Abstract. : In the article, the scientific updates about Yassaviya’s doctrine was studied, as the object of the article, the dissertations, articles and other materials researched during the years of independence were analyzed. Researching the study of Yassaviya Sufism, founded by Khoja Ahmed Yassavi, in our country is one of the urgent tasks of Yassavi studies. The results of the research can serve as an auxiliary guide to scientific researches in the future. In this regard, this article discusses Yassavi studies, the researches and innovations of Yassavi studies carried out in the years of independence were studied chronologically, and conclusions were given from the point of view of historiography and Islamic studies.
Key words: Islam, Khoja Ahmed Yassavi, Sufism, dissertations, articles.
Аннотация: В статье изучены научные новости об тарыката Яссавия, как объект статьи проанализированы диссертации, статьи и другие материалы, защищенные в годы независимости. Изучение яссавийского суфизма, основанного Ходжой Ахмедом Яссави, в нашей стране является одной из актуальных задач яссавиоведения. Результаты исследования могут служить вспомогательным руководством для научных исследований в будущем. В связи с этим, в данной статье, написанной о яссавиоведении, исследования и новости о яссави, проведенные в годы независимости, были изучены в хронологическом порядке, а также даны выводы с точки зрения историографии и исламоведения.
Ключевые слова: Ислам, Ходжа Ахмед Яссави, суфизм, диссертации, статьи.
Аннотация:Maqolada, Yassaviya ta’limoti haqidagi ilmiy yangiliklar o‘rganilib, maqola obyekti sifatida, mustaqillik yillarida himoya qilingan dissertatsiyalar, maqolalar va boshqa materiallar tahlil etildi. Xoja Ahmad Yassaviy asos solgan Yassaviya tasavvuf ta’limotini mamlakatimizdagi o‘rganilish holatini tadqiq etish, Yassaviyshunoslik oldidagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Tadqiqot natijalari istiqbolda Yassaviyshunoslik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga yordamchi qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin. Shu jihatdan, Yassaviyshunoslik bo‘yicha yozilgan ushbu maqolada, mustaqillik yillarida Yassaviyshunoslikka doir amalga oshirilgan tadqiqotlar, yangiliklar xronologik jihatdan o‘rganilib, tarixshunoslik va islomshunoslik fanlari nuqtayi nazaridan xulosalar berildi.
Kalit so‘zlar: Islom, Xoja Ahmad Yassaviy, tasavvuf, dissertatsiyalar, maqolalar.
Markaziy Osiyodagi shakllangan tasavvuf ta’limotlari orasida Xoja Ahmad Yassaviy tomonidan asos solingan Yassaviya tariqati ma’lum va mashhur bo‘lib, mintaqada vujudga kelgan dastlabki tariqatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda Xoja Ahmad Yassaviy ilmiy-ma’rifiy merosiga yuksak ehtirom sifatida 1993-yil “Ahmad Yassaviy yili” deya e’lon qilingan [1:7] bo‘lsa, xuddi shu yili YUNESKO qarori bilan “Yassaviy yili” deb ham e’lon qilindi. Shuningdek, 2016-yilda Ahmad Yassaviy vafotining 850 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida YUNESKO Bosh konferensiyasining ham qarori e’lon qilindi. Alloma Xoja Ahmad Yassaviy 1105–1166/67-yillar oralig‘ida yashab o‘tganligi ko‘plab tarixiy manbalarda ta’kidlanadi. Yassaviy Turkistonda dastlabki ta’limni olganidan so‘ng Buxoroga kelib Xoja Yusuf Hamadoniydan ham ta’lim-tarbiya oladi, hatto ma’lum vaqt Buxoroda irshod (ta’lim-tarbiya) bilan shug‘ullanadi, keyinchalik Turkistonga ko‘chib o‘tib Yassaviylik tariqatiga asos soladi va turkiy tilda she’rlar – “Hikmat”lar yozadi. Boshqa tariqat maktablari kabi Yassaviylik tariqati ham o‘ziga xos shakllanish va rivoj-
lanish bosqichlarini bosib o‘tgan bo‘lib, tariqatning fundamental asoslari Xoja Ahmad Yassaviy davrida ishlab chiqilgan bo‘lsa, keyingi Yassaviy shayxlari tomonidan konseptual g‘oyalar ma’lum darajada rivojlantirilib borilgan.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Xoja Ahmad Yassaviy ilmiy-ma’rifiy merosi va Yassaviylik ta’limoti O‘zbekistonda ham o‘rganilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqot ishlarini yetuk olimlarimizdan
A.Fitrat, A.Sa’diy, E.Rustamov, B.Qosimov, I.Haqqulov, N.Hasanovlarning izlanishlarida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, 1991-yilda I.Haqqulov tomonidan nashrga tayyorlangan “Ahmad Yassaviy. Hikmatlar” kitobi,
A.Abdushukurov tomonidan 1992-yilda nashrga tayyorlangan Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat” kitobi, 2000-yilda H.Boltaboyev tomonidan nashrga tayyorlangan A.Fitratning 2 jilddan iborat “Ahmad Yassaviy. “Tanlangan asarlar” kitobi, 1994-yilda B.Do‘stqorayev tomonidan nashrga tayyorlangan A.Sa’diyning “Ahmad Yassaviy kim edi?” kitobi hamda 2001-yilda I.Haqqulovning “Ahmad Yassaviy hayoti va ijod yo‘li” kitoblarini alohida ta’kidlab o‘tishimiz mumkin[5:1].
