‘zbekistonda maʻnaviy merosni asrashda kutubxonalarning roli” (2024) shular jumlasidan.

Xalqaro miqyosda 1997 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq “Central Asia - Fan, taʻlim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” konferensiyasini tashkil etib keladi. Konferensiya fan, taʻlim, madaniyat va biznes sohalarida elektron - axborot resurslarni rivojlantirish va qo‘llashda axborot-kutubxona muassasalari, oliy taʻlim muassasalari, arxivlar, muzeylar samarali hamkorligini kuchaytirish maqsadida, qariyib 28 yildan beri tashkil qilinadi. Xalqaro konferensiya maqolalari to‘plami ham bosma, ham elektron shaklda (natlib.uz cayti mutaxassislar uchun ruknida) taqdim etiladi.

Milliy kutubxona o‘quv-metodik yo‘nalishda ham keng ko‘lamli ishlarni amalga oshiradi. Kutubxonachilar kasbiy mahoratini oshirish, malaka oshirish tizimida kutubxonachilar tayyorgarliklarini taʻminlash, taʻlimiy tadbirlarni tashkil qilish: stajirovkalar, tanlovlar, o‘z kasbiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarda o‘z ifodasini topgan. Kutubxonachilar bilan interfaol shakllarda ishlash: treninglar, biznes-o‘yinlar, munozaralar, ijodiy laboratoriyalar, mahorat maktablari, tanlovlar (loyihalar, saytlar, tahliliy materiallar) ham onlayn, ham offlayn ko‘rinishda amalga oshirilmoqda.

Axborot-texnologiya imkoniyatlari bugungi kunda kutubxonachilik sohasida ham takomillashgan va bu taʻlimiy tadbirlarning sifat darajasini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu turli masofaviy taʻlim shakllari: veb-seminarlar, onlayn-konferensiyalar, masofaviy kurslar. Bunday shakllarning afzalligi, tinglovchilar qamrovining kengligida, kattaligida. Shu o‘rinda, Milliy kutubxona tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha haqida to‘xtalamiz. 2023-yilda ilmiy-metodik xizmati tomonidan Telegram messenjerida “Metodika_ natlib” guruhi tashkil etildi. Guruhni tashkil qilishdan asosiy maqsad, axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining axborot-kutubxona sohasi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, tajribalarini oshirish, ko‘nikmalarini shakllantirish, sohadagi yangiliklar va o‘zgarishlar haqida tezkor axborot yetkazib berish.

 O‘tgan davr mobaynida, “Metodika_ natlib” guruhi axborot-kutubxona mutaxassislari uchun malakani oshirish hamda ularni yangi bosqichga olib chiqishda muhim vositaga aylandi. 2023–2025-yillar davomida ushbu guruh orqali 1228 ta savol-javob viktorinalari o‘tkazildi. 10 dan ziyod ovozli audio va videochatlar o‘tkazildi. Respublika kutubxonachilari tomonidan berilgan takliflari, telegramm kanalni yuritish mobaynida Milliy kutubxona mutaxassislari tomonidan “Adabiyotlarni qayta baholash”, “Axborot-kutubxona muassasalarining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati”, “Axborot-kutubxona muassasalarida Onlayn tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiyalar” kabi va boshqa mavzular videochat ko‘rinishida muhokamalari qizg‘in bo‘lgani bilan ahamiyatli.

Hozirda ushbu guruh orqali turli vazirlik va idoralar tasarrufidagi kutubxonalar, axborot-kutubxona markazlaridan 3930 ga yaqin kutubxonachi, axborot-kutubxona mutaxassislari o‘z bilimlarini oshirib kelmoqda.

Axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining kasbiy faoliyatini o‘rganish, ularning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini baholash, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish jarayonida olingan xulosalardan kelib chiqib, mazkur guruhda kutubxonachilik ishining oltita asosiy yo‘nalishi bo‘yicha savollar tayyorlandi. Bular:

axborot-kutubxona faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha savollar - 170 ta (25%);

axborot-kutubxona muassasalarida kutubxona fondlari va kataloglarini shakllantirish masalalari 156 ta (24%)

axborot-bibliografiya faoliyatini tashkil etish masalalari - 72 ta (11 %)

kutubxonachilik ishi tarixi bo‘yicha savollar - 140 ta (22 %)

axborot-kutubxona texnologiyalari (AKT) bo‘yicha savollar – 56 ta (8%)

axborot-kutubxona muassasalarida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish 70 ta (10%).

Shuningdek, “Metodika_ natlib” guruhi orqali berilgan bilimlarni mustahkamlash, soha mutaxassislarining kasbiy rivojlanishi va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 35 dan ortiq metodik to‘garaklar ZOOM platformasi orqali tashkil qilindi.

