Annotatsiya: Maqolada axborot-kutubxona markazlarida kadrlar ta’minoti masalalarida qo‘yilgan talablar haqida bayon etildan.

Bu borada Qashqadaryo viloyati axborot-kutubxona muassasalarida kutubxonachi kadrlarni oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun qilingan sayi-harakatlar, tajribalar, malaka oshirish bo‘yicha oxirgi yillarda olib borilayotgan ishlar xususida tahlillar keltirilgan.

Bugungi kun kitobxoni talabini bajara oladigan zamonaviy kutubxonachi qanday bilimga ega bo‘lishi kerakligi xususida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar: axborot-kutubxona markazi, axborot-texnologiyalari,kitobxon, malaka oshirish, raqamlashtirish, zamonaviy kutubxonachi.

 

Annotation: The article describes the requirements for staffing issues in information library centers.

Here we analyze the efforts, experience and work done to ensure that librarians of information and library institutions in the Kashkadarya region have higher education.

The article considers what knowledge a modern librarian should have to meet the needs of today's readers.

Keywords: advanced training, digitization,information and library center, information technologies,modern librarian, reader.

 

Ilm-fan, texnika rivojlanayotgan zamonda barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyali va sun’iy intellekt kirib borishga ulgurdi, bu texnologiyalarni hayotimizga qanchalik muhimligi mutaxasislar tomonidan o‘rganilmoqda va amaliyotda qo‘llanmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda barcha sohalar rivojlantib jadallashib bormoqda, ular ichida kutubxonachi kadrlarni oliy ma’lumotli qilish va malakasini oshirish bo‘yicha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Axborot-kutubxona muassasalarida bugungi kun kitobxoniga sifatli xizmat ko‘rsatilishi uchun еtuk kadrlar juda ham zarur, kutubxonalarda foydalanuvchilarga an’anaviy xizmat ko‘rsatish bilan birgalikda axborot-texnologiyalari asosida ishlash amaliyoti yaxshi samara berib, bu esa yangi asrga, yangi O‘zbekistonga bilimli, malakali va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar oshishiga sabab bo‘lmoqda.Kutubxonachilik kasbining o‘ziga xos jihatlaridan biri ushbu soha vakillari raqamli resurslar va ma’lumotlar bilan bugungi kun kitobxonini jalb qila olsagina kutubxonada qamrovni saqlay oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-4354-sonli Qarori bilan respublika bo‘yicha 186 ta tuman va shahar axborot-kutubxona markazlari tashkil etildi [1]. Shu jumladan Qashqadaryo viloyatida ham 13 ta tumanda axborot-kutubxona markazlari tashkil etildi. Qarorda nafaqat axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish, ishini rivojlantirish balki kadrlar salohiyatiga ham katta e’tibor qaratilgan. Qarorning 1-ilovasiga muvofiq 2019-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish KONSEPSIYaSI tasdiqlangan. Konsepsiyaning 4-bob 3-bandida Zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, kutubxona xodimlarini axborot-kutubxonachilik ishini modernizatsiya qilishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kutubxonachilik ishi sohasida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish asosida sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida «Kutubxona-axborot faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha qabul kvotalarini oshirish; kabi vazifalar belgilangan.