Tadqiqot metodologiyasi. Maqolani yoritishda tarixiylik, qiyosiy tahlil, tadrijiylik, kompleks yondashuv, tasniflash metodlaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar. Xoja Ahmad Yassaviy merosi va ta’limoti sharq va g‘arb olimlari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ushbu o‘rganilish holati maqolamizning tadqiqot obyekti doirasida bo‘lmaganligi sababli, to‘xtalib o‘tmadik.
O‘zbekistonda Yassaviyshunoslikning rivojlanishi asosan istiqlol yillariga to‘g‘ri kelib, bu davrda Yassaviyshunos olimlar tomonidan Xoja Ahmad Yassaviy ma’rifiy merosiga oid ko‘plab yangiliklar ilm-fanga kiritildi. Shu jumladan, Yassaviyshunoslar tomonidan Xoja Ahmad Yassaviy qalamiga mansub bir qator asarlarning, yangi qo‘lyozmalari aniqlandi, tahliliy matnlar yozildi. Jumladan, “Devoni hikmat”, “Risola dar odobi tariqat”, “Faqrnoma”, “Daftari avval”, “Hikoyati me’roj”, “Munojotnoma”, “Qissai No‘mon ibn Sobit”, “Qiyomatnoma”, “Najotu-z-zokirin”, “Tanbehu-z-zollin”, “Tanzilu-s-solihin” kabi asarlariga doir o‘rganishlar ham olib borildi [3:322-328].
Yassaviylik tariqati ba’zi manbalarda ko‘chmanchilar va turkiy qavmlar o‘rtasida tarqalgani haqida ma’lumotlar beriladi. Ammo tarixiy ma’lumotlar tahliliga e’tibor qaratsak, Yassaviylik tariqati Markaziy Osiyodagi fors-tojik tilli aholi o‘rtasida, Turkiya, Kavkaz va Bolqonda ham tarqalganini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu targ‘ibotlarda Xoja Ahmad Yassaviyning mashhur shogirdlari va keyingi asrlardagi davomchilarining xizmatlari katta hisoblanadi. Jumladan, Mansur Ota, Said Ota, Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim Ota), Sadr Ota, So‘fiy Muhammad Donishmand Zarnuqiy, Bobo Mochin, Zangi Ota, Amir Ali Hakim, Luqmon Parranda, Imom Marg‘oziy, Hasan Bulg‘oriy Abdumalik Ota, Xoji Bektosh Vali, Toj Xoj, Uzun Xasan Ota, Sayyid Ota, Ismoil Ota, Ishoq Xoja, Ayman Bobo, Shayx Ali Ota, Mavdud Bobo, Badr Ota, Xalil Ota, Qusam shayh, Shayx Xudoydod Vali kabi allomalarning [2:17] Yassaviya tariqatini yanada takomillashtirish, Markaziy Osiyo va dunyo bo‘ylab tarqalishidagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tishimiz zarur.