Virtual muhit kutubxonachilarni o‘z ustida ishlashlari uchun qulay imkoniyat. Masalan, kutubxonalarning saytlari mavjudligini olsak. Saytlarda to‘liq matnli sohaga oid nashrlardan foydalanish, tanlovlar, dasturlar, konferensiyalar haqida maʻlumotga ega bo‘lish, shuningdek tadbirlarga onlayn-rejimda ulanish kabilar.

Milliy kutubxonaning www.natlib.uz sayti Bosh interfeysida “mutaxassislar uchun” rukni mavjud bo‘lib, quydagi yo‘nalishlarga bo‘lingan:

Konferensiya va seminarlar

Hujjatlar

Maqola va maʻruzalar

Muhim va unitilmas sanalar taqvimi

O‘zbekiston Respublikasidagi yirik axborot-kutubxona muassasalari

Interaktiv xizmatlar

Tanlovlar

Hududiy AKM va TAKM haqida.

Birgina “hujjatlar” bo‘limidagi hujjatlarning to‘liq matnlari yaratilgan va tanishish, yuklab olish imkoniyati mavjud:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan meʻyoriy-huquqiy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan qabul qilingan meʻyoriy hujjatlar

Davlat dasturlari

Muassasaning o‘z kuchini yo‘qotgan meʻyoriy-huquqiy hujjatlari

Alohida taʻkidlash joizki, respublikamizda kutubxonachilik sohasini yorituvchi uchta jurnal faoliyatini olib boradi. 2010 yildan KUTUBXONA.UZ, 2015 yildan INFOLIB axborot-kutubxona xabarnomasi (ikki jurnal ham Milliy kutubxonasi nashri), 2024 yildan Bobur kutubxonasi (Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi nashri) jurnallari tayyorlanib, chop etilmoqda. Axborot-kutubxona sohasi milliy va horijiy yangiliklar, amaliyotlar, tadqiqotlar juranallar sahifalarida yoritilib boriladi. Qariyib 10 yillik faoliyatda INFOLIB axborot-kutubxona xabarnomasining 40 ta soni chop etilib, undagi maqolalr soni 985 (2015-2024 yillar) tani tashkil etdi. Jurnal o‘z platformasiga ega https://einfolib.uz/.

Respublikada axborot-kutubxona faoliyati sohasida turli vazirlik va idoralar bo‘ysinuvi tarkibidagi metodik markazlar (asosan kutubxonalar) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi kutubxonalar uchun Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonalari uchun Respublika ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi metodik markaz va boshqalar. Shu o‘rinda, metodik markazlarning kutubxonachilarni ilmiy-axboriy maʻlumotlar bilan taʻminlashda, sohaviy bilimlarini oshirishda idoralararo hamkorlik muhim hisoblanadi.

Bugungi tezkor davrda, jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyoji, zamonaviy texnologik yutuqlarni inobatga olmasdan, kutubxonalar zamonaviy xizmatlarni, XXI asr kitobxoni talabi, ehtiyojini qondira olmasligi kundek ravshan. Va bunda birinchi navbatda kutubxonachi bilimi va kasbiy tayyorgarligi muhim aspektlardan deyishimiz mumkin. Kutubxonachi sohaviy bilimlarini doimiy yangilab turmas ekan, Z-avlodni tushunmaslik muqarrar. Demak, KUTUBXONAChI doimiy harakatda va bo‘lmog‘i kerak!

Xulosa o‘rnida, kutubxonachilarning kasbiy rivojlanishi moslashuvchanlik, raqamli savodxonlik va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni talab qiladi. Nafaqat kasbiy bilim, balki ko‘nikmalar, o‘zarishlarga moslashish qobiliyati, o‘z ustida ishlash ham muhimdir.

Agar kutubxonachi kasbi o‘tmish bilan emas, balki kelajak bilan - raqamli texnologiyalar, taʻlim, madaniy innovatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lsa, kutubxonachining maqomi oshadi!

 Bu kutubxonachilarning o‘zlaridan (o‘qish, faol pozitsiya), davlatdan (moliyalashtirish, qonunlar) va jamiyatdan (steriotiplarni qayta ko‘rib chiqish) saʻy-harakatlarni talab qiladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

Akilina M.I. Nauchno-metodicheskaya deyatelnost v bibliotechnoy sfere: sovremennыe tendensii // Bibliotekovedeniye.-2016.-T.1.№2.-str.136-143

Gosudarstvennaya biblioteka Uzbekskoy SSR imeni Alishera Navoi. (1870–1970). – Tashkent: Izd-vo lit. i iskusstvo im. G. Gulyama, 1977. – S 52.

R-34-jamg‘arma. Turkicton ACCR maorif xalq komiccarligi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019 yil 7 iyun PQ-4354-son Qarori // Xalq so‘zi.- 2019.-11 iyun.

https://www.natlib.uz/

 

 Государственная библиотека Узбекской ССР имени Алишера Навои. (1870–1970). – Ташкент: Изд-во лит. и искусство им. Г. Гуляма, 1977. – С 52.

 

 O‘zbekiston Milliy arxivi, R-34-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1603-hujjat, 29-varaq.