Bugungi kunda zamonaviy kutubxonachining malaka oshirishi uchun bir necha muhim yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish zarur. Bu jarayon kutubxonaning zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlash, resurslarni samarali boshqarish va foydalanuvchilarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga yordam beradi. Kutubxona xodimlari uchun malaka oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi.Kutubxonalarda elektron kitoblar, baza ma’lumotlari, onlayn resurslar va raqamli arxivlar bilan ishlash muhim. Kutubxona xodimlari raqamli texnologiyalarning axborotni saqlash, taqdim etish va arxivlashdagi rolini tushunishlari va ularni samarali boshqarishni o‘rganishlari kerak. Kutubxona xodimlari foydalanuvchilarga yaxshiroq xizmat ko‘rsatish uchun kitobxonga yo‘naltirilgan yangiliklarni (masalan, onlayn xizmati, yordam so‘rash uchun chatbotlar) o‘rganishlari muhim. Axborotni tahlil qilish va ma’lumotlarni izlash, taqdim etish borasidagi zamonaviy usullarni bilishlari kerak. Bu ularga aniq va foydali ma’lumotni samarali topishga yordam beradi. Kutubxona xodimlariga tashkilotchilik ko‘nikmalarini oshirish ham muhim. Ijtimoiy media platformalaridan foydalanish, kutubxonaning faoliyatini keng auditoriyaga tanitish va turli adabiyotlarning janrlari, tarixiy ahamiyati, yangi kitoblar haqida ma’lumot tarqatishni o‘rganishlari kerak. Yuqoridagi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish uchun kutubxonachilardan chuqur bilim va ko‘nikmalar shakllangan bo‘lishi lozim.

Qashqadaryo viloyatidagi axborot-kutubxona muassasalarini oliy ma’lumotli kadrlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali kadrlarni jalb qilish, ish tajribasiga ega o‘rta-maxsus xodimlarni sirtqi oliy ta’lim yo‘nalishiga jalb qilish borasida ijobiy ishlar tashkil etilgan. Oxirgi yillarni taqqoslaydigan bo‘lsak kursatkichlar shuni ko‘rsatib turibdiki, kutubxonachi kadrlarni еtishtirish bo‘yicha

Qarshi Davlat Universitetining Filologiya fakulteti tarkibida “Kutubxona-axborot faoliyati” yo‘nalishi ochilgan bo‘lib unda 2022-yil 23 ta, 2023-yil 50 ta, 2024-yil 75 ta talaba kunduzgi bo‘limga tahsil olib kelmoqdalar.

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Qarshi filialida AKT yo‘nalishida talabalar kunduzgi va sirtqi bo‘limlarda taqsil olib kelmoqda.

 Osiyo Texnologiyalari Universiteti(nodavlat ta’lim muassasasi)da 2024-2025- o‘quv yilidan boshlab 148 ta talaba sirtqi ta’lim shaklida,,

Xalqaro Innavasion Universiteti(nodavlat ta’lim muassasasi)da 47 ta talaba sirtqi ta’lim yo‘nalishida taqsil olmoqdalar. Yuqoridagi raqamlardan kutubxonashunoslik yo‘nalishiga o‘qish uchun talab va qiziqish yildan-yilga ortayotganini ko‘rish mumkin.

Qashqadaryo viloyati axborot-kutubxona muassasalarida kutubxonachi kadrlar bilan ta’minlanishi uchun oliy ma’lumotli kadrlar ta’minlash maqsadadda markazlarida (2025-yil 1-yanvar holatiga) 271 shtat birligida 275 nafar rahbar va xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.Ulardan 52 nafari erkak, 223 nafarini ayollar tashkil etadi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar 56 nafar bo‘lib, shundan 31 tasi oliy ma’lumotli axborot-kutubxona mutaxassisi, 25 nafar boshqa soha mutaxassislari faoliyat yuritmoqda. 148 nafar xodim kutubxonashunoslik va axborot-texnologiyalari bo‘yicha o‘‘rta maxsus mutuxasislar, 67 nafar o‘rta maxsus boshqa soha vakillaridir.Raqamlarni tahlil qiladigan bo‘lsak viloyat axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona mutaxasislarining 20%- oliy ma’lumotli mutaxassislar, shundan 11%-axborot-kutubxona bo‘yicha mutaxassislar, 80%-o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislar hisoblanib, shundan 54%-o‘rta maxsus kutubxonachilik ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi.