Shu o‘rinda Yassaviylikning dunyo bo‘ylab tarqalishida “Devoni hikmat” asarining o‘rni ham katta bo‘lib, hikmatlarga bag‘ishlangan ushbu kitobni xalqimiz ham ehtirom bilan ko‘p asrlar davomida mutolaa qilib kelmoqda. “Devoni hikmat” kitobida Ilohiy muhabbat g‘oyasi, islom shariatining asl mohiyati, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom sunnatlarini sharhlab berilgani hamda “Hikmat”lar vositasida Turkiston xalqlaridagi ilmsizlik va johillikka qarshi axloqiy-ma’rifiy da’vatlarni ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda “Hikmat”larning O‘zRFA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida 20 dan ortiq, aniqlangan nusxalari saqlanmoqda. 2006-yilda «Devoni hikmat» qo‘lyozmalari tavsiflangan kitob nashr ettirildi, 2008-yilda Yassaviy hikmatlarining yig‘ma-qiyosiy matnidan namunalar e’lon qilindi. 2006-yilda Ahmad Yassaviy hikmatlarining qo‘lyozma katalogi ham chop etildi [4:328].
Shuningdek, istiqlol yillarida Yassaviylik ta’limotiga oid himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalaridagi ilmiy yangiliklar ham jamoatchilikka taqdim etildi. Jumladan, I.Haqqulovning “O‘zbek tasavvuf she’riyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g‘oyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi [6:282] Turkistonda tasavvuf tariqatlari, o‘zbek tasavvuf she’riyatining rivoji hamda tasavvuf she’riyatining yetakchi qahramonlari va asosiy poetik timsollarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek, tasavvuf atamasi, tushunchalari va mohiyati, tariqatlar hamda o‘zbek tasavvuf she’riyatining yuzaga kelishi, Xoja Ahmad Yassaviy merosi, “Devoni hikmat”dagi til, ma’no va obraz xususiyati, tariqat va she’riyatda izdoshlik an’anasi, Alisher Navoiy lirikasida tasavvufiy ma’no va tamoyillarni o‘rganish ustuvorlik ahamiyat kasb etgan. Ushbu dissertatsiya ishi istiqlol yillaridagi Xoja Ahmad Yassaviy merosini filologik jihatdan ilmiy tadqiq etishga bag‘ishlangan dastlabki tadqiqot ishi bo‘lib, I.Haqqulovning ushbu ilmiy izlanishlari bu davrda Yassaviyshunoslik yo‘nalishida yangi bosqich bo‘ldi.
Ming afsuski, kommunistik tuzum davrida Xoja Ahmad Yassaviy hayoti va ma’rifiy merosini o‘rganishga va tadqiq etishga qarshilik ko‘rsatildi. 1970-yillardagi Yassaviylikni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar ham mustabid davr cheklovlari natijasida to‘xtab qoldi. Asarlar nashr etishga ruxsat berilmadi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng tom ma’noda Yassaviy hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyati o‘rganilishiga imkoniyatlar berildi. Jumladan, Xoja Ahmad Yassaviy merosi durdonasi bo‘lgan “Hikmat”lar davriy matbuotda nashr etila boshlandi va “Devoni hikmat”ning nashrlari xalqimizga taqdim etildi. 1993-yil Yassaviy yili munosabati bilan, alloma merosiga bag‘ishlangan turli anjumanlar, tadbirlar va to‘plamlar nashr etildi. Ommaviy axborot vositalarida Xoja Ahmad Yassaviy hayoti, ijodi va diniy-ma’rifiy merosiga oid turli maqolalar xalqimizga taqdim etildi. Sa’dulla Siyoyev tomonidan “Yassaviyning so‘nggi safari” nomli romani 1994-yilda nashr etildi. Qardosh Qozog‘iston Respublikasida Yassaviy nomidagi universitet faoliyati yo‘lga qo‘yildi [7: 1].
Shuningdek, E.E.Karimovning “Суфийские тарикаты в Центральной Азии XII-XV вв.” [8:156] mavzusida 07.00.02 – “Отечестванная история” ixtisosligi bo‘yicha 1998-yilda himoya qilgan tarix fanlari bo‘yicha doktorlik disserta-
tsiyasida Markaziy Osiyo tasavvuf tariqatlarining vujudga kelishi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini kompleks tarzda tadqiq etish bilan birgalikda, Yassaviya tariqatining Markaziy Osiyo xalqlari so‘fiylik ta’limotlaridagi o‘rnini ilmiy o‘rganadi. M.M.Ismoilovning “Shayx Xudoydod “Bahr al-ulum” asari Markaziy Osiyoda tasavvuf tarixiga oid muhim manba (XVIII asrning ikkinchi yarmi)” [9:157] mavzusidagi dissertatsiyasida XVIII asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’naviy hayotdagi jarayonlar tahlili berilgan. Shuningdek, Yassaviya tariqati namoyondasi Shayx Xudoydod Valiyning “Bahr al-ulum” asari va uning manbalari xususida tadqiqot olib borib, asarning umumiy mazmuni bo‘yicha tahlillarni beradi hamda Yassaviya tariqatiga oid ma’lumotlarning manbashunoslik nuqtayi nazaridan aniqlangan yangiliklari taqdim etilgan.