Kutubxonachi kitoblarni va boshqa resurslarni tashkil qilish, ularni raqamlashtirishda yuqori darajadagi maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lishi zarur. U bugungi kun kitobxoni bilan samarali aloqa o‘rnatish, ta’lim va ma’rifat bilan qiziqtirish, ijtimoiy to‘plashish va to‘g‘ri maslahat berish uchun mo‘ljallangan boshqaruv va kommunikativ ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Kutubxonachi o‘quvchi-yoshlarni, aholini o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ustida ishlashi, tag‘ibot ishlarini kuchaytirishi, so‘rovnomalar orqali tahlillar olib borishi kerak.Har jihatdan zamonaviy kutubxonachi muloqotchan, texnologik jihatdan yo‘nalish olishga intiladigan, ilmiy va ijtimoiy qiyosda faol ishtirok etuvchi mutaxassis bo‘lmog‘i talab etiladi.

•      Axborot-kutubxona sohasida kadrlar malakasini oshirish, bugungi kun soha bo‘yicha yangiliklardan xabardor qilish, yangi innovasion usullarni tadbiq etish maqsadida Qashqadaryo viloyati axborot-kutubxona markazi mutaxasislari so‘nggi uch yilda 2022-yil 45 nafar axborot-kutubxona mutaxassislari, 2023-2024-yillarda 56 nafar rahbar kadrlar A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Respublika axborot-kutubxona markazida malakalarini oshirishdi.

Kelgusida kutubxonachilarning malakasini oshirish uchun ularning ilmiy-amaliy faoliyatini yaxshilash, malaka darajasini oshirish uchun ixtisoslashtirilgan kurslar, seminarlar, treninglar va master-klaslar tashkil etish yaxshi samara beradi. Zamonaviy axborot-texnologiyalari (internet, elektron kutubxonalar, baza ma’lumotlari)ni puxta bilish talab qilinadi. Kutubxonachilar elektron katalog, ellektron kutubxonalar va va internet orqali axborot topishni bilishlari keak Kutubxonachilar axborot resurslarini to‘g‘ri tanlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini ham mukammallashtirishlari kerak. Shuningdek, ular axborot manbalarini haqqoniyligi va ishonchliligiga qaray saralashda yordam beradi.

Kutubxona faoliyatini boshqarish: Kutubxonada ham iqtisodiy, ham ma’naviy jihatdan samarali boshqaruvni ta’minlash uchun kutubxonachi menedjment va tashkiliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun maxsus kurslar va treninglar o‘tkazish kerak. Kutubxonachilar o‘zlarining faoliyatlari orqali axborot taraqqiyotiga, ta’lim tizimiga va ijtimoiy taraqqiyotga hissa qo‘shishlari lozim. Kutubxona egalari yoshlar, ayollar va boshqa ijtimoiy qatlamlar bilan ishlashda mas’uliyatli bo‘lishlari kerak,bundan tashqari, davlat tomonidan beriladigan sertifikatlar va tasdiqlovlar kutubxonachilarning professional darajasini oshirishga ko‘maklashadimadaniy.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoqchimanki, Kutubxonachio’zining ijtimoy vazifasi va kasbiy burjini bajarishning ajralmas sharti sfatida kasbning yuksalish va malakasini oshirishga va madaniy mustaqil ta’lim olmog’i intilmog’i kerak [3]. Kutubxona xodimlarinini malakasini oshirish zamonaviy talablar va foydalanuvchilarning ehtiyojlariga javob berishga yordam beradi. Kutubxonachi o‘zining ishini mukammal bilishi,soha bo‘yicha bilimi texnologik yangiliklarga javobgarlik bilan yondashishi va oqilona tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak. Uning asosiy vazifalari faqat kitoblarni tarqatishdan iborat emas, balki, kitobxonga ma’lumotlarni topishda yordam berish, ma’lumotlarga tez va oson kirish imkonini yaratish va o‘qishni rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirishi lozim.Bu elektron kitoblar, onlayn baza va raqamli arxivlar, shuningdek, kutubxona veb-saytlari va mobil dasturlarning ishlashini tushunishni o‘z ichiga oladi.