Tadqiqotchi R.T.Shodiyevning falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Суфизм в духовной жизни народов Средней Азии (IX-XII вв.)” [10:2] mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi mustaqillik yillarida tasavvuf ta’limoti doirasida, falsafa tarixi ixtisosligida muvaffaqiyatli himoya qilingan ilk tadqiqot ishi hisoblanadi. Dissertatsiya ishida so‘fiylik ta’limotining Markaziy Osiyoga kirib kelishi va tarqalishi, Xojagon, Yassaviya, Kubroviya tariqatlarining shakllanishi, rivojlanishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Shuningdek, falsafa fani yo‘nalishida tadqiqot olib borgan, J.O.Ne’matovaning “Yassaviylik va uning ijtimoiy-falsafiy fikr rivojidagi o‘rni” [11:133] mavzusidagi ilmiy ishida, Yassaviylik tariqatining vujudga kelishining ijtimoiy-tarixiy sabablari va ma’naviy asoslarini, Turkiston mintaqasida tasavvufning tarqalishi, ta’limotning diniy-falsafiy mazmuni, axloqiy muammolarning ko‘tarilishi va Yassaviylik tariqatining keyingi rivoji hamda uning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri tadqiq etilgan.
N.D.Hasanovning “Sulton Ahmad Haziniyning “Javohirul abror min amvojil bihor” asari va uning Yassaviyshunoslikdagi ilmiy-tarixiy qimmati” [12:154] mavzusidagi 10.01.03 - Milliy adabiyot tarixi (o‘zbek adabiyoti tarixi) ixtisosligidagi nomzodlik dissertatsiyasi Xoja Ahmad Yassaviy hayoti va ijodiyoti, Yassaviylik tariqatining vujudga kelishi, Yassaviylikka doir manbalar tahlil etilgan. “Javohirul abror min amvojil bihor” asari muallifi Sulton Ahmad Haziniy va Yassaviy uyg‘unligi o‘rganilgan. Shuningdek, “Devoni hikmat” va “Javohirul abror” asarlari va ularda tasavvufiy masalalarning yoritilishi, shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat, valiylik, davrveshlik, faqirlik, adab, zikr, xilvat, ishq kabi tasavvufiy tushunchalar tahlil etilgan.
Tadqiqotchi fundamental shaklda Yassaviyshunoslik bo‘yicha o‘z tadqiqotlarini davom ettirib 2017-yilda doktorlik (DcS) dissertatsiyasida Yassaviylikka doir manbalar va «Devoni hikmat»”[13:271] mavzusida muvafaqqiyatli himoya qildi. Ushbu ilmiy izlanishlarida, O‘zbekistonda Yassaviyshunoslik holati, sharq va g‘arbda Yassaviyshunoslikning tadqiq etilishi tahlil etiladi. Yassaviylikka doir manbalar, Xoja Ahmad Yassaviy yashagan tarixiy davr, tarjimayi holi va tahsili, tariqatning yuzaga kelishi, hikmat, hikmatnavislik va ushbu an’ananing davom eti-shi, Yassaviylik g‘oyasi hamda ta’sir samaralari, “Devoni hikmat” g‘oya: mazmun va til masalalari tadqiq etilgan.
Shuningdek, N.Hasanov Yassaviylik bo‘yicha “Turkiyada Yassaviyshunoslik: Qul Xoja Ahmad Yassaviyning hayoti, ijodi va tariqati mavzusida turk olimlari, Yassaviyshunoslari bilan o‘tkazilgan suhbatlar to‘plami”da [14:56] turkiyalik professor Mahmud As’ad Jo‘shon, Hasan Komil Yilmaz, Najdat Yilmaz, Mustafo Uzun, Muhammad Sarhind Tayshiy, Mustafa Qara, Sulaymon Ulutog‘, Mustafo Tahrali kabi tadqiqotchi-olimlar bilan bo‘lgan ilmiy suhbatlarini to‘plam (risola) holatida nashr ettiradi, ushbu to‘plamga so‘zboshini, atoqli Yassaviyshunos olim, professor Ibrohim Haqqul yozib N.Hasanovning Yassaviylik bo‘yicha olib borayotgan faoliyatiga ijobiy baho bergan. N.Hasanovning Yassaviyshunoslikdagi ilmiy natijalari quyidagi monografiya, risola va to‘plamlarda ham ko‘ri-shimiz mumkin.
Jumladan, “Xoja Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat” (yangi topilgan hikmatlar)” (nashrga tayyorlovchi) [15:176], “Yassaviylikka doir manbalar va «Devoni hikmat» (muallif)” [16:304], “Qul Xoja Ahmad Yassaviy. Maqolalar to‘plamida nashrga tayyorlovchi” [17:536] sifatida Xoja Ahmad Yassaviy merosini tadqiq etgan bo‘lsa, ustozlari, Yassaviyshunos olim Haqqulov Ibrohim Choriyevich bilan ilmiy hamkorlikda “Xoja Ahmad Yassaviy. “Devoni hikmat”ni (nashrga tayyorlovchi)” [18:360] bir necha marotaba nashr ettirildi. “Xoja Ahmad Yassaviy. “Umrung yeldek o‘taro” (nashrga tayyorlovchi)” [19:400], “Xoja Ahmad Yassaviy. “Haqdin o‘zgani dema...” (hikmatlar)” (nashrga tayyorlovchi) [20:408] kabi risolalarni ham chop ettiradi. Shuningdek, “Xoja Ahmad Yassaviy: hayoti, ijodi va an’analari. (maqolalar to‘plami)”, (nashrga tayyorlovchi) [21:334], hammualiflar: I.Ch.Haqqulov, A.A.Bektoshev kabi Yassaviyshunos olimlar bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Yassaviyshunos N.D.Hasanov tomonidan Ahmad Yassaviy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘plab xorijiy va mahalliy jurnallardagi maqolalar, kitoblar, risolalar hamda turli materiallar keng jamoatchilikka taqdim etib borilmoqda.
Xulosa va takliflar. Maqolamizga xulosa qilib aytishimiz kerakki, Yassaviyshunoslik mustaqillik yillarida yurtimizda o‘rganildi va tadqiq etildi, hozirda ham bu jarayon davom etmoqda. Ammo, Yassaviya tariqati ming yil davomida shakllanib, taraqqiy topgan ta’limot bo‘lib, bir guruh tadqiqotchi olimlar jamoasi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar tariqatni batafsil o‘rganish imkoniyatini bermayapti. Bu borada, Turkiyadagi Yassaviyshunoslikka e’tibor qaratsak, turk tadqiqotchilari ko‘plab yutuqlarga erishganini ko‘rishimiz mumkin. Mahalliy tadqiqotchilarimiz tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda ham turk olimlari manbalariga murojaat qilish holatlarining ko‘pligi ushbu fikrimizning tasdig‘idir.
Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, yurtimizda Yassaviyshunoslik istiqboli yuzasidan quyidagi
takliflarni aytib o‘tishimiz mumkin:
Yassaviyshunoslik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimidagi Til va adabiyot, Tarix institutlarida alohida bo‘lim tashkil etish yoki grant loyihalarini e’lon qilish zarur;
Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan Yassaviyshunoslik bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanish natijalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish;
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida Yassaviylik tariqatini tadqiq etuvchi bo‘lim yoki markaz tashkil etish;
Alloma merosini targ‘ib etish maqsadida turli tanlovlar, intellektual musobaqalar va she’rxonlik kechalarini uyushtirish;
Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
Xoja Ahmad Yassaviy xalqaro fondini tashkil etish;
Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi davlat mukofotini joriy etish;
Yassaviyshunos olimlar klubini tashkil etish;
Yassaviyshunoslik bo‘yicha onlayn platforma tashkil etish;
Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasiga ziyorat turizmi bo‘yicha imtiyozli sayyohlik yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish.
Bugungi globallashuv davrida, tarixiy ildizlarimizni o‘rganish, tadqiq etish va yosh avlod tarbiyasiga yo‘naltirishimiz, olimlar, ziyolilar va tad-
qiqotchilar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, sharq allomalarining, jumladan, Xoja Ahmad Yassaviy ilmiy-ma’rifiy merosi millatimizning faxri va ma’naviy tayanchlaridan hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (davomi):
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Н.Ҳасанов. “Туркияда Яссавийшунослик”. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, – Т.: 1999. – Б. 7.
2. Абдураҳмон Гўзал. Яссавий “Фақрнома”си. – Т.: “Наврўз”, 2014. – Б. 17.
3. Н.Жабборов Хожа Аҳмад Яссавий / Тасаввуф атамалари – изоҳли луғат. Тошкент.: Мовароунаҳр, 2015. – Б. 322-324.
4. ЎзР ФА Шарқшунослик институтидаги Хожа Аҳмад Яссавий ҳикматларининг қўлёзма каталоги. – Туркистон, 2006. – Б. 328.
5. http://adabiyot.islamonline.uz/uzbek/adabiyot-tarixi/126-yassaviy.html
6. И.Ҳаққуловнинг “Ўзбек тасаввуф шеъриятининг шаклланиши ва тараққиёти (ғоявийлик, издошлик, образлар олами)”. Фил.ф.д.дисс. – Т.: 1995. – Б. 282.
7. Иброҳим Ҳаққул. Аҳмад Яссавий (XI аср – 1166) https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ ozbek-mumtoz-sheriyati/ahmad-yassaviy/
8. Э.Э.Каримовнинг “Суфийские тарикаты в Центральной Азии XII-XV вв.”. Тарих.ф.д.дисс. – Т.: 1998. – Б. 156.
9. Н.Д.Ҳасановнинг “Яссавийликка доир манбалар ва “Девони ҳикмат”. Филология.ф.д.дисс. – Т.: 2017. – Б. 271.
10. М.М.Исмоиловнинг “Шайх Худойдод “Баҳр ал-улум” асари Марказий Осиёда тасаввуф тарихига оид муҳим манба (XVIII асрнинг иккинчи ярми)” тарих.ф.н.дисс. – Т.: 2006. – Б. 157.
11. Р.Т.Шодиев. “Суфизм в духовной жизни народов Средней Азии (IX-XII вв.)”. Фалсафа.ф.д.дисс. – Т.: 1993. – Б. 2.
12. Ж.О.Неъматованинг “Яссавийлик ва унинг ижтимоий-фалсафий фикр ривожидаги ўрни”. Фалсафа.ф.н.дисс. – Т.: 2001. – Б. 133.
13. Н.Д.Ҳасановнинг “Султон Аҳмад Ҳазинийнинг “Жавоҳирул аброр мин амвожил биҳор” асари ва унинг Яссавийшуносликдаги илмий-тарихий қиммати”. филология.ф.н.дисс. – Т.: 1999. – Б. 154.
14. Н.Ҳасанов. “Туркияда Яссавийшунослик”. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, – Т.: 1999. – Б.56.
15. Н.Ҳасанов. “Хожа Аҳмад Яссавий. “Девони ҳикмат” (янги топилган ҳикматлар)”. – Т.: “Мовароуннаҳр” нашриёти, 2004. – Б. 176.
16. Н.Ҳасанов. “Девони ҳикмат”. – Т.: “Академнашр” нашриёти, 2012. – Б. 304.
17. Н.Ҳасанов. “Қул Хожа Аҳмад Яссавий. Мақолалар тўплами. Анқара. Исматулла Яссавий нашри, 2018 – Б. 536.
18. Н.Ҳасанов., И.Ҳаққулов. “Девони ҳикмат”. – Т.: “Мовароуннаҳр” нашриёти, 2006. – Б. 272., Иккинчи нашр. – Т.: «Наврўз» нашриёти, 2018. – Б. 360.
19. Н.Ҳасанов., И.Ҳаққулов. “Хожа Аҳмад Яссавий. “Умрунг елдек ўтаро”. – Т.: “Муҳаррир” нашриёти, 2020. – Б. 400.
20. Н.Ҳасанов., И.Ҳаққулов. “Хожа Аҳмад Яссавий. “Ҳақдин ўзгани дема...”. Анқара-Туркия, “Оқчоғ” халқаро нашриёти, 2021. – Б. 408.
Н.Ҳасанов. “Хожа Аҳмад Яссавий: ҳаёти, ижоди ва анъаналари. (мақолалар тўплами)”. – Т.: Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Адабиёт жамғармаси нашриёти, 2001. – Б. 334.
